Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750559 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 155 B

Robiya  16 Iyun 2009, 19:00:07

Savob asli samodan tushmas,
Tillo yerga gadodan tushmas,
Ko'kda uchgan har jonzot qushmas,
Yerda yurgin ucha bilmasang,
Tugun tugma yecha bilmasang.

Mezbon itin bo'shatib qo'ymas,
Osh bergan zot oshatib qo'ymas,
Hasad ahli tosh otib to'ymas,
Chayon bo'lma chaqa bilmasang,
Kir tutmagin yoqa bo'lmasang.

Yetim yotgan ostona bo'lgin,
Onang o'pgan peshona bo'lgin,
Gul shoxiga bir shona bo'lgin,
Qo'l cho'zmagin uza bilmasang,
Baliq bo'lma suza bilmasang.

Tun bergan zot chiroq ham bergan,
Yoving bo'lsa yaroq ham bergan,
Oxiratdan saboq ham bergan,
O'qish nechun uqa bilmasang,
Ko'lmak bo'lgung oqa bilmasang.

Tangri senga til bergan, ey do'st,
Shukri uchun til bergan, ey do'st,
Neki bersa chin bergan, ey do'st,
Mahmud, tek tur so'zlay bilmasang,
Bulbul bo'lma bo'zlay bilmasang.

Qayd etilgan

Muzayyana  20 Iyun 2009, 11:13:22

Alloh, Alloh, Alloh, odamlarga nima bo'ldi a?!
 Ishga kirish uchun nechta joyga bordim bilmiman...
Qayerga borsam bitta gapni gapirishadi...
"Biz hijoblilarni ishga olmimiz!"
Alloh o'zing sabr bergin...

Qayd etilgan

Muhammadiy  20 Iyun 2009, 16:26:31

Alloh, Alloh, Alloh, odamlarga nima bo'ldi a?!
 Ishga kirish uchun nechta joyga bordim bilmiman...
Qayerga borsam bitta gapni gapirishadi...
"Biz hijoblilarni ishga olmimiz!"
Alloh o'zing sabr bergin...

Mutaxassisligingiz qanaqa?

Qayd etilgan

Kumush  20 Iyun 2009, 16:29:27

Yoshligimda Margaret Tetcher singari siyosatchi ayol bo'laman,temir xonim bo'laman deb o'ylardim.Aqlim yetmagani holda dunyo siyosatini o'rganardim.Butun bir mamlakatni boshqargudek ishtiyoqim,shijoatim bisyor edi...

Vaqtlar o'tib iqtisodiy,ijtimoiy vaziyatlar bu qarorlarimni o'zgartirishga majbur etdi.Hayot shu ekanda deb qo'ydim.O'zimga o'zim:bir oilani boshqara olamanmi deb savol beradigan bo'lib qoldim...

Endi esa Allohimdan o'zimni o'zim boshqara olishimni,iymonimni salomat qilishligini so'rayapman...

P.S:Inson qanchalar hayolparast a!

Qayd etilgan

Muhammadiy  20 Iyun 2009, 16:48:32

Yaxshi gaplar yozibsiz. Lekin oliy maqsadlar sari harakatdan to'xtamaslik kerak.

Masalan, men o'z sohamning eng zo'r mutaxassisi bo'laman, deb ahd qiling. Albatta, har bir sohaning eng zo'r odami bo'ladi. Aslida, u ham siz kabi odam. Kasbimning eng zo'ri bo'laman deb harakat qilsangiz, ehtimol eng zo'ri bo'lolmassiz, lekin zo'rlaridan biri bo'lasiz, inshaalloh.

Qayd etilgan

Muzayyana  22 Iyun 2009, 13:31:32

Alloh, Alloh, Alloh, odamlarga nima bo'ldi a?!
 Ishga kirish uchun nechta joyga bordim bilmiman...
Qayerga borsam bitta gapni gapirishadi...
"Biz hijoblilarni ishga olmimiz!"
Alloh o'zing sabr bergin...

Mutaxassisligingiz qanaqa?

Mani mutahassisligim yaqinda a'lo darajali diplom bilan ped institutning
ingiliz tili yo'nalishini tamomladim.
Manga qanday maslahat bera olaslar?

Qayd etilgan

Ziyovuddin  22 Iyun 2009, 13:53:02

:as:
Bu ham bir sinov. Alloh sevgan bandalariga sinov va mashaqatlar yuborar ekan. Alloh sizga sabr-bardosh bersin. Tanlagan to'g'ri yo'lingizdan adashtirmasin.

Qayd etilgan

Muzayyana  22 Iyun 2009, 14:00:05

tashakkur Ziyovuddin Alloh rozi bo'lsin, aytganlariz kelsin...

Qayd etilgan

Abdullah_Hayrullah  22 Iyun 2009, 14:23:10

Yoshligimda Margaret Tetcher singari siyosatchi ayol bo'laman,temir xonim bo'laman deb o'ylardim.Aqlim yetmagani holda dunyo siyosatini o'rganardim.Butun bir mamlakatni boshqargudek ishtiyoqim,shijoatim bisyor edi...

Vaqtlar o'tib iqtisodiy,ijtimoiy vaziyatlar bu qarorlarimni o'zgartirishga majbur etdi.Hayot shu ekanda deb qo'ydim.O'zimga o'zim:bir oilani boshqara olamanmi deb savol beradigan bo'lib qoldim...

Endi esa Allohimdan o'zimni o'zim boshqara olishimni,iymonimni salomat qilishligini so'rayapman...

P.S:Inson qanchalar hayolparast a!

                       :as:
O'zingizni boshqarishni o'rganganingizdan keyin eng yaqiningizdagini boshqarishga, ya'ni to'g'ri yo'lga boshlashga harakat qiling. Davrani sekin sekin kengaytirib boring. Qarabsizki murodingiz hosil bo'libdur.
  Allohga :jl: ishoning Uninng karami kengdur.

P.s. unutmang har harakat, har kalimangizda Alloh :jl: rizosi bo'lgay.
                     :as:

Qayd etilgan

Muhammadiy  22 Iyun 2009, 17:01:25

Mani mutahassisligim yaqinda a'lo darajali diplom bilan ped institutning
ingiliz tili yo'nalishini tamomladim.
Manga qanday maslahat bera olaslar?

Davlatga tegishli idoralarda ishlashingiz shart emas. Ingliz tilini yaxshi bilsangiz, xususiy o'quv markazlari sizni jon deb ishga olishadi.

Muslimalarning yo'rig'i boshqa. Ishlab pul topish majburiyati ostida qolmagan bo'lsangiz, ishlashingiz ham shart emas. Til bilsangiz, uni qo'llash imkoniyatlari juda ko'p. Inshaalloh, Allohning o'zi yo'l ko'rsatadi.

Qayd etilgan