Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750700 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 59 60 61 62 63 64 65 66 67 68 69 ... 155 B


Munavvara  07 Noyabr 2009, 20:12:20

 :as:

Voy Siddiqa opa javobniyam boplabsizku  :D :D :D :D :D

Mani katta opamlar ham toshmida o'qidilar judayam ko'p
kulgili voqealarni aytibberardila. Bir kuni Gulrux ismli kursdoshlari
 (o'sha paytda nechinchi kurs bo'lganlari esimda yo'q) kasallarni
ko'rib bo'lib domlalariga qanday tashxis qo'ygani unga qanaqa
simptom qo'yganini meditsina tilida aytib berishi k-k bo'lgan.
Domlalari so'rasa ho'sh bemorga qanaqa tashxis qo'ydiz unda
qanaqa jarayonla kechvotti desa: domla bemorni qulog'ida huddi
shar-sharadan suv oqib tushvotgande bo'larkan yana ba'zi hollarda
poyezd yurib ketgande bo'larkan desa domlalariyam judaaa hazilkash
ekanlar qani hamma daftarini ochib yozsin Gulrux simptomi yangi simptom:
Shar-sharadan suv oqib tushganday deb yozinglar daftarilaga degan ekan  :D :D :D :D

Qayd etilgan


Munavvara  07 Noyabr 2009, 20:33:43


sizam duxtirmisiz deyman...yozuvizzi tushunib bumayapti...:)

, . ! "..." ?

degan dorilar ham bor dunyoda, Ukolxon :)


InshaAlloh do'xtir bo'lish niyatidaman :)

Qayd etilgan


registan  07 Noyabr 2009, 20:58:05

Man juda qiziquvchan odamman. Hamma narsaga qiziqaman. Juda ko'p savol beraman. "Nega suv ho'l? Nega quyosh charaqlaydi? Nega yomg'ir yog'adi? Nimaga sirdaryo orolga borib quyiladi, kaspiyga emas?" shu va shunga o'xshash savollar bilan odamlarni boshini qotiraman. Lekin mana bu savolni eshitib qotib qoldim. "Qaerda haj qildingiz?"  :D

P.S. Hozirgina bir radiodan eshitib qoldim.

Qayd etilgan


Arbuzchi  07 Noyabr 2009, 21:16:10


formadasiz okam butta biz aqlli bola bo'lib yuraiz,hamma sho'xligimizni arbuzga borib qilardik...siz qayerda bo'sayizam--O'shasiz-ey... :)

okam u kishini tanimiyman,lekin Uzbda bo'lmasala kerak.
Domlalaga o'xshab gap qisam bo'ladiyu, lekin nima kereyi bor. Shuuncha domlala orasida bizani domlaliyimiz unaqa o'tmiydi.... :D
Shunchunam ultra layt domla bo'p yurippiz... :1

Qayd etilgan


Mas'ud  08 Noyabr 2009, 06:20:12

tugallanmagan she'rimning oxirgi to'rt qatori



Qani rayhoningiz qulog'ingizda,
O'zbegim qizlari qayerdasizlar?
Tushdingizmi yoki zamon izidan,
Atlas jilosini unutgan qizlar...



Qayd etilgan


Mahdiyah  08 Noyabr 2009, 06:51:30

tugallanmagan she'rimning oxirgi to'rt qatori



Qani rayhoningiz qulog'ingizda,
O'zbegim qizlari qayerdasizlar?
Tushdingizmi yoki zamon izidan,
Atlas jilosini unutgan qizlar...




Atlasniku unitibdi bu qilzar,
Lekin kelinchakda bor hanuz atlas-adraslar,
Ammo to'nini ham, yaktagu-do'ppisin...
Xanuz topolmaaybdiku Yigitlar?!


Qale?  :D Ja zo'r tushmasayam gap tagida gap borda

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Noyabr 2009, 13:40:21

Qor - poklik belgisi, deydi azaldan,
Balki oppoqligi uchundir rangi.
Yo'q aslo, qor yog'sa yayraydi dillar,
Yuvilar ko'ngilning g'ubori, changi... (X.X.)

Bugun qor yog'di. Kam bo'lsa ham, nomiga bo'lsa ham, baribir yog'di... Qorni juda yoqtiraman-da. Mazza qilaman. Qorbo'ron o'ynash, chana uchish, qorbobo yasash, muzlarda sirpanish... Ex, beg'ubor yoshligimni sog'indim...

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Noyabr 2009, 13:52:19

Rasmini qo'yolmadim nimagaduram :( upload papkasi to'lgan divotti,nima degani u?

Menimcha ZiyoUz hostingidagi traffigi to'lib qolgan. O'zi necha megabayt ekan-a joyi?

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Noyabr 2009, 13:56:58

Birinchi sinfda bitta bola rosa hunuk yozarkan. O'qituvchisi urushib, "Bunaqa hunuk yozuving bilan, kelajakda kim bo'lasan-a?" desa, haligi bola "Men SHIFOKOR bo'laman" degan ekan.

Kecha yurtimizda "Tibbiyot hodimlari kuni" edi. Barcha tibbiyot hodimlarimizni, shuningdek forumimizning shifokorlarini ushbu kasb bayramlari bilan chin qalbimdan tabriklayman... Kelajakda yurtimizga va jahonga mashhur shifokor bo'lishlarini niyat qilaman. Ilohim, O'zbekistonda birinchilardan bo'lib Tibbiyot yo'nalishi bo'yicha Nobel mukofotini olishsin... Bayramingiz muborak!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  09 Noyabr 2009, 14:30:52

Iqtibos
Qani rayhoningiz qulog'ingizda,
O'zbegim qizlari qayerdasizlar?
Tushdingizmi yoki zamon izidan,
Atlas jilosini unutgan qizlar...

Qani o'smalar payvasta qoshlarda
Ro'mollar ko'rinmas yalang boshlarda
Farg'ona,Buxoro,Qarshi, Shoshlarda
Atlas jilosini unutgan qizlar....

Qani endi o’sha qo’lda xinalar,
Laklaringiz hidi dilni xiralar,
Sizga ta’zim qilgan xonlar, to’ralar,
Atlas jilosini unutgan qizlar....


(davomi bor)

Qayd etilgan