Xayolga Sig'magan Xayollar...  ( 750495 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 102 103 104 105 106 107 108 109 110 111 112 ... 155 B


Мuslim  06 Yanvar 2011, 14:13:44

Hamon - haligacha, hozirgacha, hozir ham,
mudom - hozir ham, bundan keyin ham...
Bu mani shaxsix fikrim

Umumiysi  butun umrim....

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  06 Yanvar 2011, 18:37:50

 :bsm:

Manimcha , mudom - har doim, hamisha,
                hamon - haliyam, hozir ham.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  07 Yanvar 2011, 19:00:39

 :bsm:

Bir kishi boshqa bir kishiga, - Nimaga buncha ko'p ovqat yeysan. - debdi. Bunga javoban savolga tutilgan odam shunday savol beribdi. - Qancha ko'p? Shuni sen ko'p ovqat deb o'ylayapsanmi? Shunda savol bergan kishi shunday debdi. - Agar men shuncha ovqat yesam o'lib qolaman. Savolga tutilgan odam yana savol beribdi. - Qanchgasini yeya olasan? Savol bergan odam javob beribdi. - Yarmini ham yeya olmasam kerak. Shunda savolga tutilgan odam shunday debdi. - Agar men sen aytgancha ovqat yesam o'lib qolaman.

Qayd etilgan


UzMuslim  27 Yanvar 2011, 20:46:25

:bsm:
Qo’qonliklar Asli Kimlar?
:as: Qadrli Forumdosh Do’stu Brodarlarim,Opa Singillarim,Mana Ancha Kunlik Tanaffusdan Keyin Man Yana Forumga Kirib Turibman.Allohga SHukur Ancha Og’ir kunlar ortda qoldi..
Bilaslarmi Man Birinchi Martda Bunaqa Post qoldiryapman,Sabab Bolnitsada Yotib O’ylab O’yimga Yetolmadim Aynan Shu Mavzuda"¦
Qo’qonliklar Asli Kimlar?....
Bilsez Qo’qonliklar Haqida Hamma Joyda Har hil Gap yurarkan"¦To’grisi Bazida Eshitib Yosh Bolalarni Gapi Deb O’ylaymiz Lekin Ba’zi Yoshi Katta O’qimishli,Ziyoli Oilalar ham Bundey Safsatalarga Ishonishi Odamni ranjitadi"¦
Emushki Qo’qonliklar Bir necha martda Oila Qurishar ekan,Emushki Qo’qonliklar Vaxshi Odamlar ekan,Ularda rahm Shavqat degan Tushuncha Yo’g ekan"¦.
Mana Shu Yerda Bitta Savol KeliB Chiqadi,..Hammasimi?
Masalan:Bir Qiz Bir Yigitni Yoqtirishini Uydagilari aytib Sovchi Qo’ymoqchiligini aytadi,Uydagilari Kesin Ota —onasi Gaplashib Ko’ramiz LekiN Bola O’zi qatdan Ekan desa,U Bola Qo’qonlik deyishi Bilan o’sha Ota Ona O’zgarib Qoladi,Va  Aytib Qo’yigin Sovchi Bo’b Kemey qo’yovrsin Baribr Bermeymiz Qizimisiz Qo’qonga  deyishar ekan,"¦Balki O’sha Bola Qashqadaryo Yoki Surxondaryodan Bo’ganda O’ylab Ko’risharmidi"¦
Balki Gap Vodiydadur?
NIma ekan Bola Oyisini Sovchilikga jo’natibdi,Oyisi O’sha qiznikiga Borib surushtiribdi U Qiz Ham Vodiylik Ekan,Shu zahotiyoq Ona O’z Fikridan Qaytib qobdi,Chunki U Qiz Ham Asli Farg’ona Viloyatidan Ekan,Ularni Oilasi To’gri kemas ekan.Agar O’sha Qiz Qashqadryodan Yoki Surxondaryodan Bo’ganda Balki O’ylab Ko’rilarmidi?!!!
Nima Vodiyliklarni Aqili Bo’masmikin?Yo Ular O’ylagandek Hammasi  Vahobiy,Terrorist,Hotinboz yoki Vaxshiymikin?
Masalan Man Eshitganim  Qashqadaryoni To’ylarida Kosa Kosa Aroqlarni Ichishadi Lekin Hammasini Alkash demaymizku,Hamma Odam Mana Shundey To’y qiladi Deyilmaydiku..Hamma Joyda O’ziga Yarasha Insonlar bor,O’zlari Yana Aytishadi Besh Qo’l Baravar emas deb Lekin NIma Uchun Qo’qonliklarni Besh qo’lini Barovar qilib Qo’yishadi..?

Avvalo Misloni noto’gri Keltirgan Bo’sa Sizlardan UZur So’reyman,Bu Bilan brovni shaxsiyatiga Yoki nafsoniyatiga Tegmoqchi emasman,Birinchi Martda Bunaqa Uzun Post Yozishim,Balki Aqlsiz Qoldirilgan Postdir Lekin Odamga Alam Qiladi NIma Sabab Qo’qonliklar Yomon?NIma UChuN Ular U Manga Arziydi Bu Arziymeydi,U Tengim Bu Tengimmas Demasdan yomonga Aylanib Qoladi?Nima Uchun?
Aslida esa Umrim Davomida Va Yashagan Joylarimdan kelib Chiqib Shunjni Bemalol ayta Olaman Qo’qondek Mehmon-Do’st,Shirin so’z,Ochiq Ko’ngil insonlar Boshqa yerda juda ham Kam Topiladi..
Mani Oylar davomida O’ylantirib Kelgan Narsa Aynan Shu Edi"¦.


Mani Xayolimga Sig’magan Xayollar"¦[/b]

Qayd etilgan


Lobar AZIZ  03 Fevral 2011, 12:20:52

-   Men sendan kuchliman!- xiringlabdi Nafrat Muhabbatga qarab,- Bir qadam bossang bas, oyoqlarim ostida yanchilib ketasan.
-   Bekorlarni aytibsan! Meni Ishonch himoya qiladi!- boshini mag`rur tutib gapiribdi Muhabbat.
-   Mening ukam Gumon Ishonchingdan hamisha ustun kelgan.
-   Vafo bilan Sadoqat Gumoningni bir zumda yo`qqa chiqaradi!
-   Rashk Gumonga qalqon bo`ladi.
-   Mehr Gumonni vayron qiladi!
-   Yolg`on Qahrni yetaklab keladi!
-   Men bor joyda yolg`on bo`lmaydi!- Muhabbat hamishagidek Nafratdan ustun kelmoqchi bo`libdi.
Biroq zamon o`zgargan, fasllar, kuchlar alishgandi"¦
Oshiqlar bir-biriga ishonchini yo`qotgan, rashk gumonga yetaklar, gumon mehrni yo`qqa chiqarar, qahr ayriliqni yetaklab kelib, muhabbatni xiyonatga sotib yuborar edi"¦
Zamon o`zgargan edi"¦
Ko`ngil bermoqdan maqsad-yetishmoqqa, sevmoqdan niyat visolga qorishib ketgandi.
Biror nafni ko`zlamay turib sevgidan so`z ochmoq tentaklarga hos bo`lib qolgandi.
"œSevaman!" deb aytish- nafas olishdek oson edi"¦
Yolg`on rostga aylangan, rost-yolg`ondek eshitilardi"¦
Muhabbat bilan Nafs-ma’nodosh so`zlarga aylanib ketgandi"¦
Zamon o`zgargan, fasllar, kuchlar alishgandi"¦


Qayd etilgan


azizbek_mx  03 Fevral 2011, 18:24:40

Fasllar o'zgargan... Kuchlar alishgan...
Muhabbat va Nafs ma'nodosh...

Demak bu zamon hali to'laligicha kelmagan deb o'ylayman!

Lekin inkor ham qilolmayman... Buning ortida nima turganini ko'ryapmiy, lekin boshida nimaligin tan olgimiz kelmaydi: sharqona tabiatdan voz kechib g'arbga taqlid qilyapmiz...
G'arb ham aslida bunchalikka bormas, lekin biz qarshimizdagi imkoniyatlardan noto'g'ri foydalanishimz oqibatida o'zimizga qora surtyapmiz...

Men hammasiga sovet davri, sovet odamlari aybdor deb bilaman, o'sha sobiq ittifoq turkistonni parchalab, bir biriga yov qilib yubordi. Shirkka boshlovchi bid'atlarni o'rgatdi. ...

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  04 Fevral 2011, 02:01:32

 :bsm:

Men bir hamkasbimga bir kilo mandarin sotib olib kelishini iltimos qildim. Chunki u atay magazinga chiqayotgan edi. U mandarinni olib keldi, man unga pulini berdim, va hamkasblarimni mandaringa taklif etdim. Bir hamkasbimiz kechroq kelgani uchun, unga boshqa bir hamkasbimiz mandarindan bir bulagini uzatdi. U bunga javoban, kim olib keldi? - dedi. Unga mandarin uzatgan odam, men oldirib kelganimni, falonchi olib kelganini aytdi. Mandarinni qulga olgan kishi avval unga uzatgan kishiga, keyin menga rahmat aytdi. Men tilimda marhamat dedimu, dilimda avval Xudoga shukr deganingda, meni xursand qilgan,menga ming marta rahmat aytganday bular eding dedim. Bunaqa holatlar hayotimda kup marta bulgan, ammo eng qizig'i mana shu safar yuqorida fikr xayolimga kelib qoldi. Uylab qoldim,  nega hech ilgarilari bu haqda uylab kurmagan ekanman. Demak avvaliga bu fikr xayolimga sig'magan,...

Qayd etilgan


muxlisa  06 Fevral 2011, 17:09:37


1.Afrikalik qizlar qora otda keladurg'on qora shahzodani kutisharmush.....



haa, bu afrikali qizla nimalarni orzu qilishmaydi deysiz..

1 oy bo'lishiga 1 kun qolgandiku,chidomadizmi?

Qayd etilgan


BelleQizcha  06 Fevral 2011, 19:42:38

haa chehmik o'zi shundan qo'rqardi.. muxlisa qiz... shu forumda yashirincha devorlardan mo'ltillab qachon bir oy boladi.. bir oy bolmasdan kirvosan porumdagilar gapida turmiydigan yigitakan dib uyalib.. 29 kun bechara hasratda yashadi ohiridiyam qovn tushirib qoyibsiz chehmik..
bitta maqol-de..
Qiriqiga chidagan qirq birigayam chideyde..
qarshicha gapirmasdan undan ko'ra bir kun so'zi ustida tursez yaxshi-roq edi-da
///
senkyu
Gapi lo'ndasi: SHARMANDA!

Qayd etilgan


Abdulhafiz  06 Fevral 2011, 20:18:05

BelleQizcha xapa bo'mangu bu gaplarni qanday kayfiyatda yozgansiz bilmadim, lekin (agar hazil bo'sayam)juda qo'pol yozilipti...

Qayd etilgan