Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750803 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 62 63 64 65 66 67 68 69 70 71 72 ... 155 B


Muhseena  12 Noyabr 2009, 09:25:14

Bugun o'qishga hech borgim kelmayapti,meditsina darsi...Domlaga hech tushunolmadim.Yozma ishdan gruppavoy uch qo'yib chiqqibdilar,asoslab bering desak esa jimjitlik...Nima xohlar ekanlar,tag'in u-bu nima hojatlari bormikina deb ham o'ylayapmiz.Chuchvarani xom sanabdilar deb to'g'ri dekanat xodimiga arz qildik.Yaxshiyamki subbotniklarga yaxshi qatnashgan ekanman,Oynisa opa man o'zim tekshiraman dedilar.Uydagilarga hech aytolmadim,uyda hamma vrach bo'la turib,o'zim uch olib kelsama  :3,hay mayli,o'qishga bora qolay,uchim ikkiga aylanib qolmasin yana....

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  12 Noyabr 2009, 12:52:21

Yangi she'riy ketma-ketlikni man boshlab beraqolay-a? ;D

Postingizda mavjud olam ma'nosi,
Ilhomingiz erur qalam shaydosi,
Alisherdan qolgan ijod me'rosi
Ko'zimning nurisiz forum a'zosi.


Fikringiz ajoyib, qilaman hurmat,
Maslahatingizga kiraman albat,
Tanqid ham qilaman, bu emas g'iybat...
Ko'zimning nurisiz forum a'zosi.

Qayd etilgan


Mr.Twister  12 Noyabr 2009, 15:28:11

Salomni o`rgatdiz, berdingiz ibrat,
Buning uchun sizga olamcha rahmat.
Tanqid uchun rahmat, ko`rmangiz tuhmat,
Ko`zimning nurisiz forum a'zosi.

Qayd etilgan


Mr.Twister  12 Noyabr 2009, 16:07:52

Umid qilamanki manga ham emas!

Qayd etilgan


Mr.Twister  12 Noyabr 2009, 16:13:19

Mavzuni to`ldirar offtoplariga,
Xayoli shu faqat yulduzlariga.
Quyosh bo`ling forumga
Eng zo`r offtopersiz forum a'zosi.

Qayd etilgan


registan  12 Noyabr 2009, 17:47:07

Mo'minsiz, mo'minning bo'ling ko'zgusi,
Ota-onangizning tilak-ezgusi,
Dunyoning shundog'am yetar qayg'usi,
Qalbimning qo'risiz forum a'zosi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  12 Noyabr 2009, 17:57:15

Hazillarimizdan bo'lmang siz araz,
Barchasi samimiy, yo'q hech bir g'araz,
Ba'zida sho'xmizda, ba'zida maraz,
Zo'rlarning zo'risiz forum a'zosi!

Qayd etilgan


registan  12 Noyabr 2009, 18:27:35

Ba'zan yig'lab olib ba'zida kulib,
Ba'zan piching qilasiz, gapni ho'p burib,
Ba'zan sukut qilib, ba'zan do'q urib,
Goh quyon goh, bo'risiz forum a'zosi.

Qayd etilgan


Muvahhid  12 Noyabr 2009, 18:40:31

Dilimni yoritgan nurdir so'zingiz,
Donolar donosi asli o'zingiz.
Hech g'amgin bo'lmasin sizning qalbingiz,
Shirin so'z gadosi,forum a'zosi.

Qayd etilgan


registan  12 Noyabr 2009, 18:49:59

O'zbekning dardiga bo'ling davosi,
Navoiyning dildagi g'azal-navozi,
Bobur bo'ling, armon bo'lgan vatan havosi,
Ajdodlar merosi, forum a'zosi.

Qayd etilgan