Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92913 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 7 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 ... 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:33:52

- Brendi ichasizmi? - taklif qildi Jennings.
- Mayli.
Jennings oshxonaga chiqib ketdi va Torn xonaga razm soldi. Xona devori fotosuratga to’lib ketgandi.
- Mana, - dedi Jennings qo’lida shisha va stakan ko’targanicha, - ozgina tomoq ho’llab olganingizdan keyin gaplashamiz.
- Chekasizmi? - so’radi Jennings.
Torn inkor ma’nosida bosh chayqadi, u mezbonning ma’nosiz ohangda gapirishidan ijirg’anardi.
- Siz nimadir yuz berayotganini aytgandingiz.
- Ha.
- Nimani nazarda tutganingizni bilmoqchi edim.
Jennings Tornga taajjub bilan tikildi.
- Hali ham tushunmadingizmi?
- Yo’q.
- Unda nima uchun bu yerga keldingiz?
- O’zingiz chaqirdingiz-ku.
Jennings bosh silkidi.
- Men sizga bir narsani ko’rsatmoqchiman.
- Nimani?
- Fotosuratlarni. - U o’rnidan turib, nimqorong’i xona tomon yo’l oldi va Tornni ortidan yurishga imladi. - Siz avval men bilan yaqinroqdan tanisharsiz, deb o’ylovdim.
- Juda charchadim.
- Bo’pti, hozir o’zingizga kelib qolasiz.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:34:08

U kichikroq chiroqni yoqdi. Torn Jenningsning yoniga o’tirdi.
- Tanidingizmi?
Bu Demenning tug’ilgan kunida olingan suratlar edi. Charxpalakda uchayotgan bolalar, ularni kuzatib turgan Katerina.
- Ha.
- Endi mana buni ko’ring.
Jennings Demenning birinchi enagasi Chessaning suratini ko’rsatdi. U yolg’iz o’zi masxaraboz kiyimida turardi.
- Birorta g’ayritabiiy narsani ko’ryapsizmi? - so’radi Jennings.
- Yo’q.
Jennings enaganing boshi va bo’yni atrofidagi oq doyolarni ko’rsatdi.
- Dastlab men buni fototasmaning nuqsoni deb o’ylovdim, - dedi Jennings. - Endi bunga qarang.
U Chessaning arqonda osilgan holatdagi suratini ko’rsatdi.
- Tushunmadim, - dedi Torn.
- Qarab turing.
Jennings boshqa suratlarni oldi. Eng tepada elchixonadan chiqib ketayotgan ruhoniy Tassonening surati turardi.
- Bunisiga nima deysiz?
Torn unga dahshat bilan tikildi.
- Buni qaerdan oldingiz?
- O’zim suratga tushirganman.
- Siz uni izlab yuribsiz deb o’ylagandim. U qarindoshingiz ekanligini aytgandingiz.
- Sizga yolg’on gapirgandim. Suratga qarang.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:34:23

Jennings ruhoniyning boshi ustidagi oq dog’ga ishora qildi.
- Mana bu dog’mi? - so’radi Torn.
- Ha. Endi mana bunisiga qarang. Bu birinchi suratdan o’n kun keyin olingan.
U boshqa suratni oldi. Bu bir guruh kishilarning surati edi. Tassonening yuzi ko’rinmas, ammo bosh ustida o’sha uzun chiziq bor edi.
- Menimcha, bu o’sha odam. Yuzi uncha yaxshi ko’zga tashlanmasada, uning ustidagi chiziq aniq ko’rinib turibdi.
Torn suratga uzoq tikildi, ammo hech nimani anglolmadi.
- Bu safar chiziq pastroqda, - davom etdi Jennings. - U ruhoniyning boshiga tegib turibdi.
Torn suratga jimgina tikildi. Jennings uning o’rniga gazetadan qirqib olingan ruhoniyning yerga mixlanib qolgan paytdagi suratini ko’rsatdi.
- Boyoliqlikni sezdingizmi? - so’radi Jennings. U Tornning hayajon to’la nigohini sezdi.
- Men ham buni tushunmagandim, - dedi Jennings. - Shuning uchun kavlay boshladim.
- Politsiyada tanishlarim bor. Ular menga ruhoniyning suratlarini berishdi. Patologoanatomning xulosasiga ko’ra, Tassone rak bo’lgan. U doim morfiy iste’mol qilgan.
Torn fotosuratlarga nazar tashladi. Suratlarda ruhoniyning yalang’och tanasi aks etgandi.
- Tashqi ko’rinishidan uning tanasi mutlaqo sog’lom va hech qanday g’ayritabiiy narsa yo’q, - davom etdi Jennings. - Faqat uning chap oyog’ida bir belgi bor.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:34:37

U Tornga kattalashtirib ko’rsatuvchi oyna berdi. Torn suratga diqqat bilan qaradi va qandaydir belgini ko’rdi.
- Nima bu? - so’radi Torn.
- Uchta olti. Olti yuz oltmish olti.
- Kontslagernikimi?
- Men ham shunday deb o’ylovdim, ammo tekshiruv bu belgi uning tanasiga singib ketganini ko’rsatdi. Kontslagerda bunday qilishmagan. Menimcha, buni o’zi qilgan. Mana bu suratga qarang. Mana u yashagan xona. Soxoda. Uning xonasi kalamushga to’lib ketgan ekan.
Torn suratga razm soldi. Kichkinagina xona, stol. Shkaf va karavot. Devorga qandaydir qog’ozlar yopishtirilgan, butun xonaga xochlar osib tashlangandi.
- Devordagi qog’ozlar - Injil sahifalari. Minglab sahifalar. Devorning birorta ham ochiq joyi qolmagan. Hatto derazalar ham.
Torn hayratda qolgandi.
- Xochlar ham. Birgina eshikning tepasiga qirq yettita xoch yopishtirgan.
- U jinni bo’lgan ekanmi? - so’radi Torn. Jennings unga qaradi.
- Siz bilasiz.
Jennings stol g’aladonidan jild oldi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:36:07

- Mana bu uning kundaligi. Unda ruhoniy to’yorisida emas, SIZ to’yoringizda, SIZning qaerga borishingiz, qaerda ovqatlanishingiz, ma’ruzalaringiz to’yorisida yozilgan...
- Ko’rsam bo’ladimi?
- Albatta.
Torn qaltiroq qo’llari bilan kundalikni varaqlay boshladi.
- Oxirgi qaydda siz u bilan Kyu-Gardenda uchrashishingiz lozimligi yozilgan, - davom etdi Jennings. - U aynan o’sha kuni o’lgan.
Torn boshini ko’tardi va Jenningsning nigohiga duch keldi.
- U telba edi, - dedi Torn.
- Nahotki?
Jenningsning ovozida tahdid ohangi bor edi.
- Sizga nima kerak?
- U bilan uchrashdingizmi?
- Y...yo’q.
- Menda bir gap bor, janob elchi, ammo to’yorisini aytmaguningizcha, bu sirni aytmayman.
- Bundan sizga nima foyda? - bo’g’iq ovozda so’radi Torn.
- Men sizning do’stingizman va sizga yordam bermoqchiman, - javob berdi Jennings.
Torn unga tikilib turaverdi.
- Eng asosiysi mana bu yerda, - dedi Jennings stolga ishora qilib. - Aytasizmi yoki ketaverasizmi?
Torn tishlarini g’ijirlatdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:36:24

- Nimani bilmoqchisiz?
- Parkda u bilan ko’rishdingizmi?
- Ha.
- U sizga nima dedi?
- U meni ogohlantirdi.
- Nimadan?
- U hayotim xavf ostida ekanligini aytdi.
- Qanday xavf?
- Unchalik tushunmadim.
- Meni ahmoq qilmang.
- Rost gapiryapman. U tushunarsiz ma’noda gapirdi.
Jennings Tornga ishonchsizlik bilan qaradi.
- Injildan parcha edi, - qo’shib qo’ydi Torn. - Qandaydir oyatlar. Uni aqldan ozgan kishi deb o’ylovdim. U aytgan oyatlarni eslay olmayman va ularni tushunmayman ham.
- Siz menga ishonishingiz kerak, - dedi Jennings.
- Menga bir narsani aytmoqchi edingiz.
- Avval menga hammasini gapirib bering.
- Boshqa aytadigan gapim yo’q.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:37:00

Jennings «shu ham yetadi» degandek bosh silkidi va g’aladondan bir parcha qog’oz oldi.
- Bu «Astrolodjers Montli» jurnalidan qirqib olingan. Bir astrologning g’alati hodisa haqidagi xabari. Kometa yorqin yulduzga aylanib qolgani haqida. Xuddi bundan ikki ming yil ilgari Betelgeyze yulduzi kabi.
Torn peshonasidagi terni artgancha xabarni o’qib chiqdi.
- Faqat BU hodisa BOShQA joyda yuz bergan, - so’zida davom etdi Jennings. - Yevropada. To’rt yil ilgari. Aniqrog’i, oltinchi iyunda. Bu sana sizga biror narsani eslatadimi?
- Ha, - xirilladi Torn.
- Unda ikkinchi xabarni o’qishingiz shart emas, - dedi Jennings Rimda chiqadigan yana bir gazetadan qirqib olingan parchani olarkan.
Torn uni darhol esladi. Katerina ham xuddi shunday parchani saqlardi.
- Bu farzandli bo’lganingiz haqidagi xabar. BU ham to’rt yil ilgari, oltinchi iyunda yuz bergan. Buni tasodif degan bo’lardim. Siz-chi?
Tornning qo’llari qaltirardi.
- O’yolingiz ertalab oltida tug’ilganmidi?
Torn unga tikildi. Uning ko’zlarida alam bor edi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:38:12

- Men ruhoniyning oyog’idagi belgi nimani anglatishini bilmoqchiman. Uchta olti. Menimcha, uning o’yolingiz bilan boyoliqligi bor. Oltinchi oy, oltinchi kun...
- MYeNING o’yolim O’LGAN! - qichqirdi Torn. - MYeNING o’yolim O’LGAN. Kimni tarbiyalayotganimni bilmayman.
U yuzini changalladi. Jennings undan ko’zini uzmasdi.
- Agar qarshi bo’lmasangiz, - dedi u xotirjamlik bilan, - buni aniqlashda sizga yordam beraman.
- Yo’q, - ingradi Torn. - Bu mening ishim.
- Adashdingiz, janob. Bu endi MYeNING ham ishim.
Torn unga o’girildi, ularning nigohlari to’qnashdi. Jennings qo’shni xonaga kirdi va qo’lida fotosurat bilan qaytib chiqdi. U suratni Tornga uzatdi.
- Ruhoniyning xonasi burchagida ko’zgu bor ekan, - dedi Jennings. - Suratga olayotganimda unda men ham aks etgan ekanman. Suratdagi g’alati doyoni payqadingizmi?
Torn suratda xona burchagiga o’rnatilgan uncha katta bo’lmagan ko’zguni ko’rdi. Ko’zguda Jenningsning fotoapparatini yuziga tutib turgani aks etgandi. Ammo unda nimadir yetishmasdi.
Jenningsning bo’yni yo’q edi.
Qandaydir dog’ uning boshini tanasidan ajratib turardi...

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:38:27

10

Katerina bilan yuz bergan noxush voqeadan so’ng Torn bir necha kun kelolmasligi uchun ishxonasidagilarga bahona topdi. U Rimga, travmotologning oldiga ketayotganligini aytdi. Aslida u bu yerga boshqa maqsadda bormoqchi edi. Jennings uni hamma narsani boshidan boshlash kerakligiga, ya’ni Demen dunyoga kelgan o’sha kasalxonaga borish kerakligiga ishontirgandi. Ana shu yerdan ular haqiqatni tiklashni boshlaydilar.
Hammasi tezlik bilan va shovqinsiz uyushtirildi. Torn omma e’tiborini tortmaslik uchun Londondan uchib ketgani shaxsiy samolyotga buyurtma berdi. Uchib ketgunlariga qadar Jennings tekshiruv uchun ba’zi narsalarni - Injilning bir necha xil nusxalarini, diniy bilimlarga oid kitoblarni ajratdi.
Torn Pirfordga borib narsalarini yig’ishtirdi va o’zini tanitmaslik maqsadida kiyib yurish uchun katta shlyapasini oldi. Pirfordga g’ayritabiiy sukunat cho’kkan, mashinalar xuddi endi boshqa minilmaydigandek holatda turardi. Gortonlar ko’rinishmasdi.
- Ular ketib qolishdi, - tushuntirdi Beylok xonim u oshxonaga kirganida.
Ayol xuddi Gorton xonim singari sabzavot to’yorab o’tirardi.
- Qanaqasiga? - so’radi Torn.
- Butunlay. Narsalarini yig’ishtirib, ketishdi. Ularga oxirgi oylik maoshini jo’natishingiz uchun yangi uylarining manzilini qoldirishdi.
Torn karaxt bo’lib qolgandi.
- Ular sababini aytishmadimi?
- Buning ahamiyati yo’q, janob. Hamma ishni o’zim uddalayman.
- Ular aytishlari kerak edi...

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:38:39

- Masalan menga, ular hech narsa deyishmadi. O’zi ular men bilan juda kam gaplashishardi. Janob Gorton ketamiz deb turib oldi. Gorton xonimning esa ketgisi yo’qqa o’xshadi.
Torn Beylok xonimga xavotir bilan qaradi. U Demenni bu ayol bilan qoldirishdan qo’rqardi. Ammo boshqa iloji ham yo’q edi. U zudlik bilan ketishi shart edi.
- Agar bir necha kunga boshqa joyga ketsam, yolg’iz o’zingiz qiynalib qolmaysizmi?
- O’ylaymanki, qiynalmayman. Oziq-ovqat bir necha haftaga yetadi, bolaga esa tinchlik kerak.
Torn bosh silkidi va chiqib ketmoqchi bo’lib o’girildi-yu, to’xtadi:
- Beylok xonim...
- Janob?
- Itni.
- Bilaman. Kech kirguncha u bu yerdan ketadi.
- U nega haligacha bu yerda?
- Biz uni o’rmonga tashlab kelgandik, ammo u qaytib keldi. It o’sha baxtsizlikdan keyin ko’chada yotgan ekan, o’yolingiz esa uni ichkariga olib kirishimni so’rab yolvordi. Bu sizga yoqmasligini Demenga aytgandim, ammo bunday vaziyatda o’ylovdimki...
- U bu yerda bo’lmasligini istayman.
- Bugunoq uni olib ketishlarini so’rab qo’ng’iroq qilaman.

Qayd etilgan