Bundan bir necha kun oldin, hayvonot dunyosi bilan bog'liq narsalar o'qir ekanman, shu bizning "shohingni chiqar" degan narsamizning 19 yilgacha yashashi haqida o'qib qoldim. Ho'jayinimga aytsam, xazilga oldi, "olimlarni, ishi yo'q ularni 19 yil poylasharkan-mi", deb
Bozordan jambil va rayxon sotib oldim, yaxshilab yuvib, quritish uchun balkondagi stolni ustidagi gazetada dastani ochdim. Bir qarasam, shohingni chiqarni "uychasi"
turibdi.
"Voy bechoragina", dedim, seni bezovta qilibzimiz-da, birdan 19 yil yashaydi degan ma'ulmot ham esimga kelib, kulimsirab qo'ydim va balkonni tokchasiga qo'ydim uychani.
Ertasi kuni kir yoyish uchun balkonga chiqib bir qarasam, uycha tokchadan pastga tushib, devorga yopishib olibdi
"Haaa, dedim bu ham jonli, demak rostdan ham 19 yil yashashar ekan..."
Rosa quyosh uradigan joyda bo'lgani uchun "qurimasin", deb domni hovlisidagi tuproqqa qo'ydim, nam joy topib o'rnashib olar, deb o'yladim.....
Mana, meni kutilmagan mehmonim, garchi mehmon qila olmadim, ammo hech bo'lmasa, o'lmay qolishiga sabab bo'ldim, insholloh:)