Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 749510 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 51 52 53 54 55 56 57 58 59 60 61 ... 155 B


registan  21 Oktyabr 2009, 21:09:20

Jiyanim kihkinaligida Shahrisabz, Shahrisabz, degan ashulani ayamni ismlari Shahrinsa bo'lgani uchun: Shahrinsa aya , Shahrinsa aya, deb ayamga atab aytardi..... : )

Shahrinisa aya, Shahrinisa aya,
Zelyoniy gorod Shahrinisa aya.

Tasavvur qilyapman. :D

Qayd etilgan


Ansora  21 Oktyabr 2009, 21:13:42

Ha shaharlar ham onalarday shafqatli, odam uzoqlashdimi sog'inadi, uning xayoli bilan ovunadi...

Qayd etilgan


mutaallimah  22 Oktyabr 2009, 03:24:15

 :as:
Maktab kutubxonasidagi hamma ertaklarni o'qiganman-uuuuu shu "sariq devni minib"ni hiiiiich o'qigim kemasdi nmagadir ::)
U yer bu yerini varoqlab yana joyiga qaytarib qo'yardim xar doim :D

Hozir o'zbekcha "Oliy maqomlar", arabcha "O'kinma, hayotga kulib boq" degan kitoblarni o'qiyapman :)
Judayam zo'r kitoblar, lekin heeech oxiriga yeta olmayapmanda :3

Qayd etilgan


siddiqa  22 Oktyabr 2009, 06:43:08

:as:
Maktab kutubxonasidagi hamma ertaklarni o'qiganman-uuuuu shu "sariq devni minib"ni hiiiiich o'qigim kemasdi nmagadir ::)
U yer bu yerini varoqlab yana joyiga qaytarib qo'yardim xar doim :D

Hozir o'zbekcha "Oliy maqomlar", arabcha "O'kinma, hayotga kulib boq" degan kitoblarni o'qiyapman :)
Judayam zo'r kitoblar, lekin heeech oxiriga yeta olmayapmanda :3

Sariq devni minibni  ilk martta 5 yoki 6 sinfdaligimda o'qiganman ,
keyin qayta qayta .....to'g'risi hozir vaqtim bo'lganida balki yana o'qirdim .
hayollar olamiga haqiqiy sayohat kitobi desam adashmayman .

Qayd etilgan


Muhammad Amin  22 Oktyabr 2009, 07:43:48

Siz o'zingiz uchun juda yaqin deb bilgan do'stingiz yoki tanishingiz bir kun kelib sizna aldab ketishi hech gap emas ekan. Bu dunyoda soddalik ham, ko'ngli ochiqlik ham hammaga ko'rsatilishi kerak emas ekan. Sizning soddaligingizdan ba'zi birovlar foydalanib qolishi mumkin ekan bu dunyoda. Lekin yaqin deb bilgan odamingizni sizga vaqti kelganda yomonlikni ravo ko'rishini xayolga ham sig'dirolmiman. Lekin hamma ham baravar emas ekan.
Insonning chin do'sti yolg'iz ALLOh . . .

Qayd etilgan


Muhseena  22 Oktyabr 2009, 20:12:01

Ba'zida biz yaxshi degan insonlardan pand yeymiz,ba'zida esa buning aksi.Yomonlik hech qachon javobsiz qolmas ekan.Men ham yaqin dugonamdan bir vaqtlar pand yegan edim.Ammo vaqti keldiki,u adashganini tushunib yonimga qaytdi....Man undan hafa bo'lgan bo'lsam-da,yaxshi ko'raman.Hammasini unutdim.Bu men uchun bir saboq bo'ldi.Kimning haqiqiy do'stligini bilmoqchi bo'lsam,boshimga kulfat tushganda aniq ko'ra bilaman.Afsus hamma ham haqiqiy do'st bo'la olmas ekan...O'sha vaqt Yolg'iz Do'stim najot berdi.Naqadar mehribon va rahmli Do'st U.Meni to'g'ri yo'lga boshlaydigan,O'ziga muhabbatlilar bilan uchrashtirgan yolg'iz Allohga hamdlar bo'lsin....

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 00:26:51

Rahmat etmi tursez rahmatlariz soniniyam tenglashtirib olardik!  :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  23 Oktyabr 2009, 00:30:59

Rahmat etmi tursez rahmatlariz soniniyam tenglashtirib olardik!  :D
rahmat :)



Aha bu variant ham yaxshi.
Rahmat tugmasini bosmasdan Rahmat dib yozish.
Lekin ana o'shanda haqiqiy OFFTOPCHI bo'lasiz qolasiz  :)

Qayd etilgan


G_u_l_i  23 Oktyabr 2009, 08:52:35

qanaqa kitob o'qiyapsiz? so'nggi o'qigan kitobingizni nomi nima? :)


 :as:
Hozirgina Headway(Teacher`s book) ni o`qidim,o`qiyapman.
:as:

 Off: ChehMik,savol konkret bo'lgani uchun javobimni ham izohsiz qoldiraman. Haa,menam yoshligimda "Sariq devni minib"ni o'qib,SEHRLI QALPOQCHAni qidirganman :D
Hamma qatori men ham shu kitobni o`qiganman, lekin bolaligimdan jiddiy edim, hecham qalpoqcha qidirmaganman.Boshida ozgina tasavvur qilib ko`rganman, lekin keyin o`zimga-o`zim bu hammasi to`qima deb ishotirganman.
qanaqa kitob o'qiyapsiz? so'nggi o'qigan kitobingizni nomi nima? :)

xullas, "kitobsevar" forumchilardan hechkim javob berishni istamad...yoki hamma "Jimjitlik" asarini o'qiyaptimi??

ertak kitob o'qidim o'tgan kuni "Horrid Henry" degan... :) negadir,ko'p varaqli, mayda harfli kitoblarni o'qish yoqme qopti...

bilmadim silada shunaqa bo'ladimi yo'qmi, ba'zan umuman badiiy kitob o'qish yoqme qoladi...
maktabda 8-9 sinflarda o'qib yurgan paytlarim juddda ko'p badiiy kitob o'qirdim...haftagasiga 4ta qalin qlain kitob olardim shahar kutubxonasidan...xullas,oxiri borib borib kitob tugab qolgandi o'qilmagan :)

dadam ko'p urishardilar,tanbeh berardilar : " san shucnha kitob o'qiysanu,lekin birortasiniyam uqmaysan deb"..rost edi, afsuski bu gap... :( keyiiin o'ylab qarasam, o'sha payti faqat o'qib tashab ketvurgan ekanman...o'qiyman,topshiraman,yana olaman,yana shu ahvol....o'sha paytda hech biror kitobni o'qiyotgan jarayonda va yoki o'qib bo'lgandan ekyin fikrlab ko'rish,nimaga bunaqa bo'layapti,nimaga bunaqa bo'ldi, shuni tutgan yo'li to'g'rimi, yozuvchini yozganichi? degan savollar bermagan ekanman....

va natijasi---hozir deyarli 80-90 %i esimdan chiqib ketgan :(

ha aytgancha, ertak kitob haqida boshlab,o'zimni maqtashga o'tib ketdima....aslida, bolalar uchun yozilgan kitoblar haqida to'xtalmoqchi eidm...
mayli, davomi kelgusi ko'rsatuvlarimizda :)
(mandan oldin hech kim yozib qo'ymasa agar) :)
Esimga tushib ketti maktab paytlar.........
Sinfdoshim b-n birga maktab kutubxonasiga deyarli har kun kirardik, kim ko`p kitob o`qirkin deb bir-birimizga yovqarash qilib kutubxonadagi biz (bolajonlar) u-n ajratilgan hamma kitoblarni o`qib bo`lganmiz shunaqa qilib. Kutubxonachi ayol ham bizdan bezor bo`lgandi.
Lekin hamma ertak kitoblarni o`qiganmiz-u,uqmaganmiz.

***************
Yaqinda sobiq maktabim yonidan o`tib ketayotgan edim, market tomon. Shunaqangi yuragim tez uryaptiki, hozir kimdir maktab xonalarining biridan chiqib shu men qutulgan maskanga olib kirib, sinfxonamga partamga majburlab o`tqizib qo`yayotgandek :10 :10 :10 :10
Tez-tez, shaxdam-shaxdam qadamlar tashlab yurdim.
Yaxshiyam-ki, hammasi ortda qolgan hech qachon o`sha maktabga qaytmayman.
Ko`pchilik maktab yillarini sog`inadi...........
Tushunmayman.Balki menga o`xshaganlar ham bordir. ::)

Qayd etilgan


siddiqa  23 Oktyabr 2009, 10:27:52

o'qishga shoshayotgan edimu negadir oyog'im tortmasdi ,
uzun yolg'izoyoq yo'l , oldinda rus millatiga mansub yigitlar ketmoqda ,ko'zimga yarq etib urilgan narsa rus bolasining o'ng qo'lidagi tasbeh edi ............
sekin pichirlab  subhanalloh dedimuuuu ....................................ko'rmasam qaniydi.........chap qo'lida sigaret ......sochlari uzun bejooo ,tasbeh esa zikr uchun emas g'alati aylantirilib o'ynalardi ,
tortib qo'lidan tasbehni yulib olgim kelib ketdi ,balki deb chiroyli gumon qilishga harakat qilardimu lekin yuragim uvishib qolgandi .

Qayd etilgan