Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750623 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 79 80 81 82 83 84 85 86 87 88 89 ... 155 B


Nurilla  02 Mart 2010, 21:37:50

Muzxonaga solibdilaru, har holda idish-tovoqqa qo'shib "ACE" sepib yuvmabdilar-u.

Qayd etilgan


Muzayyana  04 Mart 2010, 13:31:51

Forumga kirdimu, mhayolimdan shu narsalar o'tdi:
Hamma joyni yangilar bosib ketibdi.... :o

Qayd etilgan


lolo  04 Mart 2010, 14:54:12

voy etgancha ChehMik, sizzi birpasta qo'yvarishdimi? Doriz tugashiga (Aprelgacha) hali ancha boridiku?! Yoki hammasini bittada ichvardismi? Ha mayli, keyingi safar oxirigacha to'liq davolanasiz inshaalloh.

Qayd etilgan


Ansora  04 Mart 2010, 19:02:27

Forumga kirdimu, mhayolimdan shu narsalar o'tdi:
Hamma joyni yangilar bosib ketibdi.... :o

Dunyonda 1 sekundda 3 chaqaloq tug'ilishini hisobga olganimizda, forumni yangilar bosib ketishi "xayolga sig'adigan xayol" yaxshi qiz ;D

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  05 Mart 2010, 12:14:19

Yor qoldi Qarshijonda,
Men esa yurtdan uzoq.
Sog'inchlar arshi jonda,
Men ho'kizmi yo buzoq?!


Davom ettiring:

Sen go'zalning dastidan,
...... ...... ...... ......?
Sog'inchimning qasdidan,
...... ...... ...... ......!

Qayd etilgan


siddiqa  06 Mart 2010, 07:57:22

 :as:

Litseydoshlar maktabdoshlardan qolishmas ekan ayniqsa maktabni ham rosa almashtirgan bo'lsangiz litsey hotiralari shirinroq.

litseydagi kursdoshlar bn kam ko'rishib yig'ilib qolamiz lekin 1 oyda 1 martta bo'lsa ham telefonda conference qiladigan odat 3 yildan beri qolmagan 5 tacha bekorchidan ,
har doimgi gaplar hich kim bir birini gapini eshitmaydi bir hilda nimaga kulishayotganigayam tushunmay qolaman  :D :D :D :D :D

shunday suhbatlar birida o'zining ismini juda yahshi ko'ruvchi ,kurdoshning kuchugii biram akkillaydi ........

bo'ldi Duhnovskiy dedi .

biz odamni ismini ham qo'yasanmi desak ,10 marttalab shu ismni qo'yaman diydi ........jahlim chiqdi  :(

keyin u hardoimgi bosiqlik bn O'tkir Hoshimovning daftar hoshiyasidagi bitiklarini yana o'qib chiqishimni aytgandi .

o'qib g'alati bo'lib ketdim .

itshunos olim Duhnovskiy o'z itlaringizga shunday laqablar qo'ying deb o'zbek ismlarini aytgan ekan ..........

o'ylab qolaman ,Duhnovskiy inson ismini kuchuklarga qo'yishni maslahat bergan ekanki ..............hozirgi natijalarni ko'rib hursand bo'larmidi ,chunki duhnovskiylar judayam ko'payibdi ............


Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 12:15:45

Kecha xabarlarda ko'rib qoldim.

İstambulda bir o'g'ri Jomeni tahorat oladigan joyidagi 17 dona jo'mrakni o'g'irlab, yana xat ham yozib ketibdi.

"Hurmatli İmom afandi, bilaman juda og'ir gunoh ishladim, lekin boshqa choram yo'q edi. Alloh kechirsin. Lekin bir kuni bu gunohimni yuvishga harakat qilaman..."

Alloh hech kimni bu ko'yga tushirmasin inshalloh...


Qayd etilgan


Ansora  06 Mart 2010, 21:25:30

Rahmatli Tog'ay Murodni asarlari haqiqiy O'zbekona yozilgan-da. Asarlaridagi Rus va bazi tillardan kirib kelgan so'zlarni yozuvchi o'zlari O'zbekchaga tarjima qilib yozgan ekanlar. Mana shu so'zlardan bazi birilari:

Kerosin — yer moyi;
Shamol to’suvchi — yelpana;
Zajigalka — yondirgich;
Shampun — sochsovun;
Papka — juzdon;
Doska — bitik taxta;
Seyalka — urug’ sepgich;
Lab bo’yoq — lolab va hokazo.

Bularning hech biri xayolimga kelmagan edi. Faqat birini bilaman u ham bo'lsa Juzdon- Turk tilida "hamyon" ma'nosida ishlatiladi.

Qani endi buning kabi "begona" so'zlarni bu shaklda adabiy tilga kiritsak...

Qayd etilgan


Ansora  10 Mart 2010, 17:48:37

Ramazon kunlarining birida bir kishi ayni domda turadigan ayolni pichoqlab o'ldiribdi. Militsiyonerlar u kishini darrov qo'lga tushirishadi, qotilning qo'llari titraganini ko'rgan organ hodimlari unga o'zingga kel, deb sigareta tutishadi, qotil esa rahmat, men ro'zadorman, deb e'tiroz etadi.....

İnson bolasi Ramazon kunida qotil bo'lishga chekinmabdi lekin sigaretga kelganda esa "ro'zaman" debdi!

Qayd etilgan


registan  10 Mart 2010, 20:18:58

Rahmatli Tog'ay Murodni asarlari haqiqiy O'zbekona yozilgan-da. Asarlaridagi Rus va bazi tillardan kirib kelgan so'zlarni yozuvchi o'zlari O'zbekchaga tarjima qilib yozgan ekanlar. Mana shu so'zlardan bazi birilari:

Kerosin — yer moyi;
Shamol to’suvchi — yelpana;
Zajigalka — yondirgich;
Shampun — sochsovun;
Papka — juzdon;
Doska — bitik taxta;
Seyalka — urug’ sepgich;
Lab bo’yoq — lolab va hokazo.

Bularning hech biri xayolimga kelmagan edi. Faqat birini bilaman u ham bo'lsa Juzdon- Turk tilida "hamyon" ma'nosida ishlatiladi.

Qani endi buning kabi "begona" so'zlarni bu shaklda adabiy tilga kiritsak...

Lab buyoq ham chet el so'zimikin?

Zajigalka--yondirgalka edi adashmasam....

Shamol to'suvchi nima u?

Shampunning tarjimasi ham qolipga uncha tushmabdi..

Umuman olganda,bunaqa tarjimalarga va xalq o'rtasida qo'llashga biroz qarshiligim bor...



O'ganib ketasiz :)

Qayd etilgan