1. Rostgo'y doim rost, yolg'onchi doim yolg'on gapiradi, deb faraz qilaylik. Kimdir "Men yolg'onchiman" deb aytdi. Bu gap rostmi yoki yolg'on?
2. Komandir soldatlar icidan bir sartarosh tayinlab, "Sen soqolini olishni bilmaydiganlarning soqolini olasan, biladiganlar o'zi oladi", deb buyruq beribdi. Sartarosh-soldat o'z soqolini olishi kerakmi yoki yo'qmi?
3. O'g'rini quvib ketayotgan politsiyachi yo'l ikkiga ayrilgan joyda qaysi yo'lga yurishini bilmay to'xtab qoldi. Qarasa, chetda ikki odam turibdi: ularning biri rostgo'y, ikkinchisi esa yolg'onchi. Lekin politsiyachi aynan kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini bilmaydi. Politsiyachining vazifasi o'g'rini qaysi yol'ga ketganligini tezroq aniqlab olish. Buning uchun u avvalo, kam savol berishi kerak, ikkinchidan savollariga "Ha" yoki "Yo'q" deb javob berish mumkin bo'lsin. Masalan, 2 tagina savol bilan aniqlasin, deb shart qo'ysak, masala ancha oson bo'ladi. Birinchi savol poloitsiyachi javobini o'zi biladigan istagan savol bo'lishi mumkin, masalan, anu osmondagi quyosh, to'g'rimi? degan kabi. Bu savol anu ikki odamning istalgan bittasiga beriladi v javobiga qarab uning rostgo'y yoki yolg'onchiligini bilib olish mumkin. Endi politsiyachi kim rostgo'yyu, kim yolg'onchiligini biladi. Uning ikkinchi savoli "O'g'ri o'ng tarafdagi yo'ldan ketdi, to'g'rimi?" deganga o'xsash bo'lishi mumkin. Politsiyachi ikkinchi savolni ham anu ikki odamning istagan bittasiga berishi mumkin: agar rostgo'yga bergan bo'lsa, uning aytganiga ishonish, yolg'onchiga bergan bo'lsa, ishonmaslik kerak. Shunday qilib politsiyachi 2 ta savol yordamida o'g'rining qaysi yo'lga ketganligini oson aniqlaydi.
Agar faqat bitta savol berilishiga ruxsat etilsachi? Demak anu ikki odamning istagan bittasiga (va faqat bittasiga) javobi "Ha" yoki "Yo'q" bo'ladigan birgina savol bering va o'g'riniqaysi yo'lga ketganligini aniqlang.