Marg'ilon esdaliklaridan
Xozirgina AbdulAziz akani uylaridan keldim. Eh, Orif aka, bekor kelmadizda... Marg'iloncha oshni mazasini bir tatib ko'rsangiz, bu yerdan ketgingiz kelmay qolardi...
"Ayamning gullari" turkumidagi gullarni o'z ko'zim bilan ko'rdim... Abdullohga alam qilsin...
AbdulAziz akaning padari buzrukvorlari bilan ancha suhbatlashdik... Yuksak ilmli, sermulohazali, dunyoqarashi keng inson ekanlar. Suhbatlarini olib mazza qildim... Omon bo'lsinlar ilohim...
Ha, aytgancha, bir yaxshi xushhabarni aytib qo'yay (bu to'y haqidagi gap emas, to'y nasib qilsa, kelasi yil yozlarda ekan). "Jannat Makon" jurnalining oktabr oyidagi sonida AbdulAziz aka bilan 2 sahifali ajoyib intervyu chop etilibdi. Ko'rib ko'zim quvondi.
www.ziyouz.com marifiy portalining asoschisi sifatida olingan ushbu intervyu juda zo'r chiqibdi. Olib o'qishni unutmanga yana!!!
Marg'ilon, 31 oktabr.