Arab Tafakkuri xazinasidan  ( 9463 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


siddiqa  16 Aprel 2009, 08:10:49

Nasihat qilgin .

Nafsingga uning hohish —istaklari shubhali ekani bilan nasihat qilgin .
Aqlingga uning hatarlaridan  ehtiyot bo’lish bilan ,
Jismingga uning shahvatlarga ochko’z ekani bilan ,
Molinggga uni infoq qilishda hakim bo’lish bilan ,
Ilmingga esa uning asl manbalariga doimiy qarab boorish bilan nasihat qiligin

Qayd etilgan


siddiqa  16 Aprel 2009, 08:11:23

Qo’rqoqlik va shijoat

Qo’rqoqlik va shijoat orasida bir soatlik qalb sobitligi turadi .

Shayton seni aldab qo’ymasin .

Shayton seni taqvodorlik yo’lida aldab qo’ymasin ..U gohida seni haqir mayda chuyda narsalar oldida parhez qildiradiyu ,birozdan so’ng ulkan hatarli gunohlar sari qadam bosishga undaydi .

Qayd etilgan


siddiqa  16 Aprel 2009, 08:11:50

Muvaffaqiyatning buyugi

Bu hayotda muvaffaqiyatning buyugi  sen va ayoling   orzu-istaklari bir —biriga muvofiq kelmoqligidur .

Hayotning uzun  va qisqaligi .

Hayot unda qilingan amallar buyukligi bilan uzun ,uning safsatalardan iborat bo’lishi bilan qisqadur .


Qayd etilgan


siddiqa  16 Aprel 2009, 08:12:53

Yaqinlashtirish

Sening go’zal ahloqing  o’zgalarning yomon ahloqlari hisobiga mukammalbo’ladi .

Hayotning qilmishlari ajoyib .

Hayotning ajoyibligi shundaki ,odamlar bilmagan holda o’z o’limlariga sabab qilib qo’yilgan narsalarni qidirish bilan ovvoradirlar .

Qayd etilgan


siddiqa  16 Aprel 2009, 08:13:29

Hayotning misoli

Hayot huddi nozanin ayolga o’hshaydi ,sen uni ortiga tushsang u o’zini olib qochadi .Agar unga yuz o’girsang ,sen tarafga keladi .

Shijoat

Shijoat bus en tinch —omonlikchog’ida haqiqatni aytishing emas,balki boshing senga og’irlik qilib turgan paytda haqiqatni so’zlamoqdir .


Qayd etilgan


siddiqa  16 Aprel 2009, 08:13:51

Baxt

Baxt bu nafs rohati ,qalb hitirijamligidur .odamlarning o’lcho’vi bu hususida turlicha bo’ladi .

Qayd etilgan


siddiqa  17 Aprel 2009, 13:27:19

Nafs  xushyorligi

Nafs ezgu amallar qilishga shy bo’ladi .Ammo gohida bunga ihtiyori bo’lmaydi .Nasfsing ezgulikka shay ekan ,solih amallaringni ko’paytir .Ihtiyorsiz paytda uni zo’rlaman !Nafs hohlamay turganda uni majburlasang ,asov ot kabi seni uloqtirib ketishimumkin .
Nafsing ulovingdir ,unga yahshi muomala qil .


Qayd etilgan


siddiqa  17 Aprel 2009, 13:29:52

Sog’likka  e’tibor  ber .

Hayotda qaysi soha bilan mashg’ulbo’lsang ham ,sog’lig’ingga beparvo  bo’lma .
Agar sen ishchi bo’lsan u senga quvvat beradi .
Agar tolib bo’lsang darsingga ko’mak beradi ,Agar olim bo’lsang ma’rifat tarqatishingga ko’mak beradi .
Agar voiz bo’lsang ,odamalarga hitob qilishingga yordam beradi .
Agar obid bo’lsang ,habibing bilan sirlashish uchun bedirlikni senga yoqimli qiladi.

Qayd etilgan


siddiqa  17 Aprel 2009, 13:30:17

Sog’   holda faqirlik .

 Sening sog’ holda nam bo’yrada uhlashing ,kasal holda tilla so’rilarda uhlashingdan yahshiroqdir .


Qayd etilgan


siddiqa  17 Aprel 2009, 13:30:37

Tadbir
Ey bahil! Tadbir qil,sog’liqni muhofaza qilish uchun ketadigan mablag’ davolash uchun ketadigan mablag’dan ozroqdir .


Qayd etilgan