Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750518 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 23 24 25 26 27 28 29 30 31 32 33 ... 155 B


Ansora  14 Sentyabr 2009, 03:38:19

Turmush o'rtog'im Muhammad Emin (Amin) qo'ysak ham bo'ladi, lekin uni 4 yoshida Qur'on kursiga jo'natish kerak bo'ladi, ismining haqqini berish uchun, degandi:)

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 05:49:39

Mardikor hikoyasi (bu to'qima emas)


O'shanda ayni yoz chillasi edi. Yonimda bir so'm ham pulim qolmagandi. Maktabdan bo'shaganimda daladan ikki gektar yer olib, suvchilik qilardim. Har holda o'zimni kamimga yarab turadi. Buning sababi oshnalarimni orasida ham uyalib qolmasligim uchun edi. Aksiga olib pul o'rniga besh qopdan bug'doy berdi. Dadam ko'rib: - Yaxshi o'g'lim, sening ham qo'lingdan ish keladigan bo'lib qolibdi, - deb xursand bo'lib ketdilar. - Men ishdaman o'g'lim, kasallar kutib tura olmaydi, shunga uy ishlari sening bo'yningda endi dedilar. - Ha dada, hechqisi yo'q deb: Men ham ozroq kerilib qo'ydim. Ertasiga o'rtog'im chiqib, shu hafta oxirida og'aynilar bilan o'tirishimiz bor deb qoldi. Bilasiz do'stlar bilan yig'ilishda albatta pul ko'p ketadi. Uni ustiga o'zimga ozgina kiyim-kechak deganday, olmoqchiydim. Agar bug'doyni sotsam bo'lmaydi. Damamdan so'ray desam? Yo'q bo'lmaydi. Shu o'ylar bilan ertasiga ertalab, azon soat to'rtlarda turdimda velisopedimni minib, qo'shni Qirg'iziston Respublikasiga ish qidirib o'tdim. Niyatim mardikorlik qilib ozroq pul topish edi. Uyimiz o'zi chegaraga uncha uzoqmas, rosa borsa yarim soatlik yo'l. Ikkala chegaradan ham o'tib, sekin temir yo'lga bordim. Poyezd kam yurgani sababli, ish qidirib kelgan odamlar shu yerga to'planadi. Hozir ham erta sahar bo'lmaganiga ham qaramay odamlar gavjum. Biri kechagi «xozayinini» kutadi, biri yangi ish kutadi. Ko'pchiliklari guruh-guruh bo'lib olishgan. Ba'zan ishchi qidirib kelganlar «optom» odam oladi. Mening sherigim ham yo'q. O'zi birinchi ishga chiqishim. Sal yotsirabroq turibman. Lekin o'rtoqlarim bilan mol boqqani, qirg'iz qizlar bilan tanishgani, bekorchilikda aylangani borardik. Bir payt bir qirg'iz oldimga kelib, (sal-pal o'zbekchani bilarkan) - Ey sort ne ish qilasen, deb so'radi. - Ha endi nima ishingiz bo'lsa ham qilaveraman dedim unga qarab. - Jahsi, Jur men minan. Daraxt buteysin. Men indamay unga ergashdim. Velisopedimni mashinasining orqasiga yukladimda, u bilan jo'nab ketdim. Biz katta trassa bo'ylab ketardik. Ancha yo'l yurdik. Mashina bir shipon yo'lga burildi. Iya, bu yer axir Sharqiratma-ku. Naxotki shunday bo'lsa. Lotok kanaldan o'tsam No'mon akaning bog'i. Orani bitta kanal bo'lib turadi. Yaxshi bo'ldi, kanaldan osongina o'tib uyga ketaveraman. U yergacha yarim soatlik yo'l. Shipon yo'lida yigirma yettita tut savlat to'kib turardi. Menimcha shularni butasam kerak. Yo'lni yarmiga kelganda to'xtadik. Qirg'iz menga qarab, - tush dedi. Men mashinadan tushib, velisopedimni oldim. U yana mashinadan bitta bolta, arra va qayroq tosh oldi. Menga berib, o'zi dedi: - San shu tutlardi butaysan men sanga to'rt ming o'zbek pul beraman, kelishdikmi? - Mayli roziman faqat ozgina qo'shsa bo'lmasmikan? - Qancha? - Yana bir ming so'm bo'lsa bo'lardi. Negaki shuncha tutni bir kunda bo'lish osonmas. Uni ustiga butalganlarini tashish ham kerakdir? - San butab qo'yaver, qolgani minan ishing bo'lmasin. Mayli ming so'm qo'shib beraman. - Men kelishdik deb qo'l tashladim, u esa qo'lini cho'zmay qo'limni qaytardi. Indamay qo'yaverdim. U tushda kelishini aytib ketdi. Men esa ishni boshladim. Boltasi ham toshni suvday kesarkan. Ishimni ancha osonlashtirdi. Iloji boricha ertaroq tugatishga harakat qilardim. Soat birlar chamasida (Qirg'iziston vaqti bilan) yo'l o'rtasida bir Jiguli chunonam tormoz berdiki, asti qo'yaverasiz. Ishni tugatishimga oz qoluvdi. Atigi uchta tut daraxti. Qarasam haligi meni ishga olib kelgan qirg'iz. Yo'l o'rtasida alang jalang bo'lib kelayapti. Turishidan to'ygunicha ichganligi bilinib turardi. Meni yoniga chaqirdi. Men tushlik olib kelgan bo'lsa, ozroq tamaddi qilib olarman deb sekin oldiga bordim. Qornim ham ochib ketgandi. U menga qaradida, - O‘v sen kimsan? dedi. - A, aka siz meni ishga olgansiz, shu tutlarni butash kerak ekan. Ishni tugatsam, siz menga besh ming berishga kelishganmiz deb - yotig'i bilan sekin tushuntirdim. U menga qaradida, - O‘v agar men seni ishlatsam hohlaganimcha ishlataman. Masalan bo'yningdan bog'lab. U shunday deb mashinasidan arqon olib keldi va undan sirtmoq yasab meni bo'ynimga tashlamoqchi bo'ldi. Bir indamadim, ikki indamadim, qarasam meni mol qilib olmoqchi. Shart o'zimni qo'lga olib, bo'ynimdagi sirtmoqni chiqardimda, yelkasidan ushlab burniga qarata ikki-uch marta tizza berdim. Yotib qolgandan keyin rosa tepdim. Urishish tugul ovozi ham chiqmasdi. O'lar holatga keltirib kaltakladim. O'sha paytda eslasam umuman o'zimni yo'qotib qo'ygan ekanman. Asabim qo'zib ketdi. Nima men unga molmanmi? Bir payt qaydan bilmayman qo'limga tut butagan bolta tushib qolibdi. Shaytonim yelkamga minib «Chop uni chop» derdi. Shunda birdaniga qirg'iz aka-a-a - deb baqirib yuborsa bo'ladimi? Eh kallam qursin. O'tgan yili tog'am shularning dalasidan tarvuz olgandilar. Dadasi o'n migga tortishgandi o'shanda. Bular yetti aka-uka, bu iflos esa eng kenjasi. Shiponda uning dadasi va akalari borligini unutibman. Shoshganimcha velisopedimni minib, kanal tarafga qarab chopdim. Avvallari velosipedimni umuman zanjiri tashlamasdi. O'chakishib zanjir tashlab yubordi. Shoshganimcha uni to'g'irlab qochdim. Oldin lotok kanaldan uncha yaxshi o'tolmasdim. Shu sababli o'rtoqlarim orasida «qo'rqoq» degan nomim bor edi. Xudoning qudrati bilan u yerdan qanday o'tib olganimni ham bilmayman. Yana velosiped bilan. Bog' ichidan chiqib oldim. Ollohga shukur omon qoldim. E puli ham qursin. Shu-shu Qirg'izistonga o'tmay qo'ydim. Bolta ham qo'limda qolib ketgan ekan. Bilmayman qachon qo'limga tushib qoldi ekan? U menga o'sha ma'shum kunni eslatib turadi.

Nuriddin O'ktam.


Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 05:52:30

Bu voqeaga esa сzim shohid bсlganman. Kattagina xonada ilm ahllari ishtirokida majlis bсlayotgan edi. Shu payt yigirma bnsh yoshlar chamasidagi, zamonaviy kiyingan, boshyalang bir yigitcha salom berib kirib keldi. Uni taniganlardan ikki-uch olim сrnidan turib, yigitchani tсrga taklif etdi. U rozilik bermay quyiga chсkdi. Ammo tсrdagilar bunga rozi bсlmay yonlariga chorlayverishdi. Shunda u noiloj olimlar yonidan joy oldi. Bu voqeani kuzatib сtirgan yonimdagi bir basavlat dimog'dor amaki sekingina tсng'illab qсydi: «Bu tirmizakka shuncha hurmat nechun? Buning ustiga, shundoq ma'rakaga boshyalang kelgani-chi! Yana izzattalabligiga сlaymi?!» Yigitchani tanimaganim uchun biror e'tiroz bildirolmadim. Majlis tugab, ma'rakaning ulug'laridan biri «Qani, falonchi qori, bir tilovat qilib bering», deb qoldi. Yigitcha chсkka tushganicha, kсzlarini yumgan kсyi Qur'oni karim oyatlarini shunday bir muhabbat bilan, tajvidga rioya qilgan holda ajib bir savt ila сqib berdiki, сtirganlardan ikki-uch kishi chidayolmay baralla «Allohu akbar» deya xitob qilib yuborishdi. Fotihadan sсng qori yigitning, ota-onasi va ustozlarining haqqiga duo qilindi. Boyadan beri yigitchaning tashqi qiyofasidanu unga odamlarning muomalasidan ensasi qotib сtirgan yonimdagi badqovoq kishining nafasi ichiga tushib ketdi"¦

Qayd etilgan


Muhammad Amin  14 Sentyabr 2009, 05:53:22

Har kuni bir kishi dсkondan uchta non olar ekan. Buni kсrgan sotuvchi xayron bсlar ekan.Kunlardan bir kun sotuvchi:
- Nega siz doim uchta non olasiz, deb sсrabdi.
Shunda haligi kishi:
- Bittasini qarzimga beraman, bittasini qarzga beraman,bittasini esa сzim ayolim bilan eyman debdi.
Shunda haligi sotuvchi:
- Qarzimga va qarzga deganingizda kimni nazarda tutyapsiz?- dedi.
Kishi:
-Qarzimga deganda ota-onamni, qarzga deganimda bolalarimni nazarda tutgan edim, - debdi.

Qayd etilgan


Shoxjahon12  14 Sentyabr 2009, 11:58:50

O'tgan hafta yo'l bo'yida sigaret chekib o'tirgan hijoblik ayolni ko'rib hayratdan yoqa ushlab qolgan edim. Bir rahmim keldi, bir jahlim chiqdi, bir kulgum keldi...

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 13:34:29

Shoxjahon, unda siz Turkiyadagi bazi hijoblarni hech ko'rmang ekan:((( İslom dinini ataylab yomon ko'rsatish uchun yo'lga chiqqan bu qizlar:(



Tasatturni asil maqsadi, ayol kishini ko'zga tashlanadigan yerlarini berkitish. Bular esa oddiy ochiq ayollardan ham badtar diqqat tortmayabdimi sizningcha??

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 14:30:06

Yuqoridagi ayollar haqida

HAYOGA SİG'MAGAN AYOLLAR,,,, degim keldi!

Qayd etilgan


siddiqa  14 Sentyabr 2009, 15:00:05

yana bitta gap: qiz farzand ko'rsangiz (inshallah) qanaqa ism qo'ymoqchisiz? :)

(hech topolmay yuribman ism) :)

menga judayam Osiyo & siddiqa ismlari yoqadi ,Osiyo onamiz hayotlaridan tasirlanganman ,va bir qizchani ko'rib havasim kelgan mashaalloh diganman ko'zlaridan .

Qayd etilgan


Ansora  14 Sentyabr 2009, 15:05:09

Men Osiyo deb qo'yaman, desam Vatanini sog'inibdi-daaa deb o'ylashadi, aniq:)

Qayd etilgan


siddiqa  15 Sentyabr 2009, 04:11:20

ikkita yosh ko'ngil berib turmush qurishdi........
boshida hammasi yahshi edi ,keyin kichik muommolar bo'ldiyu,hamma tuyg'ular uchib ketdi ........janjallashishlar ko'paydi ,ular ohiri bunday yashab bo'lmasligi haqida bu ishni bir yoqli qilish kerakligi o'ylashdi lekin ajralgilari kelmasdi ,
bek o'z begoyimiga shunday dedi kel shu bog'chamizga bir ko'chat o'tkazamiz ,keyin unga 1 oylar qaraymiz keyin agar ko'chat nobud bo'lsa ajralamiz dedi ,ular niholni ekishdi va alohida yashashdi ,bir kun kechasi bek va begoyim bir birlariga sezdirmay bog'chaga chiqishdi
ikkisining qo'llarida ham suv  bor edi .

Qayd etilgan