Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92879 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:55:38

Qabriston panjarasi ortida Torn elchixonadan jo’natgan ikki askar ichkariga kiritmayotgan muxbirlar to’planishgandi. Ular orasida Jennings ham bor edi. Suv o’tmaydigan plashga o’rangan Jennings daraxt ortida turar va marosimni fotoapparati yordamida kuzatardi. Bu apparat juda uzoqdagi narsani ham bemalol suratga olardi. Muxbir ob’ektivda hammaga bir-bir qarab chiqdi. Katerinaning yonida bolakay turardi.
Jenningsni aynan bola qiziqtirib qolgandi va kerakli paytni kuta boshladi. Kutilgan daqiqa yetib keldi. Demenning yuz ifodasi va ko’z qarashi xuddi nimadandir cho’chib ketgandek o’zgardi, ammo birpasda tinchlandi. Demenning ko’zlari qabriston burchagiga qadalgandi. Jennings fotoapparatini o’sha tomonga qaratdi, ammo qabr toshlaridan boshqa narsani ko’rmadi. Keyin esa nimadir qimirladi. Qandaydir qora narsa ko’zga tashlandi. Jennings apparat sezgirligini kuchaytirdi. Bu hayvon edi. Juda katta va qop-qora it. Uning pastki jag’i oldinga turtib chiqqan, tishlari ko’rinib turardi. Itni hech kim sezmadi. It jim turar, Jennings esa oq-qora tasvirli tasmani olgani uchun o’zini la’natlardi: itning sap-sariq ko’zlari dahshatli va sirli boqardi. Jennings itni suratga oldi, keyin esa ob’ektivni burib, bolani suratga oldi.
Bunday surat uchun butun kunni sarflasa ham arzirdi. Jennings o’z ishidan qoniqish hosil qildi.
It va bola uzoqdan kichkina bo’lib ko’rinishardi, ammo ularning so’zsiz suhbati g’ayritabiiy edi.
Ertasiga ertalab ikkita voqea yuz berdi: kuchli yomg’ir yog’di va irland millatiga mansub Beylok xonim kelib, o’zini yangi enaga deb tanishtirdi. Soqchi uni to’xtatib qolishga urindi, ammo Beylok xonim uni turtib o’tib ketdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:56:09

- Hozir sizlarga qiyinligini bilaman, - dedi u paltosini yecharkan, er-xotin Tornlarga, - shuning uchun qayg’ungiz haqida eslatib o’tirmayman. Ammo yosh qizni enagalikka yollagan odam g’alvani pulga sotib oladi.
Torn va Katerina og’izlarini ochganicha unga qarab turishardi.
- Yaxshi enagani qaydan bilish mumkinligini aytaymi? — Kuldi u. — Ko’kragining katta-kichikligidan. Bu kichkina qizlar har haftada almashishadi. Menga o’xshaganlar esa uzoq vaqt qolishadi. Gayd-parkka borsangiz, gapim rostligini ko’rasiz.
U birpas jim qoldi. Keyin chamadonini ko’tardi.
- Xo’p, yaxshi. Bola qani?
- Yuring, ko’rsataman, - dedi Katerina zinadan ko’tarilar ekan.
- Bizni yolg’iz qoldirasiz, xo’pmi? O’zimiz tanishib olamiz, - taklif qildi Beylok xonim.
- Demen notanish odamlardan uyaladi.
- Faqat mendan emas, ishonavering.
- Rostini aytyapman"¦
- Qo’ysangiz-chi. Urinib ko’raman.
U chiqib ketgach, Tornlar bir-biriga qarashdi.
- U menga yoqdi, - dedi Jeremi.
- Mengayam.
- Uni qaerdan topding?
- Qaerdan topdim? — so’radi Katerina.
- Ha.
- Uni men topganim yo’q. Uni sen topding deb o’ylabman.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:56:58

Torn yangi enagani chaqirdi:
- Beylok xonim!
U ikkinchi qavat maydonchasiga chiqib Tornlarga qaradi:
- Ha?
- Kechirasiz, bir narsani tushunmadik"¦
- Nimani?
- Bu yerga qanday kelib qoldingiz?
- Taksida.
- Yo’q, sizni bu yerga kim jo’natdi?
- Boshqarma.
- Boshqarma?
- Ular gazetadan enagasiz qolganingizni bilishib, boshqasini jo’natishdi. Ya’ni, meni.
Torn hozir Londonda ish topish qanchalik qiyinligini bilardi, shuning uchun u Beylokning so’zlariga ishondi.
- Ular juda ishbilarmon-da, - dedi Torn.
- Balki ularga qo’ng’iroq qilib so’rab ko’rsammikin? — taklif qildi Katerina.
- Albatta, - sovuq javob qildi ayol. — Men ko’chada kutib turaymi?
- Yo’q-yo’q"¦ - vaziyatni yumshatishga urindi Torn.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:57:19

- Men josusga o’xshaymanmi? — do’q qildi Beylok.
- Yo’q, - kuldi Torn.
- Balki, sumkamda magnitofon bordir. Meni tintuv qilishga buyruq berarsiz?
Ular kulishdi.
- Bo’pti, boravering, - dedi Torn. — Keyinroq surishtirib ko’rarmiz.
Katerina boshqarmaga qo’ng’iroq qildi. U yerdagilar Beylok xonim katta tajribaga ega ekanligini aytishdi. Faqatgina bir anglashilmovchilik bo’lib, qaydnomaga ko’ra Beylok Rimda ishlar ekan. Keyinroq uning hozirgi ish joyini qayd qilib qo’yishlarini aytishdi.
Katerina go’shakni ildi va eriga qaradi. Torn yelkasini qisdi, ammo vaziyat oydinlashganidan xotirjam edi.
Yuqoridagi xonada Beylok xonim uxlab yotgan bolakayga ancha vaqt qarab turdi. Bolakay uyg’onib ketdi va ularning ko’zlari to’qnashdi. U o’rnidan turib karavotga o’tirdi.
- Qo’rqma, oppog’im, - shivirladi yangi enaga. — Men seni himoya qilish uchun keldim.
Osmonda kutilmaganda chaqmoq chaqdi. Yomg’ir yanada kuchliroq yog’a boshladi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:57:30

4

Iyul oyiga kelib Angliyaning qishloq joylaridagi tabiat gullab-yashnadi. Uzoq davom etgan yomg’ir mavsumi Temzaning barcha irmoqlarini shunday to’ldirdiki, natijada irmoqlardan qonib suv ichgan barcha o’t-o’lanlar tirildi. Pirford yerlari ham bundan bebahra qolmagandi: hammayoq yam-yashil tus oldi, boyolar va o’rmon qalin o’t-o’lanlar bilan qoplandi. Yovvoyi quyonlarning bog’dagi lolalarni yeb ketishidan qo’rqqan Gorton ularga qopqon qo’ydi. Kechalari qopqonga tushgan quyonlarning ayanchli ovozlarini eshitish mumkin edi. Ammo tez orada bu barham topdi, bunga nafaqat Katerina chek qo’ydi, balki Gortonning o’zi ham o’rmonga kirib quyonlarning jasadlarini terib yurishdan zerikdi. Bundan tashqari u butalar ortida o’zini kimningdir nigohi ta’qib qilayotganini sezardi. U bu haqda xotiniga aytganda, xotini bu Genrix Vning arvohi deb kuldi. Ammo Gorton hazillashmayotgan edi va yangi enaga bolakayni tez-tez o’rmonga olib borayotganidan tashvishga tushdi. Gorton shuningdek, xotini Demenning kiyimlarini yuvayotganida uning kiyimidan tez-tez hayvon yungini topib olishini ham bilardi. Lekin u bu yunglar va o’rmonga borish orasida qanday boyoliqlik borligini topa olmadi. U buni ham Pirfordda kundan-kunga ko’payib borayotgan jumboqlardan biriga yo’yib qo’yaqoldi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:57:48

Katerina bora-bora farzandiga e’tibor bermaydigan bo’lib qoldi, uning o’rnini yangi enaga egallagandi. Bolakay ham uni yaxshi ko’rib qolgandi. Faqat bir narsa Katerinaning ko’nglini xijil qilardi: Demen onasidan ko’ra enagaga ko’proq boyolanib qolgandi. Buni barcha xizmatchilar sezishgan, ular onaga achinishardi. Ular Beylok xonimning bu yerdan ketishini istardilar. Ammo buning o’rniga uning bu yerdagi mavqei va xo’jayinlarga ta’siri kundan-kunga oshib borardi.
Katerina ham shuni his qilar, lekin hech narsani o’zgartirishga qurbi yetmasdi. U farzandini sevgan odamga rashk qilmaslikni istardi. U bir paytlar Demenning enagasi halok bo’lganligida o’zini aybdor his qilar va bunday hol yana takrorlanmasligini xohlardi. Ikkinchi haftaning oxirida Beylok xonim Demenning xonasi ro’parasidagi xonaga ko’chib o’tishni so’raganida Katerina rozi bo’ldi. Katerinaning o’zi uncha boy bo’lmagan xonadonda katta bo’lgan, uning yagona do’sti va himoyachisi esa faqatgina onasi edi. Lekin bu yerdagi hayot boshqacha edi. U ertalab xayriya tadbirlarida qatnashar, kunduzi esa siyosat haqida suhbatlar bo’ladigan tushliklarda ishtirok etardi. Eri uning bu ishini ma’qullardi. U aynan mana shunday xotini bo’lishini orzu qilgandi.
Tornning ishlari ko’payib ketgandi, u Londonga elchi bo’lib kelgandan buyon, neft importidagi asosiy shaxsga aylangandi. AQSh prezidenti uning neft korchalonlari bilan uchrashuvi samarali yakunlanishiga umid qilardi. Bir necha haftadan so’ng u Saudiya Arabistoniga uchishi kerak edi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:58:01

Tornning uyqusi kelmasdi. U balkonda o’tirgancha, oyni tomosha qilardi. U sokin o’rmonga qaradi. O’rmon xuddi uxlayotgandek edi.
Ammo o’rmon uxlamagandi va birdan Tornga xuddi kimdir qarab turganday tuyuldi. U durbin olib qaradi. Dastlab u zulmatdan boshqa narsani ko’rmadi. Keyin esa bir juft ko’zni ko’rdi! Bir-biriga yaqin joylashgan, sap-sariq ko’zlar unga qarab turardi. Torn titrab ketdi. Durbinni tushirib, ortiga tisarildi. U ko’rgan narsasidan ta’sirlanib xonada birpas turdi, keyin yalangoyoq pastga tushib, eshikni ochdi. Hammayoq jimjit, hattoki chigirtkalar ham xonish qilmayotgan edi. Torn oldinga bir qadam tashladi. So’ng to’xtab qoldi. Yonib turgan ko’zlar g’oyib bo’lgandi. U ortga burildi va qandaydir iliq va ho’l narsani bosib oldi. Tornning nafasi chiqmay qoldi. U pastga engashdi. Yerda endigina o’ldirilgan quyon yotardi. Uning boshi yo’q edi"¦
Ertasiga Torn erta turdi va Gortondan quyonlarga qopqon qo’ygan-qo’ymaganligini so’radi. Gorton unga rad javobini berdi va Tornni quyonning jasadi yotgan o’rmonga boshlab bordi. Jasadni pashsha talayotgandi. Gorton ularni kaltak bilan haydadi va jasadga engashdi.
- Nima deysiz? — so’radi Torn. — Bu yirtqichning ishimi?
- Tushunolmadim, janob. Bunga shubham bor.
U jasadni ko’rsatib, dedi:
- Odatda yirtqichlar qurbonining boshini ye m a y d i l a r. Bu quyon shunchaki ko’ngil yozish uchun o’ldirilgan.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:58:28

Torn Gortonga bu haqda hech kimga og’iz ochmaslikni aytdi. Ular oldinga yurishdi, birdan Gorton to’xtab qoldi.
- Menga bu o’rmon hech ham yoqmayapti, janob. Beylok xonim o’yolingizni bu yerga olib kelishi ham yoqmayapti.
- Unga endi bu yerga kelmasligini ayting, - dedi Torn. — Uyimizda ham qiziqarli narsalar ko’p.
Beylok xonim kechqurun Tornning xonasiga kirdi va xizmatkor orqali buyruq berishlaridan noroziligini bildirdi.
- Aytganingizni qilaman, - dedi u, - lekin menga bevosita xo’jayinning o’zi buyruq berishi kerak deb hisoblayman.
- Buning nima farqi bor? — dedi Torn. Uni ayolning ko’zlaridagi qahr-g’azab hayron qoldirdi.
- Nima, bu uyda xo’jayin yo’qmi, janob Torn?
U burilib chiqib ketdi, Torn esa ayol nimani nazarda tutganini tushunmadi. Agar u xizmatchilarni nazarda tutgan bo’lsa, ularga Katerina buyruq berardi. Balki Beylok xonim uyda hamma narsa joyida emasligini aytmoqchi bo’lgandir. Balki Katerina oshirib yuborayotgandir?..

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:58:43

Chelsidagi uch qavatli uydagi xonadonda yashovchi muxbir Gaber Jennings uxlay olmasdi. U butun devorga yopishtirib tashlangan Tornlarning fotosuratlariga tikilib turardi. Ko’mish marosimidagi suratlar: qabr toshlari orasidagi it va bola yirik planda edi. Bu yerda tug’ilgan kunda olingan suratlar ham bor edi: Katerina enagaga qarab turibdi, masharaboz kiyimidagi enaga esa yolg’iz o’zi. Oxirgi surat uni qiziqtirib qo’ydi, chunki enaganing boshi ustida qandaydir dog’ bor edi. Odatiy fotonuqson, lekin hozir u qandaydir baxtsizlikdan darak beruvchi belgiga o’xshab ko’rinardi. Emulsiya zararlanganga o’xshar va suratdagi enaganing bo’ynida sirtmoq shaklidagi oq dog’ bor edi. Boshqa vaziyatlarda u bu suratni tashlab yuborgan bo’lardi, ammo bunisini saqlab qo’yish lozim edi. Agar voqealar rivoji boshqacha yakunlansa, bu surat ramziy ma’noga ega bo’lardi. Eng oxirgi suratda Chessaning arqonda osilib turgani aks etgandi. Barcha suratlar go’yoki dahshatlar ko’rgazmasini eslatardi. Bu Jenningsga yoqdi. U Tornlarni o’rgana boshladi va bu oilaning hali hech kim bilmagan g’alati qirralarini topdi. U oila tarixini o’rganishga kirishdi.
Ma’lum bo’lishicha, Katerina rus emigrantlari oilasida tug’ilgan, uning otasi o’z joniga qasd qilgan ekan. «Minneapolis Tayms» gazetasining yozishicha, u o’zini tomdan tashlab yuborgan. Katerina otasining o’limidan bir oy o’tgach dunyoga kelgan, onasi esa ikkinchi marta erga tegib, Nyu-Gempshirga ko’chib o’tgan. Katerina o’gay otasining familiyasini olgan, lekin intervyularda bu otasi haqida hech narsa demasdi. Muxbir kerakli yo’nalishga tushganini bildi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 15:58:54

Unga faqatgina elchining surati yetishmasdi va Jennings ertaga bu suratni olishga qaror qildi. Barcha Avliyolar cherkovida mashhur bir oilaning nikoh marosimi bo’lishi kerak edi va Tornlar oilasi ham bu marosimda ishtirok etardi.
"¦ Nikoh marosimigacha Torn o’zining ishlarini qoldirdi va Katerina bilan shahar aylangani chiqdi. U ikkalasi yolg’iz qolishganda ba’zi narsalarni aniqlamoqchi edi. Keyingi bir necha oy ichida Katerina birinchi marta xursand edi. Ular Evondagi Stretford teatriga borishdi va «Qirol Lir» spektaklini tomosha qilishdi.
Katerina bu tomoshadan ta’sirlanib, yiyolab ham oldi. Tomoshabinlar chiqib ketishgach, u anchagacha yiyolab o’tirdi. Ular mashinaga o’tirishdi. Katerina erining qo’lini mahkam ushlab olgandi. U juda ta’sirchan bo’lib qolgandi. Daryo bo’yida to’xtaganlarida, u yana yiyolab yubordi. Qo’rqayotganini, Demenni yo’qotib qo’yishdan cho’chiyotganini aytdi.
- Undan ajralmaymiz, Keti, - tinchlantirdi uni Torn. — Hayot u darajada beshafqat emas.
U anchadan buyon xotinini Keti deb chaqirmay qo’ygandi. Ular dub daraxti tagidagi o’tloqqa o’tirishdi. Katerinaning ovozi juda past chiqardi.
- Men juda qo’rqyapman, - dedi u.
- Hech narsadan qo’rqishning hojati yo’q. Nimadan qo’rqasan?
- Nimadan qo’rqaman?
U xotinining gapni davom ettirishini kutib turdi.

Qayd etilgan