ZiyoUz Forumida virtual debatni qanday tartibda o’tkazamiz:
Umumiy qoidalar:
"¢ Debat o’tkazilishi uchun maxsus bo’lim ochiladi.
"¢ Har bir yangi bahsli mavzu uchun Debat bo’limiga yangi mavzu kiritiladi.
"¢ ZiyoUz Forumidagi virtual debat Parlament debati qoidalari bo’yicha o’tkaziladi.
"¢ Debatda ikkita jamoa o’zaro bahs yuritadilar. Har bir jamoa 2 kishidan iborat bo’ladi:
1-jamoa:
Hukumat: Premyer-ministr va hukumat a’zosi
2-jamoa:
Qarshi tomon (Oppozitsiya): Oppozitsiya lideri va oppozitsiya a’zosi
"¢ Nutq so’zlash tartibi:
1. Premyer-ministr - konstruktiv nutq 105 qator gap
2. Oppozitsiya lideri - konstruktiv nutq 120 qator gap
3. Hukumat a’zosi - konstruktiv nutq 120 qator gap
4. Oppozitsiya a’zosi - konstruktiv nutq 120 qator gap
5. Oppozitsiya lideri - qarshi fikrlar 60 qator gap
6. Premyer-ministr - qarshi fikrlar 75 qator gap
Ushbu ro’yxat tartibi qat’iy bo’lib, jamoalardan hech kim o’z navbatidan oldin javob kiritishi mumkin emas.
Izoh: Ushbu debat virtual ko’rinishda bo’lganligi sababli, cheklovni vaqt mezonida emas, balki qatorlar miqdorida ko’rsatishni afzal bildik.
"¢ Vaqt masalasi:
1. Debat bo’limiga yangi mavzu kiritilgan va jamoalarga e’lon qilingan vaqtdan boshlab Premyer-ministrning ilk nutqi eng uzog’i bilan 10 kun ichida kiritilishi zarur. (Bu yuerda userlarning netga kirish imkoniyati ham e’tiborga olindi)
2. Har bir tomonning javob nutqidan so’ng, tartib bo’yicha keyingi ishtirokchining javob berish muddati 3 kun.
3. Hakamlar hay’atining javobi eng so’ngi ishtirokchining nutqi kiritilgan vaqtdan boshlab 5 kun ichida e’lon qilinishi shart. (Albatta izohlar bilan)
Ishtirokchilar:
"¢ Debatda ZiyoUz Forumiga a’zo bo’lgan istalgan user qatnashishi mumkin.
"¢ Eng avvalo userlarning o’zlari 2 kishidan iborat guruh tuzishlari va administrator yoki bo’lim moderatoriga bu haqida "œariza" (xabarnoma) berishlari zarur.
"¢ Userlar 2 kishilik jamoa tuzishni o’zaro PM xatlari orqali (agar hayotda yaqin insonlar bo’lishsa, telefon orqali) kelishib olishlari mumkin.
O’tkazilish tartibi:
"¢ Eng avval hakamlar hay’ati tomonidan mavzular aniqlashtirib olinadi.
"¢ So’ng ushbu mavzular uchun qur’a tashlash yo’li bilan qaysi jamoalar bahs olib borishi aniqlanadi. Qur’a tashlanayotganda jamoalardan qaysi biri Hukumat tomon, qaysi biri oppozitsiya tomonida bo’lishi ham belgilanishi kerak.
"¢ Keyin natijalar haqida jamoalarga xabar beriladi va tayyorgarlik vaqtiga start beriladi.
Izoh: Hakamlar hay’atining o’zaro uchrashishi imkoniyati har doim ham mavjud bo’lmasligini e’tiborga olib, qur’ani bir kishi tashlashi va natijalarni e’lon qilishi ham mumkin. Bundabiror shubhaga borishga asos yo’q deb o’ylabman. Balki qur’aning boshqacha usullari haqida biror kishida fikr bordir?
"¢ So’ngra jamoalar yuqorida ko’rsatilganshartlar bo’yicha debatni boshlaydilar.
"¢ Bir vaqtning o’zida maksimum 3 ta mavzu bo’yicha debat o’tkazilishi mumkin.
Mavzular:
"¢ Tanlangan mavzu muayyan davrdagi muammolarni o’zida aks ettirishi zarur.
"¢ Buning ustiga ushbu mavzu dolzarb bo’lishi kerak.
"¢ Mavzuning nomlanishi ikkala tomon uchun ham teng imkoniyat berishi kerak. (Masalan, "œSigareta chekish sog’liq uchun xavfli" degan mavzu tasdiqlovchi tomon uchun yon bosadi)
"¢ Mavzular hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olinadi.
"¢ Quyidagi yo’nalishdagi mavzular tanlanmaydi:
- Diniy mavzular
- Siyosiy mavzular
Hakamlar hay’ati:
"¢ Hakamlar hay’ati Forumda o’z o’rniga ega bo’lgan userlar orasida hurmat qozona olgan va keng mushohadali userlardan saylanadi. Bunda o’sha userlarning internetga tez-tez kirib turish imkoniyati borligini ham hisobga olish maqsadga muvofiq bo’lardi.
"¢ Hakamlar hay’atining soni 5 yoki 7 kishi bo’lgani ma’qulroq. (G’olib jamoani aniqlashda oson bo’ladi)
"¢ Hakamlar hay’ati a’zosi ham jamoa tuzib debatda ishtirok etishi mumkin. Bunday holatda uning ovozi hisoblanmaydi va ahamiyatga ega bo’lmaydi.
"¢ Hakamlar hay’atining ikkita a’zosi o’zaro jamoa tuzishi mumkin emas.
"¢ Hakamlar hay’ati borasidagi mening takliflarim:
AbdulAziz, Munira xonim, Orif aka, RobiyaTahminiy mavzular ro’yxati:
"¢ Erkaklar va ayollar barcha ishlarni qilishda tengdirlar
"¢ So’z erkinligi cheklanishi zarur
"¢ Aholining ko’payishi bevosita iqtisodga bog’liq.
"¢ Ko’pxotinlikka qonuniy ruxsat berilishi kerak
"¢ Ommaviy axborot vositalarida senzura butunlay yo’qolmasligi kerak
"¢ Ilmiy tekshirish ishlarida hayvonlarning sinovdan o’tkazilishi noto’g’ri
"¢ Noma’lum uchar jismlar (NUJ) mavjud
"¢ Atom energiyasi — eng yaxshi energiya manbaidir.
"¢ Qishloqqa qaraganda, shaharda yashash afzal.
"¢ Gen injeneriyasi axloqsizlikdir.
"¢ Rivojlangan boy davlatlar qoloq davlatlarga beminnat yordam berishi kerak.
"¢ Reklamalar — etikaga mos emas.
"¢ Hasadgo’ylik — tug’ma xislat.
"¢ Televideniya jamiyat hayotiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
"¢ O’limi yaqinlashgan bemordan bu xabarni sir tutish noto’g’ri.
"¢ Xitoydagi mahsulot ishlab chiqarish jadalligi dunyo iqtisodiyotiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
"¢ Insonlarning o’z xohishi bilan ichki a’zolarini sotishi noto’g’ri.