Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92894 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 ... 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:17:51

8

Edgaro Emilio Tassone uchun bu dunyodagi hayot do’zaxdagidan ham battar edi. Shuning uchun u boshqalar singari Rimdagi shaytonparastlar jamiyatiga a’zo bo’lgandi. Tassone portugaliyalik baliqchining o’yoli bo’lib, otasi Nyufaundlend qirg’oqlarida baliq ovlayotib halok bo’lgandi. Bolalik xotiralaridan uning yodida faqat baliq hidi qolgan edi. Tassone sakkiz yoshida yetim qolib, ibodatxonada yashar, bu yerda ruhoniylar uni barcha gunohlariga iqror bo’lishi uchun o’lasi qilib kaltaklashardi. O’nga kirganida u gunohlaridan forig’ bo’lgan va Yaratganga xizmat qilishga tayyor bo’lgandi, ammo uning umurtqa pog’onasi oyoriy boshladi.
Xudodan qo’rqqanidan u hayotini cherkovga bag’ishladi, kechayu kunduz Injilni yodlab sakkiz yil seminariyada tahsil oldi, Yaratganning rahmati va g’azabi haqida o’qidi. Yigirma beshga kirganida u odamlarni do’zax o’tidan qutqarishga otlandi. U missioner sifatida dastlab Ispaniyaga, so’ng Marokashga bordi. Keyin Marokashdan Afrikaning janubi-sharqiga yo’l oldi. Bu yerda u dinsiz qabilani uchratib qoldi va ularni dinga kiritishga urindi. Tassone bechoralarni kaltaklay boshladi. U tez orada ularning azoblanishidan rohat olayotganini tushundi. Uni o’lim ta’qib qila boshladi. Nayrobida u ruhoniy Spilletto ota bilan tanishib qoldi va unga barcha qilgan gunohlarini aytib tavba qildi. Spilletto uni himoya qilishga va’da berdi va o’zi bilan Rimga olib ketdi. Aynan mana shu yerda, Rimda, u Do’zahiylar oqimi bilan tanishdi. Shaytonga sig’inuvchilar Xudoning qahridan qo’rquvchilarga panoh berishardi. Ular bir-birlari bilan yaqinlik qilib lazzatlanardilar. Tassone ham o’ziga yoqqanlarga o’z tanini in’om etardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:22:50

Bu guruh uyushgan tuban insonlar bo’lib, ular birgalikda boshqa insonlarga qarshi kurashardilar.
Ular Shaytonni Xudo deb bilishardi. Ana shu paytlarda Injilda yozilgan davr, Yer yuzidagi yangi davr boshlanishidan darak beruvchi alomatlar sezila boshladi. Sayyora paydo bo’lganidan buyon uchinchi marotaba La’in o’z zurriyodini yerga jo’natishi va uni yerdagi shogirdlari tarbiyasiga topshirishi lozim edi. Bunday urinish ikki marta bo’lgan, lekin har ikkisida ham Xudoga imon keltirganlar Iblis farzandini go’dakligidayoq yo’q qilishgandi. Bu safar mayolubiyatga yo’l qo’yilmasligi lozim edi. Reja ikir-chikirigacha puxta ishlab chiqilgandi.
Spilletto Tassoneni bejizga tanlab olmagan edi. Pastak bo’yli bu ruhoniy itdek sadoqatli bo’lib, har bir buyruqni so’zsiz, itoatkorlik bilan bajarardi. Shuning uchun uning chekiga rejaning eng mudhish qismi - gunohsiz go’dakni o’ldirish tushgandi. Spilletto iblisvachchani boqib oladigan oilani topishi lozim edi. Mariya-Tereza ona (uni ilgari Baalok deb atashardi) homilador onani kuzatib turishi va unga doyalik qilishi kerak edi. Tassone birorta ham iz qoldirmasligi, jasadlarni qabristonga ko’mishi lozim edi. Tassone o’z ishiga xursandlik bilan kirishdi. Bir paytlar xo’rlangan yetimchani endi hamma biladi. U Tanlanganlar safida, u Shaytonning o’zi bilan ittifoqchi! Ammo rejani amalga oshirishdan bir necha kun ilgari Tassoneda g’alati hislar paydo bo’ldi. U zaiflashib qoldi. Eski kasali yana qo’zidi. U har tunda uxlashga urinar, tanasidagi oyoriq kuchayib borardi. U besh kun davomida ko’z oldida paydo bo’ladigan manzarani quvishga harakat qildi. Tassone uxlatadigan dorilar ichdi, ammo uning tushiga ham o’sha dahshatli manzaralar kira boshladi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:23:00

U tushida yordam so’rayotgan afrikalik go’dak Tobuni ko’rdi. Uning terisi shilib olingan, ko’zlari Tassonega tikilib turar, yuz tomirlari otilib chiqqandi. Tassone yoshlik davrini ko’rdi. U qirg’oqda otasining ovdan qaytishini kutardi. Keyin u o’lim to’shagida yotgan onasini ko’rdi. Onasi uni taqdir bilan yuzma-yuz, yolg’iz tashlab ketayotgani uchun undan uzr so’rardi. U shu kecha ko’zlarida yosh bilan uyg’onib ketdi. Uyqu uni yana og’ushiga olganida, tushiga Iso Masih kirdi. Iso Tassonega Xudoning dargohiga boradigan yo’l hali yopilmaganini, agar tavba qilsa, Tangri uni kechirishini aytdi.
Bu dahshatlar Tassonega shunchalik ta’sir qildiki, buni Spilletto sezdi. U nima bo’lganini bilish uchun Tassoneni yoniga chaqirdi. Ammo Tassone endi ortga yo’l yo’qligini bilar, agar ikkilanayotganini sezdirib qo’ysa, hayoti xavf ostida qolishini tushunardi. U eski kasali qiynayotganini aytdi va Spilletto unga oyoriq qoldiruvchi dori berdi. So’nggi daqiqalargacha Tassone giyohvandlik moddalari ta’sirida yurdi va uni Isoning qiyofasi ortiq ta’qib qilmay qo’ydi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:24:01

Oltinchi iyun ham keldi. Oltinchi oy, oltinchi kun, soat roppa-rosa olti edi. Shu daqiqalarda Tassoneni keyinchalik bir umr qiynaydigan voqealar sodir bo’ldi. Iblisning onasini to’lg’oq tutdi. Bola tug’ildi. Tassone Spilletto bergan tosh bilan onaning boshiga urib uni o’ldirdi. Tassone endi yana bir chaqaloqni ham ana shu usulda o’ldirishi kerak edi. Ammo unga endigina dunyo yuzini ko’rgan chaqaloqni olib kelishganida, u ikkilanib qoldi, chunki go’dak juda chiroyli edi. U yonma-yon yotgan chaqaloqlarga qaradi: ularning biri qalin tuk bilan qoplangan, hammayog’i qon, ikkinchisi esa chiroyli bo’lib, uning ko’zlari Tassonega ishonch bilan boqardi. Tassone nima qilish lozimligini bilardi va uni amalga oshirdi. Lekin urinishi muvaffaqiyatsiz chiqdi. Bir necha lahza Tassone bolani olib, xavfsiz joyga qochishni ham o’yladi. Ammo chaqaloqning yashab ketishiga umid qolmagandi. U bolaning boshiga tosh bilan yana va yana urdi. Chaqaloqning yig’isi o’chdi.
O’sha tunda Tassonening yonoqlaridan sel bo’lib oqayotgan yoshlarni hech kim ko’rmadi. Bundan tashqari, shu tundan so’ng uni hech kim oqim a’zolari orasida qaytib ko’rmadi. Erta tongda u Rimni tark etdi va to’rt yil davomida xilvatda yashadi. U Belgiyaga ketib, o’sha yerda daydilar orasida kun kechirdi, keyin kasalxonaga ishga joylashdi. Bu yerda u giyohvandlik moddalarini topish imkoniyatiga ega bo’ldi. Narkotiklar unga nafaqat tanasidagi oyoriqni, balki o’sha tundagi dahshatli voqealarni unutish uchun ham kerak edi. Tassonening holi qurib borardi. U kasalxonada tekshiruvdan o’tdi. Uning umurtqasidagi oyoriq dahshatli shishning ta’siridan edi. Shishni jarrohlik yo’li bilan olib tashlashning iloji yo’q edi. Tassone o’limga mahkum etilgan va Yaratganning uni kechirishini istardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:25:09

Bor kuchini yig’ib, u Isroilga yo’l oldi. Unga Bugengagen ismli kishi kerak edi. Bu ism yer yuzida hayot boshlanganidan buyon Shayton nomi bilan birga tilga olinardi. Aynan Bugengagen 1092 yilda Shaytonning birinchi bolasini izlab topgan va uni o’ldirish chorasini kashf qilgandi. 1710 yilda yana bir Bugengagen La’inning ikkinchi bolasini izlab topgan va uning hayotiga nuqta qo’ygandi. Ular Xudo yo’lida kurashuvchi qo’riqchilar edilar. Ularning vazifasi yer yuzida Shaytonning hokim bo’lishiga yo’l qo’ymaslik edi.
Tassone yer ostidagi uyda yashovchi Bugengagenlarning oxirgi avlodini topishi uchun yetti oy ketdi. Bu yerda u ham Tassone kabi o’limini kutib yotar, o’z vazifasini uddalay olmaganidan azob chekardi. U vaqt oz qolganini bilar, ammo Shaytonning farzandi tug’ilishiga to’sqinlik qilolmagandi.
Tassone qariyani topdi va unga shaytonvachchaning dunyoga kelishi haqidagi barcha narsani aytdi. Bugengagen uni afsus bilan tingladi. U yer ostidagi uyidan chiqa olmasdi. O’sha bolani boqib olgan kishi uning oldiga kelishi kerak edi. Vaqtni boy berishdan qo’rqqan Tassone Tornni topish va unga Bugengagen bilan uchrashishi lozimligini aytish uchun zudlik bilan Londonga keldi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:26:03

U bir xonali uyni ijaraga oldi va uni cherkovga o’xshatib tashladi. Xonaning butun devor va derazalariga Injil sahifalarini yopishtirib chiqdi. Buning uchun unga yetmishta Injil kitobi kerak bo’ldi. Hammayoqqa xoch osib tashlangan, deraza oldidagi xochlardan biriga quyosh nuri tushmaguncha tashqariga chiqmasdi. Tanasidagi oyoriq kuchayib borar, Torn bilan birinchi uchrashuvi muvaffaqiyatsiz yakun topgandi. Endi Tassone elchini doim kuzatib yurardi. Bugun ertalabdan beri u Chelsi rayonida kambag’allarga uy qurish uchun mablag’ beradigan shaxslar guruhida bo’lgan Tornni kuzatayotgan edi.
...Ushbu loyihani boshlaganimizdan baxtiyorman...- dedi Torn, yig’ilganlarga murojaat qilarkan, - ... bu jamiyatning turmush darajasini yaxshilashga bo’lgan intilishi natijasidir.
Shu so’zlarni aytib, u birinchi bo’lib belkurak bilan yerni chopdi. Akkordeonchilar ansambli musiqa chalishni boshlab yubordi va Torn panjaraning narigi tarafida ushbu marosimni tomosha qilayotganlarning qo’llarini siqish uchun yo’l oldi. U uzatilgan har bir qo’lni siqishga urinardi.
Kutilmaganda u qaltirab ketdi: kimningdir qo’li uning yoqasidan mahkam tutib, panjara tomon tortdi.
- Ertaga, - dedi Tassone qo’rqib ketgan Tornning yuziga tikilib. - Tush paytida Kyu-Gardenda uchrashamiz.
- Qo’yvoring! - dedi Torn.
- Bor -yo’g’i besh daqiqa xolos. Keyin meni qaytib ko’rmaysiz.
- Qo’lingizni oling...

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:26:14

- Xotiningizning hayoti xavf ostida. Agar kelmasangiz, u o’ladi.
Torn uning qo’llaridan yulqinib chiqdi va ruhoniy shu zahoti g’oyib bo’ldi.
Torn nima qilish kerakligi haqida uzoq o’yladi. U politsiyaga aytishi mumkin edi, lekin ruhoniyga nima deb ayb qo’yishni bilmadi. Uni so’roq qila boshlashadi, bu ish omma e’tiboriga tushadi. Yo’q, bu yo’l to’yori kelmaydi. Hech bo’lmaganda, hozircha. Torn ruhoniy nima demoqchi bo’layotganini tushunmadi. U bolaning tug’ilishi haqida nimadir degandi: eng dahshatli o’xshashlik shunda ediki, Torn aynan mana shu masalada sir saqlab kelayotgandi. Balki, o’rniga boshqa kishini jo’natar. U ruhoniyga pul beradi yoki uni qo’rqitib, qaytib kelmaydigan qilib qo’yadi. Ammo bunda ham kimdir uning sirini bilib qolishi mumkin edi.
U suratkash Jenningsni esladi va u izlab yurgan kishi topilganini unga xabar qilmoqchi bo’ldi. Ammo bu yo’l ham maqbul emasdi. Matbuot xodimini bunday ishga aralashtirish aqlli odamning ishi emas. Baribir u o’z dardini kimgadir aytgisi keldi. U ruhoniyning NIMAnidir aytishidan qo’rqardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:26:25

Ertasiga ertalab Torn mashinasiga o’tirdi va Gortonga bir oz aylanib kelishini aytdi. U tushgacha ishxonasiga bormay, mashina minib yurdi. Uning miyasiga ruhoniyning talabini rad etish fikri ham keldi. Lekin Tornning o’zi ham u bilan uchrashishni istayotgandi. U ruhoniy bilan yuzma-yuz gaplashishi va uning barcha so’zlarini tinglashi shart. Ruhoniy Katerinaning hayoti xavf ostida ekanligini, agar Torn kelmasa, u o’lishini aytgandi. Katerina xavf ostida emasdi, ammo Torn juda xavotirlanar, endi ruhoniy uchun Katerina asosiy shaxslardan biriga aylandi.
Torn uchrashuv joyiga o’n ikki yarimda keldi va sabrsizlik bilan kuta boshladi.
Roppa-rosa birda Torn mashinadan tushdi va park ichiga yo’l oldi. Birov tanib qolmasligi uchun u plash va qora ko’zoynak taqib oldi, ammo bu urinishi uning hayajonini yanada kuchaytirib yubordi. Torn ruhoniyni izlay boshladi. Tassone unga orqasini o’girgancha o’rindiqlardan birida o’tirardi. Torn unga bildirmasdan qaytib ketishi ham mumkin edi, ammo buning o’rniga u oldinga yurdi va ruhoniyga yaqinlashdi.
Tassone Tornning kutilmaganda paydo bo’lganidan cho’chib ketdi. Uning yuzi burishdi, xuddi chidab bo’lmas oyoriqni his qilayotgandek peshonasi tirishdi. Ular ancha vaqt jim o’tirishdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:26:35

- Bu yerga politsiyani boshlab kelishim kerak edi, - gap boshladi Torn.
- Ular sizga yordam berisholmaydi.
- Gapiring. Nima demoqchi edingiz?
Tassone ko’zlarini yumib-ochdi, uning qo’llari qaltirardi. U kuchli hayajon ostida edi.
- U Sionga kelganida... - pichirladi u.
- Nima?
- U Sionga kelganida. Samo kometani yo’llaydi. Va Rim yuksaladi. Biz... ziyoni qaytib ko’rmaymiz.
Tornning yuragi hapriqdi. Bu odam butunlay aqldan ozgan!
Uning qiyofasi hech nimani anglatmas, she’r o’qirdi.
- Abadiy dengiz tubidan yirtqich chiqib keladi. Va so’nggi qoni qolguncha jang qilish uchun lashkar keladi. Aka o’z ukasini o’ldiradi va qilichini oxirgi insonning yuragi urishdan to’xtamaguncha tashlamaydi.
Torn ruhoniyni kuzatib turar, ruhoniy esa qiynalib so’zlardi.
- Kashfiyotlar Kitobida bularning barchasi yozilgan! - qichqirdi u nihoyat.
- Men bu yerga diniy ma’ruza tinglagani kelganim yo’q, - dedi Torn.
- Faqat to’laligicha o’z qo’li ostida bo’lgan odam orqaligina Shayton o’zining so’nggi va dahshatli hujumini amalga oshiradi.
- Siz xotinimning xavf ostida ekanligini aytuvdingiz.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:27:13

- Megiddo shahriga boring, - dedi Tassone. - Jezril shahrida qariya Bugengagenni topasiz. Faqat ugina Shaytonning o’yolini qanday qilib o’ldirish mumkinligini aytadi.
- Bilasizmi...
- Aks holda yirtqich g’ajib tashlaydi!
- Bas qiling!!!
Tassone jim bo’ldi va qaltiroq qo’llari bilan peshonasidagi terni artdi.
- Xotinimning hayoti xavf ostida ekanligini aytganingiz uchun bu yerga keldim, - dedi Torn.
- Mening ko’zimga ko’rindi, janob Torn.
- Siz aytuvdingizki...
- U homilador!
Torn jim bo’lib qoldi.
- Adashyapsiz.
- Yo’q. U rostdan ham homilador.
- Bunday bo’lishi mumkin emas.
- U bolaning tug’ilishiga yo’l qo’ymaydi. Bola onasining qornida ekanligidayoq uni o’ldiradi.
Ruhoniy oyoriqdan ingrab yubordi.
- Nimalar deyapsiz? - dedi Torn. Uning nafas olishi qiyinlashib ketgandi.

Qayd etilgan