Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750486 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 55 56 57 58 59 60 61 62 63 64 65 ... 155 B


Ansora  01 Noyabr 2009, 19:19:41

Yurist ukam, Marg'ilondagi taassurotlaringiz,gullarni o'z ko'zingiz bilan ko'rganingiz faqatgina Abdullohgamas, mengayam alam qildi : )
Ayniqsa osh, odam sog'inganda bunday xabarlarni o'qish anchaaa og'ir kelarkan, mayli osh bo'lsin....

Qayd etilgan


Ansora  01 Noyabr 2009, 21:29:25

Dam olish kunlari ertablari televizorda multfilm ko'rishga harakat qilaman.
Lekin har doim ham hohlaganimday multfilm topa olmayman. Men asosan bolalik paytlarimdagiday multfilmlarni juda yoqtiraman. Sodda, insonga bir narsalar beradigan...Xozirgilar esa asosan robotlar, qanaqadir hayvonlar, bir-birini o'ldirgan....
Ertalab kanallarni "aylanib", hohlaganimday multfilm topdim. 1950-60 chi yillarga oid ekan, lekin yaxshi:)
Ekinlarni qo'risin, deb qo'richqi qo'yamiz-ku shularning oilasi haqida. Ota-ona qo'riqchi va ularni o'qli bor. Qo'riqchi bolakayni onasi o'pib yotog'iga yotqizdi. U ham yumshoqqina yotog'iga yotdi, onasi xonadan chiqdi. Bolakay birdan sakrab turib yerga tizzalab o'tirib duo qildi. Duosi ham shu: "Ey ulug' Tangrim, men ham otamday kattaaa va qo'rqinchli qo'riqchi bo'lay, menga yordam ber"...
Ertasi kuni butun hayvonlar undan qo'rqib qochishadi, birgina katta qarg'a undan qo'rqmaydi, lekin otasi uni qo'rqitadi...

To'g'risi qo'riqchining duo qilishi hech xayolimga kelmagandi...

Bizni mutlfilmlarda duo qilgan bolalarni ko'rsatishsa nimalar bo'larkan, tog'risi qiziqyabman...

Qayd etilgan


ZUBAIR  01 Noyabr 2009, 21:58:32

Iqtibos: Hamzamdan
Сенга битта жиддий савол: нега бу сайтда арабча исмар кспайиб кетган?
Ўзи сзбек бсла туриб арабча имда юрадиганларни ёмонг ксраман. Улар мусулмон, деб гапирма. Араб дегани мусулмон деганимас, мусулмон дегани араб деганимас. Ҳозир ҳамма бало араблардан чиқспти, дейишспти халқаро скспертлар.

Yashang oshna! Huddi meni ham o'ylantiradigan savol. Rostdan ham hozir qaysi "arabsevar"ni nikiga qarasez payg'ambarlar (alayhimussalom), sahobalar (r.anhum) tobeinlar, salafi solihlar, ummahatul mu'mininlar ismlari, yoki Allohga qullikni izhor etuvchi ismalr. Mn: Abdulaziz, Abdulloh, Abdurrohman vhk. O'zimizni sof o'zbekcha ismlardan juda kamchilik foydalanadi. Mana masalan, Toshtemir de, Ergashvoy de, Tursunboy de, Teshavoy de, Qo'zivoy de. Yoki Gulbadan de, Oqbilak de. A nima dediz?
Iqtibos
Ҳозир ҳамма бало араблардан чиқспти, дейишспти


lol

Men ham bir savol so'rasam: Nikiz manosi Hamza ismini manosi bilan birmi? Adashmasam Hamza ham o'zbekcha emasov  ::)


Millatchilarni o'lgudek jinim suymaydida


Qayd etilgan


ZUBAIR  01 Noyabr 2009, 22:04:26

Kitobniyam kitobini topibsiz-u :)
Men ham yaqinda o'qib chiqqandim.... Ta'rifga til ojiz..

Rostdanam zo'r kitob ekan. Yana bir qoyil qoladigan joyi asar Qurbonoy xolaning hikoyasi bilan boshlanib, yana huddi shu hikoya bilan tugaydi. Lekin oraga krahmal ichvogan o'ris bolani nimaga qo'shgan, tushunmadim.

Qayd etilgan


Mas'ud  01 Noyabr 2009, 23:17:55


Yashang oshna! Huddi meni ham o'ylantiradigan savol. Rostdan ham hozir qaysi "arabsevar"ni nikiga qarasez payg'ambarlar (alayhimussalom), sahobalar (r.anhum) tobeinlar, salafi solihlar, ummahatul mu'mininlar ismlari, yoki Allohga qullikni izhor etuvchi ismalr. Mn: Abdulaziz, Abdulloh, Abdurrohman vhk. O'zimizni sof o'zbekcha ismlardan juda kamchilik foydalanadi. Mana masalan, Toshtemir de, Ergashvoy de, Tursunboy de, Teshavoy de, Qo'zivoy de. Yoki Gulbadan de, Oqbilak de. A nima dediz?

Men ham bir savol so'rasam: Nikiz manosi Hamza ismini manosi bilan birmi? Adashmasam Hamza ham o'zbekcha emasov  ::)



Millatchilarni o'lgudek jinim suymaydida



Assalomu alaykum... Kechirasizlar-ku, unaqa Boltaboy, Teshavoy degan ismlar, aslida kelib chiqishi bilimsiz, omi, avom odamlarning qarashlaridan kelib chiqqan... (shunday ismdagi foydalanuvchilar bo'lsa, uzr so'rayman) ... Farzandga chiroyli ism berish Otaning farzand oldidagi ikkinci katta qarzi hisoblanadi...Modomiki shunday ekan, har birimiz o'z farzandlarimizga ma'noli, chiroyli ism berishga harakat qilamiz... Lekin yuqoridagi xabar egasi - birodarimizning "haqiqiy o'zbekcha ism" degan so'zlariga uncha qo'shilmayman... Zero, "o'zbek tili"ning o'zi yaqin 100 yil ichida chiqqan tushuncha...

Ismning kelajakda, inson voiyaga yetgandan keyingi ruxiyatga ta'siri haqida ilmiy tajribalar ham qilingan... Ya'ni, ma'nosiz sayoz, xunuk ismlar sohiblari voyaga yetgach ma'nan o'zlarini tengdoshlari oldida judayam noqulay xis qilar ekanlar va bu ularning faoliyatlariga ham salbiy ta'sirini ko'rsatar ekan...

Gap arabcha yoki forscha ism qo'yilishida emas... Gap chiroyli, mazmunli ism qo'yilishda... Aslini olganda, O'zbek tilimizning asosini ham turk, fors va arab tillari tashkil etadi... Shunga ham e'tiborni qaratsangizlar, foydadan hli bo'lmas edi...

P.S. Siz o'z farzandingizga Boltavoy, Teshavoy, Oyposhsha yo Oqbilak deb ism qo'ygan bo'larmidingiz? Ism qo'yishdan oldin o'sha ismning lug'aviy ma'nosini tekshirmasdan, xayolingizga kelgan birinchi ismni qo'yishni qanchalik to'gri ish deb bilasiz?...

OFF top uchun blog egasidan uzr so'rayman

Qayd etilgan


siddiqa  02 Noyabr 2009, 08:21:19

qo'limdan behosdan tushib ketgan idishni sindirish bilan boshlangan kunim ,nima bilan tugashini ham bilmayman .......hayot judayam qiziq agar yahshi aktyor bo'la olsang derdi bir do'stimiz.

bir dugonamning gapini eslaymanda kulgim keladi ,ha uning uchun qaysidir kunlar og'ir kelarmish ..........
kulgidan bazor to'htab nima kunlarni o'lchab ko'rganmisan degandim.qaysinisi og'iru qaysinisi yengil.(bu yog'iga H.Tojiboyevning Alloh rahmat qilsin,nozik mehmonlar degan gaplari esimga tushib ketdi )

Aslida har kunimiz ne'mat ekan ,shunchaki ihlos bilan boshlasakgina ,ishlarimiz ham hayirli yakun toparkan ,

nima farqi bor dushanbayu ,chorshanbani ........
aslida eng og'ir damlar yashayotgan insonlarda emas ,lahatga ilk kirgan insonlarda kechsa kerak ,
og'ir damlarda insonga inson tirgak ,lahatdachi ............yolg'iz o'zingizu ...amallaringiz.........
ha lahat qurtlari ham mehmonga kelishadi ..........

bularni o'ylab ,
yashagim keladi ..........bugun yana bir kun berilganiga hursand bo'lib ketdim ,demak nimadir qilishga kiprik qoqqudek bo'lsa ham vaqt bor ...........
o'zimga o'zim ..........shivirlabgina olg'a deya oldim .

Qayd etilgan


Abdulhafiz  02 Noyabr 2009, 17:02:43

Afg'onistondagi yigitga nima bo'ldi..? Davomi bo'lib qoldimi? Kutyapmiz...

Qayd etilgan


Ziyovuddin  02 Noyabr 2009, 17:57:00

Afg'onistondagi yigitni o'lishiga "Ilhomoy" kenayim sababchilami deyman.  :D

Qayd etilgan


Mahdiyah  02 Noyabr 2009, 18:59:15

Bundan bir hafta oldin ishxonamiz atrofidagi barcha yerlarda svet (chiroq o’chdi).
Odatda uzog’i 30 minutlarda yoqilar edi.
Lekin bu safar anchagacha yoqilmadi.
Ishxonada Paynet ham, Photoham, kserokopiya ham hammasi elektrga bog’liq...
Yonimizdagilar ham ish yo’qligidan ko’chaga chiqib olishgan, SEVT YO’Q ISH YO’Q.
Ko’p ishxonalar baribir elektrsiz faoliyat yurita olmas ekan.

Oxiri direktorimdan so’rab vahliroq uyga ketishimni so’radim, mayli dedilar.
Uyga charchab endi liftni bossam svet yo’qku! Vayyyyyyyyyy charchaganda yuqori qavatga piyoda chiqish juda qiyin bo’ladida...
Amallab uyga chiqib oldim :D

O’ylab qarasam uydagi ko’p ishlarim ham svet va elektrga bog’liq egan.
Huddi o’zimni yarimtaday his qildim.

o’ylab qoldim... BIZ INSONLAR NAQADAR BU DUNYOGA O’RGANIB, BOG’LANIB BO’LGANMIZA!!!

Qayd etilgan


ZUBAIR  03 Noyabr 2009, 00:50:07

Assalomu alaykum... Kechirasizlar-ku, unaqa Boltaboy, Teshavoy degan ismlar, aslida kelib chiqishi bilimsiz, omi, avom odamlarning qarashlaridan kelib chiqqan... (shunday ismdagi foydalanuvchilar bo'lsa, uzr so'rayman) ... Farzandga chiroyli ism berish Otaning farzand oldidagi ikkinci katta qarzi hisoblanadi...Modomiki shunday ekan, har birimiz o'z farzandlarimizga ma'noli, chiroyli ism berishga harakat qilamiz... Lekin yuqoridagi xabar egasi - birodarimizning "haqiqiy o'zbekcha ism" degan so'zlariga uncha qo'shilmayman... Zero, "o'zbek tili"ning o'zi yaqin 100 yil ichida chiqqan tushuncha...

Ismning kelajakda, inson voiyaga yetgandan keyingi ruxiyatga ta'siri haqida ilmiy tajribalar ham qilingan... Ya'ni, ma'nosiz sayoz, xunuk ismlar sohiblari voyaga yetgach ma'nan o'zlarini tengdoshlari oldida judayam noqulay xis qilar ekanlar va bu ularning faoliyatlariga ham salbiy ta'sirini ko'rsatar ekan...

Gap arabcha yoki forscha ism qo'yilishida emas... Gap chiroyli, mazmunli ism qo'yilishda... Aslini olganda, O'zbek tilimizning asosini ham turk, fors va arab tillari tashkil etadi... Shunga ham e'tiborni qaratsangizlar, foydadan hli bo'lmas edi...

P.S. Siz o'z farzandingizga Boltavoy, Teshavoy, Oyposhsha yo Oqbilak deb ism qo'ygan bo'larmidingiz? Ism qo'yishdan oldin o'sha ismning lug'aviy ma'nosini tekshirmasdan, xayolingizga kelgan birinchi ismni qo'yishni qanchalik to'gri ish deb bilasiz?...

OFF top uchun blog egasidan uzr so'rayman


Va alaykum assalom, JaruleUZB.
Yo siz meni noto'g'ri tushundiz, yoki men. Agar men sizi to'g'ri tushunib javob beradigan bo'lsam, yuqoridagi gaplarim barchasi kesatiqsifat gaplar. Keyin men bu yerdagi arabiy ismlar orasida hali yomon/xunuk ma'no beradiganini ko'rmadim. Yana arablarda ismi Ahmad, Abdurrahmon yoki Muhammad bo'laturib, o'zi hayotda fosiq, benamozlari qancha! Keyin men ziyouz forumini islomiy forum deb bilaman. bu yerdagi aktiv userlarni 95%, (balki bundan ham ko'proqdir) hayotda namozxon, ziyoli birodarlar deb gumon qilaman. Agar bu savolni (Hamzam savoli) arbuz, sardormirzo.com va shunga o'xshagan boshqa bir forumda berilganda balki ajablanmagan bo'lardim. Keyin bilishimcha hamma o'zi yoqtirgan nikda faoliyat yuritishga haqqi bor (forum qoidalariga zid bo'lmagan xolda). Mavzudan chetlashgan bo'lsam uzr.

PS: "Siz o'z farzandingizga Boltavoy, Teshavoy, Oyposhsha yo Oqbilak deb ism qo'ygan bo'larmidingiz?" degan savolizga javob berishim shart bo'lmasa kerak.

PS2: Haliyam tez-tez ovqatlar pishirib turibsizmi :) Rasmlarini bu taraflarga ham qo'yib, bahramand etib turing.

Qayd etilgan