Uni deyarli har kuni uchratar edim. O'qishda...
Karidorda yuz-yuzma kelib qolsak, tezgina salomlashib ulgurar edik, xolos. Oxirgi paytlarda faqat uni homush ko'raman, hech chehrasi ochilib yurganini ko'rmayapman. Doim bir nimani o'ylab, kayfiyati buzilib yurardi.
Kecha ko'rdim, yuzida tabassum, huddi dunyo hazinasini qo'lga kiritgadey!
Yugurib keldi:
-Assalamu alaykum, juma muborak, asalim!
-Va alaykum assalam, o'zizgizga ham!
-Bilasmi bugun nima bo'ldi?
-Xo'sh?
-Dekan bugun uch martta xonamizga kirdi, manga bir necha martta ko'z yugurtirdi va indamadi. Shunaqa xursandmanki...!
Xa, xaqiqatdan ham juda xursand edi.
O'ylanib qoldim, bir martagina ro'moli uchun gap eshitmadi, shunga shuncha xursand. Alloh uni O'zing hibzi himoyangga ol!