Omen (birinchi kitob). Devid Zeltser  ( 92897 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 5 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 ... 19 B


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:27:48

- Sizning o’yolingiz, janob Torn! U ShAYTONNING BOLASI! U tug’ilajak go’dakni o’ldiradi, keyin esa xotiningizni ham o’ldiradi! Butun boyligingiz unga o’tishiga ishonchi komil bo’lgach, janob Torn, u SIZni ham o’ldiradi!
- Bo’ldi qiling!
- Sizning boyligingiz va hokimiyatga ega bo’lgach, u Shaytonning buyrug’i bilan yer yuzida o’zining dahshatli saltanatiga asos soladi.
- Siz telba ekansiz, - xirilladi Torn.
- U o’lishi ShART, janob Torn!
- Besh daqiqaga degan edingiz...
- Megiddo shahriga boring, - o’tindi Tassone. - Kech bo’lmasdan turib Bugengagenni toping!
Torn bosh chayqadi va qo’lini bigiz qildi.
- Gaplaringizga quloq solib turdim, - dedi u tahdid bilan, - endi meni eshiting. Agar sizni yana bir marta ko’rsam, sizni qamataman.
Torn keskin o’girilib jo’nab qoldi. Tassone unga yig’i aralash qichqirdi:
- Do’zaxda uchrashamiz, janob Torn! Ikkalamiz ham u yerda jazomizni olamiz!

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:28:00

Torn ketdi, Tassone esa yolg’iz o’zi qoldi. Hammasi tugadi, u yutqazdi. Ruhoniy asta o’rnidan turdi va kimsasiz parkka nazar tashladi. Atrofni dahshatli sukunat qoplagandi. Shu payt Tassonening qulog’iga qandaydir tovush chalindi. Tovush uzoqdan kelardi. Bir zumda bu tovush butun atrofni tutib ketdi. Uning qulog’i batangga keldi. Tassone xochni mahkam ushlaganicha, parkni xavotir bilan kuzata boshladi. Osmonda bulutlar quyuqlashib borar, shamol tobora kuchayib daraxtlarni silkitardi.
Tassone xochni ikki qo’llab ushlaganicha xavfsizroq joy izlab ko’chaga chiqdi. Ammo kutilmaganda shamol kuchaydi, yerda yotgan qog’oz va boshqa mayda-chuyda narsalar uchib ketdi. Ruhoniyning yuziga kuchli shamol epkini urildi. Ko’chaning narigi tarafida cherkov ko’rindi. Tassone oldinga intildi. Chang-to’zon uning ko’ziga urilib, yo’lni yaxshiroq ko’rishga imkon bermasdi. U o’zidan bir necha qadam nariga yuk mashinasi kelib to’xtaganini sezmadi. Mashina yo’l chetiga urildi. Oynaning singani eshitildi. Birdan shamol to’xtadi va odamlar qichqirganicha Tassonening yonidan o’tishib, yuk mashinasi tomon chopishdi. Haydovchining tanasi rulga suyanib turar, mashinaning old oynasi qonga belangandi. Tassone ko’cha o’rtasida turganicha qo’rqqanidan yiyolardi. Osmonda momaqaldiroq gumburlab, chaqmoq chaqdi. Tassone yana parkka qarab qochdi. Dahshatdan ho’ngrar ekan, u toyib yiqildi. Tassone o’rnidan turayotganida, yashin uning narirog’idagi o’rindiqqa urilib, uni bir zumda kulga aylantirdi. Ruhoniy butalarni yorib o’tib, ko’chaga chiqdi. U osmonga tikilganicha, qadam tashlardi. Yomg’ir tobora kuchayib borardi. Butun Londondagilar pana joy izlab u yoqdan-bu yoqqa yugurishar, derazalarni yopishardi. Parkdan olti kvartal naridagi maktab o’qituvchisi esa qo’lidagi uzun temir bilan sinf derazasini yopishga urinar, o’quvchilar uni kuzatib turishardi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:28:58

U ruhoniy Tassone haqida umuman eshitmagan, taqdir uni ruhoniy bilan boyolashini ham bilmasdi. Bu vaqtda Tassone sirpanchiq va nam ko’chada yugurganicha maktab tomon kelardi. U tor ko’chalarda maqsadsiz yugurardi. Uning kuchi qolmagan, yuragi gursillab urardi. U binoni aylanib o’tdi va nafas rostlash uchun to’xtadi. U yuqoriga qarashni xayoliga ham keltirmasdi. Uchinchi qavatda, uning naq tepasida derazani yopishga urinayotgan ayolning qo’lidan temir kaltak sirg’anib tushib ketdi. Temir yuqoridan tik holatda, to’yori ruhoniyning boshiga tushib, uning tanasini teshib o’tdi va yerga mixlab qo’ydi.
Shu lahzada yomg’ir to’xtadi. Derazadan pastga qaragan o’qituvchi qichqirib yubordi. Parkning narigi tomonida esa odamlar peshonasida qon izi qotib qolgan haydovchining jasadini olib kelishardi.
Bulut tarqab, quyosh yuz ko’rsata boshladi. Boshiga temir sanchilgan Tassonening atrofiga bir to’p bolalar yig’ilishdi. Uning shlyapasidan yomg’ir tomchilari yuziga tushardi. Tassonening og’zi katta ochilgan edi.
Ertalab Gorton pochta qutisidan gazetalarni oldi va Katerina bilan Torn nonushta qilib o’tirishgan xonaga olib kirdi. Gorton xonadan chiqib ketayotib Torn xonim charchagan va asabiy ko’rinishda ekanligini sezdi. U dastlab xonimning biror joyi oyorisa kerak deb o’yladi, ammo bir kuni kasalxona peshtoqidagi yozuvdan uning shifokori Grier ruhiy xastalarni davolovchi ekanligini bildi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:29:17

Katerina shifokorga qatnay boshlaganidan buyon kayfiyati tobora yomonlashar, endi u doimo asabiy holatda yurardi. Uning munosabati xizmatkorlarga qo’pollik bilan buyruqlar berishida namoyon bo’lar, bolasiga esa umuman onalik mehri yo’q edi. Eng dahshatlisi, endi o’yoli unga yaqinlashishga intilardi. Uning uzoq vaqt farzandi mehrini qozonish uchun qilgan harakatlari bejiz ketmagandi. Ammo Demen onasiga talpinsada, onasi unga mehrsiz bo’lib qolgandi.
Katerina o’ziga nimalar bo’layotganini tushunmasdi. U ilgari kim bo’lganligini, orzu-istaklarini eslar, bularning hammasi o’tib ketgan, kelajagini esa ko’rmasdi. Har bir mayda-chuyda uni qo’rquvga solardi: telefon qo’ng’irog’i, qaynayotgan suvning ovozi ham uni sarosimaga tushirardi... Go’yoki butun atrof uning diqqat-e’tiborida edi. U bilan gaplashish qiyin edi. U bugun eri bilan gaplashib olmoqchi edi, lekin Demen ularga halaqit berardi. Ertalabdanoq u onasining e’tiborini tortish uchun uning atrofida aylanardi. Demen kichkinagina mashinasini minib, uyni boshiga ko’tarib shovqin solardi.
- Beylok xonim!!! - qichqirdi Katerina.
Xotinining ro’parasida o’tirgan Torn uning ovozidagi g’azabni ko’rib ajablandi.
- Biror narsa bo’ldimi? - so’radi u.
- Demenning shovqiniga chiday olmayapman.
- Unchalik shovqin solayotgani yo’q-ku.
- Beylok xonim! - qichqirdi u yana.
- Eshitaman, xonim?
- Uni bu yerdan olib chiqib keting, - buyurdi Katerina.
- O’ynayversin, - qarshilik bildirdi Torn.
- Olib chiqib keting deyapman!
- Xo’p bo’ladi, xonim, - dedi Beylok.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:29:32

U Demenni ko’tarib, xonadan olib chiqib ketdi. Bola onasiga tikilib turar, uning ko’zlari g’amgin edi. Buni sezgan Torn shahd bilan Katerinaga qaradi. Katerina esa uning nigohidan ko’zlarini olib qochib, ovqat yeyishga kirishdi.
- Biz nima uchun farzandli bo’lishni istagandik, Katerina?
- Hayot tarzimiz... - javob berdi u.
- ... Nima?
- Farzandsiz qanday yashay olardik, Jeremi? Sen chiroyli oilada chiroyli farzand bo’lmasligini eshitganmisan?
Torn javob bera olmasdi.
- Katerina...
- Shunday emasmi? Biz faqat farzand tarbiyalash nima ekanligini o’ylamaganmiz xolos. Biz gazetalarda suratimiz chiqsa, qanday chiroyli bo’lishini hisobga olgandik xolos.
Torn unga ajablanib qarab turardi.
- To’yorimi?
- Bu haqda shifokor bilan gaplashdingmi?
- Ha.
- Unda men ham u bilan uchrashishim kerak.
- Ha, u sen bilan uchrashmoqchi edi.
U oshkora va sovuq ohangda gapirardi. Torn hozir uning bir gapni aytishidan qo’rqib ketdi.
- U nega men bilan uchrashmoqchi? - so’radi u.
- Bir muammo paydo bo’ldi, Jeremi, - dedi u.
- ...Xo’sh?

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:29:41

- Men endi farzand ko’rmoqchi emasman. Hech qachon.
Torn unga diqqat bilan qaradi.
- Maylimi?
- Agar shuni istayotgan bo’lsang... - javob berdi u.
- Unda bolani oldirib tashlashimga ruxsat berasan.
Torn qotib qoldi.
- Men homiladorman. Buni kecha bildim.
Oraga jimlik cho’kdi. Tornning boshi aylana boshladi.
- Meni eshityapsanmi? - so’radi Katerina.
- Qanaqasiga? - pichirladi Torn.
- Spiralimning foydasi bo’lmapti.
- Homiladorman degin?
- Yaqindan beri.
Tornning rangi oqarib ketdi. U stolga suyandi, uning qo’llari qaltirardi.
- Bu haqda birortasiga aytgan edingmi?
- Faqat shifokor Grierga.
- Aniqmi?
- Ortiq bola ko’rishni istamayotganim haqidami?
- Homiladorliging haqida.
- Ha.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:29:51

Telefon jiringladi va Torn darhol go’shakni ko’tardi.
- Eshitaman? - U ovozni tanimay jim turib qoldi. - Ha, menman. - Keyin ajablangan tarzda Katerinaga qaradi. - Nima? Kimsiz? Allo, allo!
Go’shakdan qisqa gudok tovushlari kelardi. Torn qimirlamas, uning ko’zlarida xavotir uyg’ongandi.
- Nima bo’ldi? - so’radi Katerina.
- Gazeta...
- Qanaqa gazeta?
- Kimdir qo’ng’iroq qilib «bugungi gazetalarni o’qing» dedi.
U bukloyoliq yotgan gazetani olib, sekin ochdi va birinchi sahifadagi suratni ko’rib baqrayib qoldi.
- Nima bor ekan?- so’radi Katerina. - Nima bo’pti? - U Tornning qo’lidagi gazetani olib suratga ko’z tashladi. Bu temir kaltak bilan yerga mixlanib qolgan ruhoniyning surati edi. Surat ostida «Ruhoniyning o’limida tasodif aybdor» degan sarlavha bor edi.
Katerina eriga qarab uning qaltirayotganini ko’rdi. U Tornning qo’lidan tutdi. Uning qo’llari muzdek edi.
- Jerri...
Torn asta o’rnidan turdi.
- Uni tanirmiding? - so’radi Katerina.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:30:00

Ammo u javob bermadi. Katerina suratga qaradi va voqea qanday yuz berganini o’qir ekan, Tornning mashinasi hovlidan chiqib ketayotganini eshitdi. Maqolada shunday so’zlar bor edi: «Bishops Indastrial skul maktabining o’qituvchisi Jeyms Akryuin xonim uchun kun odatdagidek boshlandi. Juma kuni, yomg’ir yog’a boshlaganida u dars o’tayotgandi. Sinf xonasiga yomg’ir kirmasada, o’qituvchi shovqin eshitilmasligi uchun derazani yopmoqchi bo’ldi. U ilgari ham derazaning balandda joylashgani, uni yopishga qiynalishidan arz qilgandi. U derazani doim uzun temir qoziq bilan yopardi. Bu safar ham u temirni uzatayotganida yomg’irdan qochib panada turgan ruhoniyning boshiga tushib, uni yerga qadab qo’ydi. Jasadning shaxsi aniqlanmoqda».
Katerina hech narsani tushunmasdi. U Tornning ishxonasiga qo’ng’iroq qilib, ishga kelishi bilanoq unga qo’ng’iroq qilishi kerakligini aytdi. Keyin u Grierga qo’ng’iroq qildi. U ham yo’q edi. Keyin u abort masalasida gaplashish uchun shifoxonaga qo’ng’iroq qildi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:30:11

9

Ruhoniyning suratini ko’rgach, Torn Londonga jo’nadi. U yo’l-yo’lakay bu voqeani o’ylab ketdi. Katerina homilador EDI, ruhoniy haq bo’lib chiqdi. Endi Torn Tassonening qolgan so’zlarini ham inkor eta olmasdi. U parkdagi uchrashuvni esladi: ismlar, Tassonening iltimosiga binoan borishi kerak bo’lgan joy nomi. U o’zini bosishga urindi, hozirgina bo’lib o’tgan voqealarni bir-bir yodga oldi: Katerina bilan suhbat, noma’lum kishining qo’ng’irog’i. «Bugungi gazetalarni o’qing», - degandi tanish ovoz, ammo Torn uning kimligini eslay olmadi. Uning ruhoniy bilan aloqadorligini kim bilardi? Suratkash! Bu uning ovozi edi! Gaber Jennings!
Ishxonasiga kelib, Torn xonani ichidan qulflab oldi. U kotibasiga Jenningsga qo’ng’iroq qilishni buyurdi. Jennings uyida yo’q edi. Kotiba unga bu haqda aytgach, Katerina ertalab qo’ng’iroq qilganligini ham aytdi. Torn unga keyinroq sim qoqmoqchi bo’ldi. Katerina u bilan abort masalasida gaplashmoqchi edi, Torn esa unga aniq javob berishga tayyor emasdi.
«U bolaning tug’ilishiga yo’l qo’ymaydi», - Torn ruhoniyning so’zlarini esladi. - «Bola onasining qornida ekanligidayoq uni o’ldiradi».
Torn Charlz Grierga qo’ng’iroq qilib, u bilan uchrashmoqchi ekanligini aytdi.

Qayd etilgan


shoir  27 Oktyabr 2007, 16:30:21

...Tornning tashrifi Grierni ajablantirmadi. Katerinaning tashvish va azoblarining cheki yo’q edi. Ayoldagi qo’rquv hissi ortib borar, shifokor u o’z joniga qasd qilishidan qo’rqardi.
- Bu qo’rquvlar qachongacha davom etishini oldindan bilish qiyin, - dedi u Tornga. - Ammo rostini aytganda, u o’ta kuchli ruhiy holatga tushishi mumkin.
Torn kursida o’tirar, yosh ruhshunos esa trubkasini tutatgancha xonaning u yog’idan bu yog’iga yurardi.
- Uning ahvoli yomonmi? - so’radi Torn qaltiroq ovozda.
- Deylik, kasallik kuchaymoqda.
- Unga yordam bera olasizmi?
- Men uni haftada ikki marta tekshiryapman, u bu yerga tez-tez kelib turishi kerak.
- Siz uni aqldan ozgan demoqchimisiz?
- U o’z xayoliy dunyosida yashaydi. Uning xayollari juda qo’rqinchli va bu xayollarning unga ta’siri kuchli.
- Qanaqa xayollar? - so’radi Torn.
Grier aytishni ham, aytmaslikni ham bilmay bir oz o’ylanib turdi. U stulga o’tirdi va Tornga tik boqdi.
- Birinchidan, u bola o’ziniki emas deb o’ylaydi.

Qayd etilgan