Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750298 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 58 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 ... 155 B


registan  04 Noyabr 2009, 21:24:26

xuuuushsh...boshdan do'ppini olib,biiiir o'ylanaman desam,do'ppi yo'q ekan...deydiyu :)

shu o'ziga--asal, shirincha, miss birbalo,guzalqiz,asalina,shakarchoy,birbalolady deb nik/nom qo'yib oladgianla yoqmedi nimagaduram....

yana yoqmediganlardan:  Birovni moshinasini yonida rasmga tushib, Profile iga qo'yadiganlar

Forumdagi o'z postini iqtibos qiladigan yagona inson siz bo'lsangiz kerak. Manimcha, oynaga qarab gaplashishni ham yoqtirsangiz kerag-a? (Hazil) ;D

Qayd etilgan


siddiqa  05 Noyabr 2009, 15:01:24

Iqtibos: ChehMik
[/quote

aqlli odamlardan iqtibos olishni yaxhsi ko'raman..... ;D

hmm,bo'lmasa o'zingizdan boshqa iqtibos olmang ,. ;) ;)

Qayd etilgan


ZUBAIR  05 Noyabr 2009, 20:13:51

siz notug'ri tushunibsiz Zubair :)

Ha, oxirgi vaqtlarda ko'p narsalarni to'g'ri anglamaydigan bo'pqomman. Agar bu mavzudagi postlarim bilan kimlarnidir hafa qilgan bo'sam uzr so'rayman. kesatiq emas, jiddiy

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Noyabr 2009, 22:21:53

Iqtibos
CHEHMIK aka bu sizmi? :10 :10
judayam "istarasi issiq "odam ekanSIZ .

vey rahmat rahmat...
koop etishgan qizla ;D

shu hairstyle haqida gapirvotudim...
shunday chiroyli yuzga,momaqaymoq kiygizvorishdi deb ....

mayli,biz surduk...
yozib qo'yila,atirgul,lilufargul,moychechak,2moychechak,3moychechak haqida...
voy
iqtibos notog'ri olinibdiku ,sudga berish kerak.jahli chiqqan advokat
:D :D

Kim-kimni sudga bermoqchi???? Yorrrdaaammm berishim mumkin... (Varonej haqida multfilmdagidek)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Noyabr 2009, 16:04:36

  Oxirgi kunlarda u juda ham hayolparast bo’lib qoldi. Negadir ko’z o’ngidan yoshligi, otasi, onasi ketmay qoldi. Mana xozir ham u bir chekkada biqinib olib, yana hayollar og’ushiga cho’kdi.
    "¦U yoshligida ancha xushchaqchaq edi. "œBola bo’lsang sho’x bo’l, sho’x bo’lmasang yo’q bo’l" degan maqol unga juda yarashar edi. Maktab davrlarida sinfda qanday buzg’unchilik bo’lsa, albatta undan ko’rishardi. Chunki haqiqatdan uning qo’li bo’lardi ham. Lekin bu sho’xlik 7-sinfgacha davom etdi. Otasini xalq dushmani sifatida olib ketishdi. U xozirgacha tushunolmaydi nega shunaqa bo’lganini"¦ Faqat bilgani qora plash, qora shlyapa kiyib olgan, qo’llariga allambalo katta papkalarni qo’ltiqlab olgan, faqat ruscha gapiradigan kishilar otasini olib ketishgan kuni, uylaridagi A.Navoiy, Lutfiy, Hofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiylarning barcha kitoblarini hovliga chiqarib yoqishgandi. Aniq esida, o’sha vaqtda onasi Qur’oni Karimni eski beshikni ichiga solib yashirib qolgandi. Haligi shlyapa kiyib olgan kishilardan biri onasiga qarab "œTrevoga!", "œTrevoga!" deya baqirgandi"¦ Ushbu ovoz yanada yaqinroqdan, balandroq eshitila boshladi: "œTrevoga!", "œTrevoga!", "œTrevoga!""¦ Yigit darrov es-xushini yig’di. Yoshligi haqida hayol surib o’zining urushda ekanligini ham esdan chiqarayozibdi. Qo’lidagi avtomatini qattiq siqqan holda so’kinganicha tashqariga chiqdi.
   "¦Qishning sovuq tuni edi. Sovet askarlari joylashgan qarorgohga, yaqin atrofdagi qishloqqa kam sonli dushmanlar kelganligi haqidagi xabar keldi. Harbiy bo'linma darhol hujumga otlanishdi. U ham yonidagi bir sherigi va komandiri bilan janga otlandi"¦


***

"œAlla-yo alla,
Uxla bolam, bolajonim,
Alla-yo alla"¦
Qora ko’zim qo’zichog’im,
Alla-yo alla.."

   Kelinchak alla orasida "œOtang aytganidek bo’ldi, Mahmudjon, — deya erkalardi chaqoloqni. Otangni o’jarligini qaragin-a, "œO’g’il bo’ladi" deya qaysarlik qilgandi. U baribir haq bo’lib chiqdi. Uning mana shunday qaysarligi yoqardi menga"¦". Shunday derdi-yu, o’zining fikridan o’zi uyalgannamo bo’lib yuzi qizarardi"¦

"œOtang kabi pahlavonim,
Alla-yo alla"¦"

   Kelinchakning tunlari shu kabi bedor o’ta boshladi. U yigitdan tezroq suyunchi olish uchun xat yozib yuborgandi. Lekin mana bir haftadan buyon yigitdan hech qanday javob kelmayapti. "œBalki xali mening xatim yetib bormagandir" deya ovunardi kelinchak. "œBalki yozgan javoblari yo’lda ushlanib qolgandir" deya qo’shimcha qilardi yana. "œBalki vaqti bo’lmayotgandir, axir o’ynagani ketganlari yo’qku" deya ko’nglini xotirjam qilardi. Ammo hech ham yomon hayolga borgisi kelmasdi. U yigitga ishonardi. Uning o’lishi mumkin emasdi. Uning bunga haqqi yo’q edi. Mahmudjon uchun ham u yashashga majbur edi. Shu kabi hayollar bilan bir oy kutdi javob kelishini. Endi u o’zini qo’yarga joy topolmasdi. Har kuni kechqurun yig’lab chiqardi, lekin nega yig’layotganini o’zi ham bilmasdi. Yig’layotgan vaqtlari kichkintoy Mahmudjon uyg’onib qolsa, darrov ko’z yoshlarini yashirardi. O’g’lidan ko’zini olib qochardi. Chaqaloq nimanidir szebi qolmasin deb o’ylardi o’zicha"¦
   Shunday kunlarning birida, aniqrog’i Mahmudjon tug’ilganidan 42 kun o’tib nihoyat uyga bir xat keldi. Xatni qo’liga olganida u ancha dovdirab qoldi. Chunki konvert ustidagi husnihat eriniki emas, begonaniki edi. Konvertni ochishga yuragi betlamadi. Xudoga nola qildi, ikki rak’at namoz o’qidi. Shundan so’ngina ming hayollar, ming gumonlar, ming havotirlar bilan konvertni ochdi. Qarasaki"¦
   Xat eridan kelibdi"¦



(Davomi bo'lishi aniq endi... Bo'lmasa ko'zga uvol...)

Qayd etilgan


registan  07 Noyabr 2009, 16:11:38

Iltimos shuni alohida mavzu ochib joylasangiz, har xolda mushtariylari ko'p. Aralashtirib yuborishmasin postlarni. ;D

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  07 Noyabr 2009, 16:27:16

Iltimos shuni alohida mavzu ochib joylasangiz, har xolda mushtariylari ko'p. Aralashtirib yuborishmasin postlarni. ;D

Bu fikringizni blog muallifi Ilf janoblariga aytib ko'ring. Ular rozi bo'lsalar bizga farqi yo'q. Lekin menimcha ko'nmaydilar. Sababi ushbu hikoyacha ChehMikning blogiga bo'lgan qiziqishni yanada kuchaytirishi aniq. Bu xuddi gazetani adadini oshirish uchun "davomi keyingi sonda" degan yozuvni qo'yish bilan barobar... :-)

Qayd etilgan


siddiqa  07 Noyabr 2009, 17:58:47

 :as:

bugun birinchi martta tibbiyot ustozimiz mazza qilib kuldilarmi  :D :D
o'ylamey javob berdimde savollariga ,
ho'sh Siddiqaxon oshqozon yuvishda rezina shlanka insonni ichagiga qancha miqdori kiradi ??
7-8 soni kallamga o'tirib qolgan.

7-8 metrcha bor ustoz ........
aaaaaaaaaaaa? :o :o nima siz jirafani oshqozonini yuvayapsizmi ??
iltimos doktor bo'lishni o'ylamay qo'ya qoling .
hop ustoz .

aslida 40 smlarcha kirish kk ekan .
suv qancha quyiladi ??
bugun menga nimadir bo'ldi ,yana o'ylamasdan
10-15 ltrde ustoz desam
bump portladilar ,kulgudan o'zlarini tutolmay ,bochkaga suv quymayapsizku ....
 ;) ;) ;)

ustoz lekinchi qon bosimini o'lchashni o'rganib keldimmmm, ;D ;D ;D
rahmat..........chiqarib bo'ldiz  : )
yana o'ylab qolaman filologlarni nega buncha tibbiyotdan qattiq olishadi ,
haaa 10-15 ltr suv quymaslik uchundaa.

Qayd etilgan


registan  07 Noyabr 2009, 18:25:28

Siddiqaxon, ichak bo'p qoldiyu odam, qaerdan o'ylab topdingiz buni?

Qayd etilgan


siddiqa  07 Noyabr 2009, 18:29:30

Siddiqaxon, ichak bo'p qoldiyu odam, qaerdan o'ylab topdingiz buni?
bugun darsda o'ylamay javob berganimdan hamma ichak bo'pqoldi .
o'qituvchimiz ,san doktor bo'lsang ,sog' odam qolmiydi deb tashhis qo'ydilar .

Qayd etilgan