Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750714 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 20 21 22 23 24 25 26 27 28 29 30 ... 155 B


Mahdiyah  12 Sentyabr 2009, 08:10:23

Telefoningiz uchun JAVA o'yinlar olami!
0584 QO'NG'IROQ QILIN!
Poygalar, Action, Arkadalar!
Vaqtingizni bekorga ketkazmang, 0584 QO'NG'IROQ QILING.
0,75$/1 daq


Ha vaqtingizni bekor ketkazmang.
Qur'on o'qing.
Bepul.
Mukofotni O'ZI sizga beradi, sizdan olmaydi!

davomi:

waqtingizni bekor ketkizmang.kamroq tortishing.kamroq bahslashing,zero bahslardan adolat kelib chiqmaydi,bil'aks (nima degani shu so'z o'zi :)  ) MUAMMO kelib chiqadi. ChehMik degan forumchi vaziyatni yumshatish uchun,hazil qilib post qoldirganda, chuqur o'ylab, mana bunaqa
Iqtibos
P.S. warning ni esa ChehMik jon .... ob qo'ying! OK?!
deb "xavfli" gaplardan qilmang...zero,"Chehmikjon" ni ham tili bor, undayam G'AZAB otlig' bir narsa bor, G'AZABga kirishsa daxshatli Bambir bo'pketishini aytib ogohlantirib qo'yadi,siz azizlarni...
oxirgi postiz uchun ataylab thanks bermadim,jahlimni chiqarganiz uchun :) (chuqur uylamang buniyam)...
Jumamiz muborak bo'lsin.Alloh har bandasini jahli chiqib,aqli ketishidan O'zi asrasin.

***********************************************

'dolzarb" mavzular nega yopiladi? Sababi-- muoamala madaniyatini bilmaganimiz uchun.sababi --bahs odoblariga rioya qilmaganimiz uchun.sababi.....sababi...
bunaqa sabablar turli tuman. agar forum mana shunaqa "dolzarb" mavzular yo'qligi uchun rivojlanmasa,manga desa umuman qoloq,eeeeeng qishlaqi forum bo'pqolsin :)

Rahmatingiz shart emas.

Man Rahmat uchun post qoldirmiman.

P.S. warning ni esa ChehMik jon .... ob qo'ying! OK?!
SHU YERDA NUQTALAR O'RNIGA KELAJAKKA OB QO'YIN!!
KERAK BO'B QOLADI...

CHEHMIKJONNI TILI BORLIGINI JUDA YAXSHI BILAMAN.
BO'MASA BU BLOG JA OMMALASHIB KETMAGAN BO'LARDI.

O'SHA SIZDA BOR G'AZAB BOSHQALARDA HAM BOR!!!

QOLGAN GAPLAR BUGUNGI KUN MULOHAZASIDA INSHAALLOH

Qayd etilgan


Hadija  12 Sentyabr 2009, 15:27:41

"Rebyati davayte jit drujna"
Degan edi bir multfilmda, ammo buni qarangki har doim ham buni ilojisi yo'q ekan...
Hey Birodarlar, a bu tildan chiqayatganlarni amallarda bo'layotganlarni qalbdan o'tayotganlarni Alloh ko'rib turibdi unutmaylik, Qiyomat kuni Haq Nohaq ajraladigan kunni eslaylik, balki shunda mulftilmdek yashasak, qolgan hayotimizni ham....

Qayd etilgan


Abdulhafiz  12 Sentyabr 2009, 15:44:07

"Rebyati davayte jit drujna"
Kelinglar ahil va inoq bo'lib yashaymiz! Aniqrog'i oldingi ahilligimizni davom ettiramiz.

Qayd etilgan


Muhseena  12 Sentyabr 2009, 16:01:20

Alloh taolo:
"Inson o'zi ko'p tortishuvchi bo'lgan edi"(Kahf,54)

Qonimizda shunaqa xislat borde,ba'zan-ba'zan chiqarib turamiz. :( :( :(

Qayd etilgan


Muhseena  12 Sentyabr 2009, 16:06:00

Anas r.a. dan rivoyat qilinadi:
"Kim yolg'onni tark qilsa,holbuki, u botildir,unga jannatning sahnida bir uy quriladi.Kim haq bo'lib turib,talashib-tortishishni tark qilsa,unga jannatning o'rtasida uy quriladi.
Kim xulqini go'zal qilsa,unga jannatning yuqorisida uy quriladi",dedilar
".
(Termiziy va Abu Dovud rivoyati)

Qayd etilgan


Muhseena  12 Sentyabr 2009, 16:42:29

Mana uchinchi kursni ham eson-omon boshlab oldik.Shu onlarga yetkazgani uchun Allohga shukronalar aytaman.O'tgan ikki yil davomida fakultet bilan bog'liq ko'p hodisalar ro'y berdi.Ularni birma-bir ko'z oldimdan o'tkazar ekanman,bir holat meni taajjubga soldi.
Ikkinchi kursni boshlagan vaqtimizda ma'naviyat darsli qo'yildi.Har doimgidek darsga vaqtida borib o'tirdim.Domla kirdilar.Aftidan judaaa qattiqqo'l domla ekanmi,xonada pashsha uchsa eshitilgudek edi.U hamma domlalar kabi o'z qonun-qoidalarini aytib o'tdi.Har safar yonimdan o'tar ekan,ma'noli qarab qo'yardi.Bunga aytarlikcha e'tibor bermaslikka harakat qildim.Ammo bu hol boshqa darslarida ham davom etdi.Bilishimcha bu kishi deputat ekan.Asli sohalari nima bilolmadi-u lekin darsni interaktiv usulda olib bordilar.Bir kuni partamda Xalq so'zi gazetasini qo'yib qo'ygan edim.O'sha payt o'tgan yilgi Ramazon oyiga to'g'ri kelgan paytlar.Hammaning ham partasida har xil narsa bor.Ammo u kishi aynan meni partamga kelib "Darsda gazeta o'qib o'tiribsizmi?"deb gazetamni olib qo'ydi.Hayron qoldim  ??? ???.Ichimda "Sog'mi bu odam o'zi?"deb qo'ydim.Shu zaylda seminar ham boshlandi.Seminarda boshqa yosh qiz domlalik qildi.Hamma baholarim yaxshi,mustaqil ishlar topshirilgan.Biz bu darsda kitobdan foydalanmasdan,erkin tarzda fikrlarimizni bayon qildik.Sessiya yaqinlashganda boyagi deputat domlamiz hammamizdan imtixon oladigan bo'ldilar.Hamma hayron,chunki biz nima mavzuga tayyorlanishni bilmadik.Kitob o'qimaganmiz.Yo'q,baribir u kishini aytgani bo'ldi.Imtixon kuni sessiyani oxirgi kuniga belgilandi.Dekanimizning fanidan test topshirsam,ma'naviyatdan imtixonda 5 olsam,baholarim 5 bo'lishi kerak.Ammo ko'nglim g'ash.Kelib-kelib ma'naviyatdan qo'rqasanmi-deb o'vutishdi kursdoshlarim.Imtixonga kirdim.Savollarga javob berdim,domla o'qrayib o'tirdilar.Ortiqcha qiynamay 5 baho dedilar va men hotirjam xonadan test topshirishga chiqdim.Testdan ham a'lo o'tib,sekin ketmoqchi edim kursdoshlarim ma'naviyat domla 4 qo'yib yuborganini aytishdi.Hafsalam pir bo'lib ketdi.Qarasam 4 ni faqat menga emas,boshqa fakultetimiz faxriyalari ham olishgan ekan.Kafedra mudiriga arz qildik.Domla kitobdan o'tmay imtixon oldilar-deb.Natijasi ikki kundan keyin ayon bo'ldi.Xullas,adolat qaror topib bu fanning baholari hisobga o'tmaydigan bo'ldi.Kafedra mudiri ma'naviyat darsini ikkinchi simmestrda boshqatdan o'qishimiz sharti bilan shunga rozi bo'ldi."Hijob"li qizlarni yoqtirmaydigan bu domlam bilan hisoblashganimdan hursand bo'ldim.Ikkinchi simmestrda esa tamomila boshqa domla kirdi.Islom dinini chuqur biladigan,darslarda hammani dinimizga da'vat qilib,Qur'on oyatlari va hadislarni o'qib beradigan bu domlaning darsidan ketgim kelmasdi.Bemalol Shayhimizning kitoblarini olib borar va kursdoshlarimga dars mobaynida o'qib berardim.Bu vaqt oralig'ida menga namozni o'qishni o'rgat degan dugonalarim paydo bo'la boshladi.Allohdan ana shunday domla so'rardim darslarimizda...Allohim meni eshitib,qalbimga taskinlik berdi.Ro'mol o'raganingiz uchun katta rahmat,Alloh rozi bo'lsin-degan gapni eshitib sal bo'lsada quvongandim.Fakultetda talabalar orasida bir o'zim ro'mol o'ragan bo'lsam ham,kursdoshlarim hurmat qila bilishdi.Fakultetimizda ziyoli,islomni chuqur o'rgangan domla borligi uchun Allohga shkuronalar aytdim.Allohim ma'naviyat  domlamizdan rozi bo'lsin.

Qayd etilgan


IXLOS  12 Sentyabr 2009, 16:49:55

Assalomu aleykum ahli forumdoshlar.
Birgina mavzuni deb qanchalik kuchli bo'lgan samimiyat, hurmat, o'zaro mehr degan tushunchalar yot bo'lib
qolsaya-ajabo bu qanday dunyo ekan-a.
Kelinglar forumdoshlar oldingiday ahil bo'laylik ahir qanchadan-qancha kishilar bizlarga xavs qilardilar.
Bir narsa aytmoqchiman garchi bu narsani xammangiz bilsangiz xam ushbu ulug' oyda o'zaro ginayu-adovatlarni, ko'ngilhiralikni va aralarni unitib eng birinchi kechirim so'ragan kishini savobi ulug'dir.
Ilohim  kechirgan insonni esa Olloh gunohlarini kechirsin "omiyn".
Olloh taolo barchalarimizni bir-birimizga mehr-oqibatli qilib qo'ysin va xech bir insonni xidoyatdan
adashtirmasin. Axir bu forumdagilar mo'min va mo'minalardir ular esa bir-birlariga og'a-inidirlar,
shunday ekan og'a-inilar xam xafa bo'lishadimi kelinglar bo'lgan voqealarni unutamiz!!!!!!
Olloh barchalarimizdan rozi bo'lsin....

Qayd etilgan


mutaallimah  12 Sentyabr 2009, 17:23:22

.U yigit Qur'on eshitib ketyapti-yu ammo huddi qo'shiq hirgoya qilayotganday ora-orada haaaa,hmmmmm deb 
Qaysi surasni eshitayorganini bilmadizmi?
Balki "Ha mim" deb boshlanadigan suralarni eshitayotgandir va sheyxga taqlid qilib bir Qur'on o'qigisi kelib ketganidan jo'r bo'layotgandir :)

Qayd etilgan


mutaallimah  12 Sentyabr 2009, 17:32:12

bil'aks (nima degani shu so'z o'zi :)  )
Bil'aks -aksincha degani..; )

Qayd etilgan


Muhammad Amin  13 Sentyabr 2009, 00:28:04


MEN KIMMAN?   

 Behzod Muhammadiy


Men kimman? Bilmayman. To’g’ri, men odamman, talabaman, deyishim mumkin. Lekin yaxshi odammanmi yoki yomonmi, shunisini bilmayman.
Meni do’stlarim, kursdoshlarim yaxshi tanishadi. Yaxshi tanishlari shuki, ular meni kamsuqum, kamgap, ko’ngilchan bola deb bilishadi. Ehtimol, yaxshi bola deb o’ylashar. Ehtimol. Lekin men o’zimni o’zim yaxshi bilmayman. O’zimni o’zim yaxshi odam deb o’ylashga qo’rqaman.
Ehtimol, bu gap sizning kulgingizni qistatar. Lekin men, kimdir o’zining kimligini bilmayapti, deyishsa, kulmagan bo’lardim.
Hamma narsa o’zni bilishdan boshlanadi, deyishadi. Odam o’zini tanisa, Haqni taniydi, deyishadi. Haqni tanigan odam shunga yarasha harakat qiladi. Lekin men shunga yarasha harakat qilolmayapman-da. Demak, men Haqni yaxshi tanimayman. Yo’q, Haqni tanimayman, deyishdan Xudo asrasin. Faqat, Haqni to’la anglolganim yo’q, deb o’ylayman. Chunki yurish-turishim, qilayotgan va qilmayotgan ishlarim shundan dalolat beradi. Demak, men o’zimni to’la kashf etolganim yo’q.
Mening asl basharam, o’y-xayollarim meni "œyaxshi" taniydigan eng yaqin do’stimning ham yetti uxlab tushiga kirmagan bo’lsa kerak.
Men yomon odamman. Yomonligim shu darajadaki, uni eng jirkanch odamga aytishga ham uyalaman. Uyalishim shu darajadaki, ertaga bir kun shu ishlarimdan xabardor bo’lgan Zot oldida qanday bosh ko’tarib turishimni o’ylasam, vujudim larzaga tushadi. Chunki u payt qochadigan, yashirinadigan joyning o’zi bo’lmaydi. Kechirilgan taqdirimdayam, baribir, u gunohlarni qilmagan bo’lib qololmayman-ku... Baribir, U Zotning huzurida turishdan, yuzlariga tikilishdan uyalaman.
Qaniydi, shu ishlarni qilmagan bo’lsam...

2004-yil

Qayd etilgan