ZiyoUz Forumida Virtual debat klubi  ( 21731 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 B


Y_U_R_I_S_T  11 Aprel 2009, 11:47:36

ZiyoUz Forumida yangi loyiha:
Virtual debat klubi

Debat o’zi nima?

Aslida hayotimizning har kuni bir debat. Har kun yoki do’stlarimiz bilan, yoki hamkasblarimiz bilan, yoki yana boshqalar bilan qaysidir masalada tortishamiz, ularning qaysidir fikrlariga qo’shilmasligimizni namoyon etamiz. Chunki insonlarning dunyoqarashi har xil.
Debat — bu xuddi shu bahs-munozaraning formal ko’rinishi, ya’ni aniq shaklga keltirilgan, qonun-qoidalari va shartlari oldindan belgilab qo’yilgan bahsdir.
Siz debatda shunchaki so’zga chiqmaysiz, balki o’z nutqingizda pozitsiyangizni himoya qilishingiz, o’z argumentlaringizni keltirishingiz va qarshi tomonning argumentlarini inkor qilishingiz uchun aniq misollar keltirishingiz zarur.

Nega aynan debat?

Debatlar insonlar o’rtasida ma’lumot va fikr almashishning intellektual ko’rinishidir. Uning yana bir foydali tomoni, siz ma’lum bir mavzu yuzasidan "œtanganing ikki tomonini" kashf qilasiz. Ya’ni ham salbiy, ham ijobiy tomonlari haqida to’liq ma’lumot olasiz. Buning ustiga debatlar sizni izlanishga, ko’plab manbalarni o’qishga va notiqlik qobiliyatingizni oshirishga imkon yaratadi.

Debatning asosiy elemntlari:

Debatning quyidagi asosiy elementlari mavjud:
1.   Mavzu. Debat mavzularining nomi tasdiq formasida bo’ladi. (Masalan, "œO’g’il bolalar va qizlar alohida o’qitilishi kerak")
2.   Tasdiqlovchi (ma’qullovchi) tomon. Tasdiqlovchi tomonning spikerlari hakamlar hay’atiga o’z pozitsiyasi to’g’ri ekanligini isbotlab berishi kerak. (mavzu nomidagi tasdiq gapni isbotlashi zarur. Masalan, "œO’g’il bolalar va qizlar alohida o’qitilishi kerak")
3.   Qarshi tomon. Qarshi tomon spikerlari tasdiqlovchi (ma’qullovchi) tomonning pozitsiyasi noto’g’riligini isbotlab berishi kerak. (masalan, "œO’g’il bolalar va qizlar alohida o’qitilishi kerak EMAS", demak "œO’g’il bolalar va qizlar birga o’qitilishi kerak")
4.   Argumentlar. Siz argumentlar orqali hakamlarga o’z dunyoqarashingizni isbotlab berasiz. Argumentar kuchli yoki kuchsiz bo’lishi mumkin. Siz o’zingizga argument tanlaganda, kuchliroq va ishonarliroq hamda asosan real hayotga yaqin bo’lgan argument tanlashingiz zarur. Zeroki, ushbu argumentingiz orqali hakamlar sizning fikringiz to’g’ri ekanligiga ishonishlari zarur.
5.   Isbot va dalillar. Argument bilan birga ishtirokchilar isbot va dalillar (sitata, faktlar, statistikalar) keltirishi zarur.
6.   Hakamlar qarori. Hakamlar ikkala tomonning mavzu bo’yicha nutqlarini eshitib bo’lgach, qaysi jamoa debatda g’olib bo’lganligi haqida xulosa chiqaradilar. Bu yerda hakamlarning shaxsiy fikri qarorga ta’sir ko’rsatmasligi zarur. Ya’ni hakamlardan biri haqiqatdan "œO’g’il bolalar va qizlar alohida o’qitilishi kerak" degan fikrda bo’lsayu, ammo qarshi tomonning argumentlari, dalil va isbotlari, tasdiqlovchi tomonnikidan kuchliroq bo’lgan bo’lsa, unda qarshi tomon uchun ovoz berishi shart.


Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Aprel 2009, 11:49:04

ZiyoUz Forumida virtual debatni qanday tartibda o’tkazamiz:

Umumiy qoidalar:

"¢   Debat o’tkazilishi uchun maxsus bo’lim ochiladi.
"¢   Har bir yangi bahsli mavzu uchun Debat bo’limiga yangi mavzu kiritiladi.
"¢   ZiyoUz Forumidagi virtual debat Parlament debati qoidalari bo’yicha o’tkaziladi.
"¢   Debatda ikkita jamoa o’zaro bahs yuritadilar. Har bir jamoa 2 kishidan iborat bo’ladi:
1-jamoa: Hukumat: Premyer-ministr va hukumat a’zosi
2-jamoa: Qarshi tomon (Oppozitsiya): Oppozitsiya lideri va oppozitsiya a’zosi
"¢   Nutq so’zlash tartibi:

1.   Premyer-ministr    - konstruktiv nutq   105 qator gap
2.   Oppozitsiya lideri   - konstruktiv nutq   120 qator gap
3.   Hukumat a’zosi    - konstruktiv nutq   120 qator gap
4.   Oppozitsiya a’zosi   - konstruktiv nutq   120 qator gap
5.   Oppozitsiya lideri   - qarshi fikrlar      60 qator gap
6.   Premyer-ministr    - qarshi fikrlar      75 qator gap

Ushbu ro’yxat tartibi qat’iy bo’lib, jamoalardan hech kim o’z navbatidan oldin javob kiritishi mumkin emas.

Izoh: Ushbu debat virtual ko’rinishda bo’lganligi sababli, cheklovni vaqt mezonida emas, balki qatorlar miqdorida ko’rsatishni afzal bildik.

"¢   Vaqt masalasi:
1.   Debat bo’limiga yangi mavzu kiritilgan va jamoalarga e’lon qilingan vaqtdan boshlab Premyer-ministrning ilk nutqi eng uzog’i bilan 10 kun ichida kiritilishi zarur. (Bu yuerda userlarning netga kirish imkoniyati ham e’tiborga olindi)
2.   Har bir tomonning javob nutqidan so’ng, tartib bo’yicha keyingi ishtirokchining javob berish muddati 3 kun.
3.   Hakamlar hay’atining javobi eng so’ngi ishtirokchining nutqi kiritilgan vaqtdan boshlab 5 kun ichida e’lon qilinishi shart. (Albatta izohlar bilan)


Ishtirokchilar:

"¢   Debatda ZiyoUz Forumiga a’zo bo’lgan istalgan user qatnashishi mumkin.
"¢   Eng avvalo userlarning o’zlari 2 kishidan iborat guruh tuzishlari va administrator yoki bo’lim moderatoriga bu haqida "œariza" (xabarnoma) berishlari zarur.
"¢   Userlar 2 kishilik jamoa tuzishni o’zaro PM xatlari orqali (agar hayotda yaqin insonlar bo’lishsa, telefon orqali) kelishib olishlari mumkin.

O’tkazilish tartibi:

"¢   Eng avval hakamlar hay’ati tomonidan mavzular aniqlashtirib olinadi.
"¢   So’ng ushbu mavzular uchun qur’a tashlash yo’li bilan qaysi jamoalar bahs olib borishi aniqlanadi. Qur’a tashlanayotganda jamoalardan qaysi biri Hukumat tomon, qaysi biri oppozitsiya tomonida bo’lishi ham belgilanishi kerak.
"¢   Keyin natijalar haqida jamoalarga xabar beriladi va tayyorgarlik vaqtiga start beriladi.
Izoh: Hakamlar hay’atining o’zaro uchrashishi imkoniyati har doim ham mavjud bo’lmasligini e’tiborga olib, qur’ani bir kishi tashlashi va natijalarni e’lon qilishi ham mumkin. Bundabiror shubhaga borishga asos yo’q deb o’ylabman. Balki qur’aning boshqacha usullari haqida biror kishida fikr bordir?
"¢   So’ngra jamoalar yuqorida ko’rsatilganshartlar bo’yicha debatni boshlaydilar.
"¢   Bir vaqtning o’zida maksimum 3 ta mavzu bo’yicha debat o’tkazilishi mumkin.

Mavzular:

"¢   Tanlangan mavzu muayyan davrdagi muammolarni o’zida aks ettirishi zarur.
"¢   Buning ustiga ushbu mavzu dolzarb bo’lishi kerak.
"¢   Mavzuning nomlanishi ikkala tomon uchun ham teng imkoniyat berishi kerak. (Masalan, "œSigareta chekish sog’liq uchun xavfli" degan mavzu tasdiqlovchi tomon uchun yon bosadi)
"¢   Mavzular hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olinadi.
"¢   Quyidagi yo’nalishdagi mavzular tanlanmaydi:
-   Diniy mavzular
-   Siyosiy mavzular

Hakamlar hay’ati:

"¢   Hakamlar hay’ati Forumda o’z o’rniga ega bo’lgan userlar orasida hurmat qozona olgan va keng mushohadali userlardan saylanadi. Bunda o’sha userlarning internetga tez-tez kirib turish imkoniyati borligini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo’lardi.
"¢   Hakamlar hay’atining soni 5 yoki 7 kishi bo’lgani ma’qulroq. (G’olib jamoani aniqlashda oson bo’ladi)
"¢   Hakamlar hay’ati a’zosi ham jamoa tuzib debatda ishtirok etishi mumkin. Bunday holatda uning ovozi hisoblanmaydi va ahamiyatga ega bo’lmaydi.
"¢   Hakamlar hay’atining ikkita a’zosi o’zaro jamoa tuzishi mumkin emas.
"¢   Hakamlar hay’ati borasidagi mening takliflarim: AbdulAziz, Munira xonim, Orif aka, Robiya


Tahminiy mavzular ro’yxati:

"¢   Erkaklar va ayollar barcha ishlarni qilishda tengdirlar
"¢   So’z erkinligi cheklanishi zarur
"¢   Aholining ko’payishi bevosita iqtisodga bog’liq.
"¢   Ko’pxotinlikka qonuniy ruxsat berilishi kerak
"¢   Ommaviy axborot vositalarida senzura butunlay yo’qolmasligi kerak
"¢   Ilmiy tekshirish ishlarida hayvonlarning sinovdan o’tkazilishi noto’g’ri
"¢   Noma’lum uchar jismlar (NUJ) mavjud
"¢   Atom energiyasi — eng yaxshi energiya manbaidir.
"¢   Qishloqqa qaraganda, shaharda yashash afzal.
"¢   Gen injeneriyasi axloqsizlikdir.
"¢   Rivojlangan boy davlatlar qoloq davlatlarga beminnat yordam berishi kerak.
"¢   Reklamalar — etikaga mos emas.
"¢   Hasadgo’ylik — tug’ma xislat.
"¢   Televideniya jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
"¢   O’limi yaqinlashgan bemordan bu xabarni sir tutish noto’g’ri.
"¢   Xitoydagi mahsulot ishlab chiqarish jadalligi dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
"¢   Insonlarning o’z xohishi bilan ichki a’zolarini sotishi noto’g’ri.

Qayd etilgan


Ulugbek-Uz  11 Aprel 2009, 11:58:27


ee Qoyile!


off: Vertualmi, virtual? :)

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Aprel 2009, 12:00:28

Ushbu fikrlarning barchasi xozircha loyiha. Agar sizda ushbu fikrlarga qo'shimchalar, o'zgartirishlar bo'lsa bemalol aytishingiz mumkin. Fikrlaringizni kutaman.

Qayd etilgan


Mr.Twister  11 Aprel 2009, 12:35:27

Qoyil, kutilmagan loyiha

Qayd etilgan


Abdullоh  11 Aprel 2009, 14:14:39

 :as:

Juda ma'qul loyiha. Menda bir taklif bor. Gpalar qatorini ancha ko'p emasmi. Menimcha bunchalik ko'p qilmaslik kerak.

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Aprel 2009, 16:07:24

:as:

Juda ma'qul loyiha. Menda bir taklif bor. Gaplar qatorini ancha ko'p emasmi. Menimcha bunchalik ko'p qilmaslik kerak.

Aslida Parlament debati bo'yicha ilk ishtirokchiga 7 minutdan, keyingilariga esa 8 minutdan vaqt berilardi. Men har bir minutni 15 qatorga tenglashtirib oldim. Menimcha bir minutda 15 qator gapni bemalol gapirsa bo'ladi.

Agar qolganlar ma'qullashsa, balki 1 minut=10 qator qilib olarmiz.

Qayd etilgan


Shokir63  11 Aprel 2009, 17:20:13

Nima uchun qator? Qatorlar soni so'zlar soniga o'zgartirilsa, qanday bo'larkin?

Qayd etilgan


Varzikiy  11 Aprel 2009, 17:56:34

Qoyil!!! Loyihamisan Loyiha. Menimcha G`olib tomonga taqdirlash yuzasidan 1ta yulduzcha qo`shib berilsa yaxshi bo`lardi!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  11 Aprel 2009, 18:37:38

Nima uchun qator? Qatorlar soni so'zlar soniga o'zgartirilsa, qanday bo'larkin?

Taklif uchun rahmat. Men ham oldin shuni o'ylagandim. Lekin bir narsasi to'g'ri kelmadi. Ya'ni so'zlarni hisoblashdan ko'ra qatorlarni hisoblash osonroq. So'zlarni bittalab sanab o'tirishdan foyda yo'q. Bning ustiga bu nisbiy cheklov xolos.

Qayd etilgan