Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750797 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 64 65 66 67 68 69 70 71 72 73 74 ... 155 B


Mr.Twister  14 Noyabr 2009, 00:23:14

Birodar g'amiga hamdard bölgan,
Qo'ldan kelsa yordam qilgan.
Biringiz talaba, biringiz olim,
Shukurki siz borsiz, bor bo'ling doim.
Qalbi Qur'on böling, forum a'zosi.

Qayd etilgan


Mr.Twister  14 Noyabr 2009, 00:37:51

Siz borsiz, ketgim kelmas,
Irodangiz metin bo'lsin, shayton yo'lamas.
Admin ham zo'rdir, undayi bo'lmas.
Alloh rozi bo'lsin, forum a'zosi,
Allohga omonatsiz, forum a'zosi.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  14 Noyabr 2009, 09:25:52

Shoir aka savol bersa yayrayman,
Men javob bermayman, go’yo sayrayman,
Goh ChehMikni lolo tomon qayrayman,
Umrimning madori, forum a’zosi.

Abdulloh iqtisod targ’ibotchisi,
Twisterga yoqar ovqatning isi,
IXLOS offpost ko’rsa o’zgarar tusi,
Yoshlik beg’ubori, forum a’zosi.

Muhammad Amin — bu oldingi Akbar,
Musannif Adhamdan ol yangi xabar,
Ollohim qo’llasin, har shom-u sahar,
Userlar sardori, forum a’zosi.


P/S: Ismlarga zakaz bo'yicha she'r yozamiz... Agar sizga kelin salom aytilishini xohlasangiz PM bir og'izgina "Hoy!" deb qo'yarsiz...

Qayd etilgan


lolo  14 Noyabr 2009, 11:32:52

Subhanalloh! dedim ko'rib Y_U_R_I_S_T ni,
Davomli qilsin Alloh sheriyatizni.
So'zlarizda shunday unutmang bizni,
Baxtli bo'lin mangu, forum a’zosi.

Zakazlar so'rabsiz endi aytaylik,
Diniy mavzularda bo'sin o'qiylik.
Bizlarni ta'riflang bilib olaylik,
Bir-biriga ko'zgu, forum a'zosi!

To'rt misra, ortig'i ekan mashaqqat,
Qofiya topolmay, qilolmay toqat,
O'rganmadik hali, qiyindir faqat,
Salkam shoir o'zi, forum a'zosi!




_______________________
hay o'rtoq, o'zi qaysi uslubda ketvatti bu sherla? qofiyelani zo'rg'a topib, vallohu a'lam o'xshatdimro. (mangu, ko'zgu, o'zi deganlaridek...)

Qayd etilgan


Mr.Twister  14 Noyabr 2009, 16:08:26

O'qishni bahona qilar ba'zida,
15-20 post qo'yar kunida.
10 rahmat oladi kunda kamida,
Leksiyada zerikkan forum a'zosi.

Qayd etilgan


Robiya  14 Noyabr 2009, 16:14:10

User(ka)lar kirmasa xayolda nelar,
O'zicha hukm qilmoq yo'lida bo'lar,
Lek yaxshi kuningda albatta yarar,
To'ylarni sog'ingan forum a'zosi :D

OFF: hammadan uzr so'ragan holda, to'y noma'lum muddatga ko'chirilishini e'lon qilmoqchiman. Tabrik va qutlovlar uchun rahmat, ilohim Sizlarni ham shunaqa yaxshi kunlarga yetkazsin... :)


Qayd etilgan


registan  14 Noyabr 2009, 16:24:32

User(ka)lar kirmasa xayolda nelar,
O'zicha hukm qilmoq yo'lida bo'lar,
Lek yaxshi kuningda albatta yarar,
To'ylarni sog'ingan forum a'zosi :D

OFF: hammadan uzr so'ragan holda, to'y noma'lum muddatga ko'chirilishini e'lon qilmoqchiman. Tabrik va qutlovlar uchun rahmat, ilohim Sizlarni ham shunaqa yaxshi kunlarga yetkazsin... :)



Robiya singiljon bu gapingni qo'y,
Kimga ham yoqmaydi marakayu-to'y,
Hukm emas, qilganimiz yaxshi o'y,
Nasib etsin senga juftning a'losi
To'ylarni sog'indik, forum a'zosi,

P.S. Hazilakam chin yoki chinakam hazil sh'er. ;D =>(Shu smiley manga rosa yoqadida)

Qayd etilgan


Abdul_Malik  15 Noyabr 2009, 00:47:00

Bilasizmi, Forum ochilgandan beri umumiy o'qilgan sahifalarni kitob holiga keltirsa salkam 500 metr qalinlikdagi kitob bo'larkan...

Qayd etilgan


Abdulhafiz  15 Noyabr 2009, 01:00:24

Bilasizmi, Forum ochilgandan beri umumiy o'qilgan sahifalarni kitob holiga keltirsa salkam 500 metr qalinlikdagi kitob bo'larkan...
:ms:

Qayd etilgan


Muhseena  15 Noyabr 2009, 01:52:09

Har bir yomonlikka bitta jazo bor,
Taqdir qilindimi demak qazo bor,
Bugungi ishlarga u qadar kuyma,
Har  bir fir'avnga bitta Muso bor!

Berilib ketma ko'p bunda yashashga,
Dunyo arzimaydi bezab tusashga,
Buyuk to'fon kutar har birimizni
Hozirlan Nuh kabi Kema yasashga!

Ishonma,bu zamin toliqqan,xorg'in,
Ertaga to'kajak bo'shatib qornin,
Oy bo'linib bo'ldi,aqlingni yig'gin,
Quyosh tanlayapti G'arbdagi o'rnin....
Xayrulla Hamidov
14.11.2009.

Qayd etilgan