DONISHMANDLIK YUQUMLI BO`LGANIDA CHEHMIKKA YAQIN YURARDIM (БУ А ОСТ ГАЛ).
O'zingizdagini unga yuqtirish uchun bo'lsa, unda bu ishingizni qo'llab quvvatlayman. Aksincha bo'lsa...
Professor, 2010 yilning eng yaxshi siyosatchisi degan unvonni oldiz yaqinda. shunga sizga savol boridi.
Kuchli siyosatchi degan iborani eshitib qolaman gohida. Kuchli siyosatchi darajasiga yetish un o'sha odamda qanday bilimlar bo'lish kere. yo'ki bu odamdagi qobiliyatga ham bog'liqmi. va yana bir savol: hozirgi paytda kuchli siyosatchilar, siyosatdonlar kimlar hisoblanadi?
savolni noto'g'ri bergan bo'lsam, uzr.
Kuchli siyosatchi - bu kuchli shaxmatchi. U o'yin strategiyasini yaxshi bilishi kerak. Qaysi tomondan hujum bo'layotgani, qaysi tomondan hujum qilish mumkinligi, qacon rokirovka qilish kerak, qachon otni, qachon filni, qachon farzinni ishlatish kerak (piyodalar har doim ishlaydi), raqib yurishidan ko'zlagan maqsadi nima, u nimani mo'ljallayapti degan savollarga aniq javobi bo'lishi kerak. Shuningdek, u gambitdan ham unumli foydalanishni bilishi kerak.
Shuningdek, u nafaqat o'zining doskasidagi, balki qo'shni doskadagi o'yinlar natijasini ham kuzatib borishi darkor...
O'z yurishlarini yozib borishi kerak...
Yurish vaqtida soatni bosib qo'yishni, ya'ni vaqtni hisobga olishni unutmasligi lozim.
U oq va qora donalarni tanlamasligi kerak.
Kuchli siyosatchi - kuchli bashoratchi. U voqealar rivojini oldindan ko'ra bilishi kerak. Hatto o'z o'limini ham ayta olishi lozim.
Kuchli siyosatchi - kuchli notiq. U tinglovchilarga qorani ham oq deb ishontira olishi darkor. Ammo notiqlardan farqli o'laroq, u qorani oq deb ishontirishidan maqsad, vaqtdan yutish bo'lishi kerak. Ya'ni toki odamlar bor haqiqatni bilgunlarigacha qorani oqqa almashtirishi, hech bo'lmaganda oqqa bo'yab qo'yishi kerak.
Kuchli siyosatchi - ....