- Albatta, - davom etdi shifokor, - bu haqda batafsil ma’lumotlarni hech kimga oshkor etmaymiz. Qancha kam odam bilsa, shuncha yaxshi.
Torn unga tikildi va shifokor uning bu haqda hech narsa bilmasligini tushundi.
- Bilasizmi, u o’zini tashlab yuborgan, - dedi u.
- ... Tashlab yuborgan?
- Uchinchi qavatdan. Bolasi va enaganing ko’z oldida.
Torn unga telbalarcha qarab turdi va devorga o’girildi. Uning yelkalari silkinardi va shifokor Tornning yiyolayotganini bildi.
- Bunday balandlikdan yiqilganda, - qo’shib qo’ydi shifokor, - odatda bosh qattiq jarohatlanadi. Qaysidir ma’noda uning omadi kelgan.
Torn ko’z yoshlarini tiyishga urinarkan, bosh silkidi.
- Umuman, uning omadi kelgan, - dedi shifokor. - U tirik, to’yori davolansa bunday hol boshqa takrorlanmaydi. Akamning xotini ham o’z joniga qasd qilishga moyil edi. Bir kuni u vannaga suv to’ldirib, unga elektr suv qaynatgichni solgan. U shu tarzda o’zini-o’zi o’ldirishga uringan.
Torn shifokorga o’girildi.
- U tirik qoldi va boshqa bunday ish qilmadi. To’rt yildirki, uning soyoligi joyida.
- U qaerda? - so’radi Torn.
- Shveytsariyada yashaydi.
- Xotinimni so’rayapman!
- 44-palatada. Tez orada o’ziga kelib qoladi.