VATAN SOG'INCHI  ( 55971 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B

Nurzoda  13 Noyabr 2009, 02:42:16

Ehhh...Vatan sog'inchi qanchalar og'ir  :( chet elli go'zal manzarali ko'chalarni hich alishmiman o'zbekistonni chang ko'chalariga o'zingni vataninga yetadigani yo'g'ikan man oldin o'ylirdim betda xayot zo'r hich qachon o'zbekistonga bormasam kerey dib .....lekin kalta o'ylaganikanman hozirgi damda shunaqa vatanni qadri bilinvoti hich kimni vatan sog'inchi dilini o'rtamasin har birimizga o'z vatanimizda ota onamizi bag'rida birga bo'lishlikni Ollohimni o'zi nasib aylasin  :)

Qayd etilgan

Jalol Ahmad  14 Noyabr 2009, 01:51:59

Ehhh... ga hojat yuq endi afsusga hojat yuq endi nima bulganda ham musofirlikdasiz inshaAllohu Taolo chiroyli sabru Toqatlar bersin amin. InshaAllohu Taolo ha etgancha Chustiy akamiz boshida vatandi sog'inchini yahsilab tariflaganlar bir bor uqib ko'rin.

Qayd etilgan

Ummu Muslima  17 Noyabr 2009, 15:37:10

Assalamu aleykum.
chet ellarda yurgan brodarlarimizga tinchlik salomatlik va sabr tilaymiz,

man UZB.da yashab turib ham  vatan sog'inchini his etdim  )

Buhoro- samarqandga ziyoratga oilamiz bn borgan edik,atigi 5 kunga cho'zildi safarimiz,shu 5 kun bilmadim...yil bo'pketdimi..
Buhoro Samarqand juda chiroylik shahar,ziyorathohlar bir biridan go'zal edi...
uzb.ni ichida turib shunchalik holatga tushsam,,,

bronta vodiy mashinasini ko'rib qolsam bormi yig'lavorishim turgan gap edi,
uyga qaytgach yo'l uzra o'ylaniib keldim,,
ha tv orkali "Vatan,vatan,vatan sog'inchi " haqidagi ko'rsatuvlar faqat balandparvoz gaplar emasligiga ishonch hosil qildim,
ALLOH vatanimizni tinch qilsin.

Qayd etilgan

Nurzoda  17 Noyabr 2009, 16:26:42

Assalamu aleykum.
chet ellarda yurgan brodarlarimizga tinchlik salomatlik va sabr tilaymiz,man UZB.da yashab turib ham  vatan sog'inchini his etdim  )
Buhoro- samarqandga ziyoratga oilamiz bn borgan edik,atigi 5 kunga cho'zildi safarimiz,shu 5 kun bilmadim...yil bo'pketdimi..
Buhoro Samarqand juda chiroylik shahar,ziyorathohlar bir biridan go'zal edi...
uzb.ni ichida turib shunchalik holatga tushsam,,,

bronta vodiy mashinasini ko'rib qolsam bormi yig'lavorishim turgan gap edi,
uyga qaytgach yo'l uzra o'ylaniib keldim,,
ha tv orkali "Vatan,vatan,vatan sog'inchi " haqidagi ko'rsatuvlar faqat balandparvoz gaplar emasligiga ishonch hosil qildim,
ALLOH vatanimizni tinch qilsin.

Ha to'ri etas ....hamma vatandoshlarimga o'z ota onasini bag'rida o'zimizani o'zbekistonimizada yurishlikni Allohni o'zi nasib aylasin ... :)[/b][/color]

Qayd etilgan

habar  18 Noyabr 2009, 01:30:52

Xaqiqatdan ham Vatan Vatan ekanda nima ham qilaolardik Risqu ruzimiz shuralarga ham chochilgan ekan Alloh barcha Musulmon brodarlarimizni o'z holiga tashlab quymaganiga shukur.

Qayd etilgan

Ansora  18 Noyabr 2009, 14:57:17

Men ham İstambulda bir mashinani "Voyyy TİKO'ga rosa o'hshar ekan-aaa" deb mehr bilan tomosha qilgandim : )

Qayd etilgan

Jalol Ahmad  23 Noyabr 2009, 01:40:41

Men ham İstambulda bir mashinani "Voyyy TİKO'ga rosa o'hshar ekan-aaa" deb mehr bilan tomosha qilgandim : )
Kapalak Tiko ko'ragan bulsez Damaz, Nexiya boru shularni ko'rib hursand bo'lib yurorin amon :D uniham Uzbdan olmagan ekan Koreyadan kelganlari ekan  :'(

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  26 Dekabr 2009, 00:20:33

Assalomu alaykum va rahmatullohu va barakatoh!
Aziz vatandoshim qo'shimcha qilib yozgan gapingizni o'qib ko'zimda yosh qalqidi. Naqadar yoqimli va samimiy so'zlar - "biz vatandoshilarni duo qilish eslaringizdan chiqmasin"! Albatta duo qilamiz, nafaqat yurtdoshlarimizni, balki yurtimizni,yurtboshimizni va jamiki duotalab insonlarni. Har bir mo'min bandani Ollohim hidoyat sari boshlasin va sizga esa ikki dunyo saodatini tilab qolaman.
bitmas to'ganmas mehr muhabbat ila uzoqdan vatandoshingiz!

Qayd etilgan

As-Samarqandiy  26 Dekabr 2009, 01:59:26

Оллохимнинг бандаси сизга не булди?
Гам гусса чекмокдасиз, калбга не булди?
Кузлар ёшга тулибди, нурга не булди?
Тинчингиз ёкатибсиз, рухга не булди?
Узга юртда сшамок осонмас албат,
Узга тилда суйламок дилга хуш ёкмас
Узга ерда сшаб фирог чекканда,
Уз рухинг жиловлаб сшаш осонмас.
А­слаб она юртинг багринг сйрайди,
Жаннат иси келгандек дилинг сйрайди,
Сабирга тасниб кунинг утганда
Висолни согиниб рухинг сйрайди.
Муссофир булганлар асли мусулмон,
Она - юрт кадрин билгай - хакикий углон!
Магрур юргинг уксимасин калб, сзилмасин рух
Бу кунлар тезда утиб кетади!
Шод хуррам кунлари етиб келади!
(Muallifi nomalum)

Qayd etilgan

uzboy  21 Fevral 2010, 20:13:04

Yuqorida keltirilgan fikrlarni o'qib juda ta'sirlandim va o'zim ham Vatan sog'inchini his qilayotganlardanman.

Qayerda bo'lsam ham O'zbekisotnga aloqasi bor narsaga ko'zim tushib qolsam, fahrlanib yonimdagilarga gapiraman. Ko'pgina baland binolarga chiqsak, u yerda dunyodagi eng baland minoralarni rasmlarni turgan bo'ladi, ko'pchiligida "Toshkent teleminorasi" ham kuchli 10 likda turgan buladi. Albatta rasmga tushirib olaman.

Ko'pgina musulmon davlatlarida odamlar qayerdan san deb surashsa O'zbekistondan desam, Pokiston deb eshitishadi. Chunki oddiy aholi O'zbekiston degan nomni eshitmaganda, faqat ziyolilar biladi. Hech tushunavermagach, Al-Buhoriyni yurtidanman, At-Temiziyni yurtidanman deyman. Shunda juda hurmat qilishganidan, shunday buyuk ulamolar bn bir yurtda tug'ilganimdan fahrlanib ketaman. Shunda ham ko'pchilik, O'rta Osiyodan chiqqan ulamolarni ko'pchilik, arab mamlakatlaridan deb bilishadi.

Ya'qinda internetda birinchi arab tilida gapiradigan robotni ko'rib qoldi, Dubayda ihtiro qilishibdi va unga Ibn Sino deb nom berishibdi. Arab tilida "Qandaysiz" desa "Alhamdulillah yaxshiman, ismim Ibn Sino, Afshonada tug'ilganman" deb gapirib ketdi. http://www.youtube.com/watch?v=OIOtOmyySQo

Ko'pchilik, O'zbekistonni bilavermagach, boshqa bir o'zbek o'rtog'im bilan O'zbekiston haqida mahsus prezentatsiya qilib berdik. Unda to o'sha milodiy davrdan tortib hozirgacha bo'lgan tarihimiz va buyuk ulamo, mashxur kishilar haqida so'zlab berdik. Juda ko'pchilik, usha mashxur olimlarni eshitganu, lekin o'zbekistondan ekanligini haliyam bilmaydi.

Amerikaliklar O'zbekiston  haqida usha mudxish 11 sentyabr voqealaridan keyin Amerika harbiy bazasi O'zbekistonda ochilgach, har kuni televizorda O'zbekiston deb qaytaversihgach bilishganini aytishgan aksariyati. Nechta Janubiy Amerikalarni uchratgan bo'lsam, hammasini O'zbekistonni birinchi marta eshitayotganini va man birinchi o'zbek tanishi ekanligimni aytgan. Shundan dunyo xaritasidan ko'rsatib O'zbekiston haqida gapirib beraman.

Qayerda bo'lsam ham O'zbekiston nomini tanitib, boshqalarda iliq ta'surotlar qoldirayotganligimdan juda hursandman.

Qayd etilgan