Qor - poklik belgisi, deydi azaldan,
Balki oppoqligi uchundir rangi.
Yo'q aslo, qor yog'sa yayraydi dillar,
Yuvilar ko'ngilning g'ubori, changi... (X.X.)
Bugun qor yog'di. Kam bo'lsa ham, nomiga bo'lsa ham, baribir yog'di... Qorni juda yoqtiraman-da. Mazza qilaman. Qorbo'ron o'ynash, chana uchish, qorbobo yasash, muzlarda sirpanish... Ex, beg'ubor yoshligimni sog'indim...