Forumdoshlar, bolajonlar siymosida (hafagarchiliksiz)  ( 493849 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 8 9 10 11 12 13 14 15 16 17 18 ... 140 B


ZUBAIR  22 Aprel 2009, 20:46:02

Zubair !!!!!

Rasm qo'ymabsizku?

PS: Agar qo'ygan rasmlarim bilan kimnidur hafa qilgan bo'lsam uzr so'rayman. PMda aytilar, o'chiraman. Mavzu nomi Forumdoshlar, bolajonlar siymosida (hafagarchiliksiz)

PS2: Bu mavzuda boshqa rasm qoldirmayman, insh.


Qayd etilgan


Chustiy  23 Aprel 2009, 00:33:15

:bsm:
Mening fikrimcha mavzuni yopish kerak, balkim umuman o'chirib tashlash lozim. Avvaliga men ham rasmlarni ko'rib mazza qilib kuldim, keyin esa shu fikrga keldim. Qolgalnarning ham fikrini bilmoq lozim.

P.S. Mening fikrimga qo'shilmaydiganlardan uzr so'rayman.

Yopish emas, hammasini o'chirib yoborish kerak.

Hammasini o'chirib yuborishga kim rozi?
 
Aslida bu mavzu kayfiyatni biroz ko'tarish uchun ochilgan edi (chunki ko'p forumlarda buni to'gri qabul qilishgan edi) lekin bu yerda bu mavzuni ko'pchilik jiddiy qabul qilishibti, garchi forumda judayam jiddiy e'tibor beradigan mavzular bo'lishiga qaramay.

 

Qayd etilgan


siddiqa  23 Aprel 2009, 05:19:43

 :as:
Bola inson hayotining mevasi ,oilaning bahti ,bolalarni eslasam behosdan kulgim keladi ,yana bolalarni eslasam behosdan yig'lagim keladi .bu yerdagi hamma rasmlarni o'chirib tashlash kk emas ,masalan ayrim rasmlar juda beg'ubor ,chunki ularda bolalarning asl siymolari bor .Ayrim rasmlarni ko'rmay qo'ya qoldim (tarifini eshitib ) Bolalarga qaralsa hech qachon jirkanish bo'lmaydi ,lekin ayrim rasmlarni forumdoshlar o'ylab qo'yishsa yahshi bo'lardi ,sof fitratlilarni Prikolniy qilaman deb o'zgartirganlar adashadi .agar mavzuning o'chishi foydaliroq va yahshiroq bo'lsa ,bu yo'lni tanlash afzal .

Qayd etilgan


Muhseena  23 Aprel 2009, 07:20:54

 :as:
Yopish shart emas,faqat rasmlarni azgina fikr qilib,birovning g'ashiga tegmaydiganlarini joylansa maqsadga muvofiqdir.Biz bu rasmlarni birovning ustidan kulish uchun emas,balki shu insonning va boshqalarning kayfiyatini yanada yaxshi bo'lishi uchun qo'yganmiz,vallohi a'lam.
Manimcha keraksiz rasmlar olib tashlangan.Agar forumdoshlar rasmlarni qo'ymagan taqdirlarida ham shu rasmlar qolaversin.Man shuni tarafdoriman. :3.

Qayd etilgan


Abdullоh  24 Aprel 2009, 17:13:38

Men o'zim qo'ygan bir-ikkita rasmni o'chirib tashladim.

Qayd etilgan


Hadija  25 Aprel 2009, 11:05:17

 :as:

Hurmatli forumdosh birodarlar, mavzu bunchalik yoqimsiz tus olishiga ancha muncha aybim bor deb his qildim, ayniqsa-ki forum admining ogohlantirishidan so'ng. Buning uchun sizlardan chin qalbdan uzurimni so'rab qolaman, kimningdir qalbiga ozor berib qo'ygan bo'lsam bilib-bilmay. Aslida umuman birovni qalbini og'ritish niyatim ham bo'lmagandi, qo'ygan rasmlarimni chin samimiyat bilan qo'ygandim va ana shunday qabul qilishlarini umid qilib kutgqandim. Afsus, 5 barmoq barobar emas ekanligini unutib qo'yibman. Barcha qo'yilgan rasmlarimni o'chiraman.
Mavzuni ochgan Chustiy janoblari, mavzuyingizga bundayin ko'rkamsizlik olib kelishiga va birodarlar noroziligiga sababchi bo'lib qolganimdan sizdan alohida uzurimni so'rayman.

Qayd etilgan


Muzayyana  25 Aprel 2009, 13:06:59

 :as:
Chustiy endi xafa bo'lmaysiz.
Biz doim to'g'rimi noto'g'rimi o'z fikrimizni bildirishga o'rganganmiz.
Lekin mavzu juda yaxshi ochilgan.
Man ham boshida juda maza qilib zavqlangandim.
lekin forum biz uchun ilm ba bilim dargohi.
Lekin masalan man ayni vaqtda bu mavzuni yopilishi tarafdori emasman, aslo!
Faqat adminimiz aytgan qonun qoidalarga rioya qilinsa,
juda chiroyli tarzda davom etgan bo'lar edi, inshaAlloh!

Qayd etilgan


AbdurRohman  26 Aprel 2009, 14:02:13

 :as:
man bir narsaga hayronman, nega bir kishi tanqid qilsa hamma tanqidga, maqtasa maqtashga kirishib ketadi? shuncha rasm qo'yildi, e'tiroz bildirilgani o'chirildi, nega endi boshida qarshilik bo'lmadiyu endi bunaqa norozilikla chiqvotti? hamma shu paytgacha indami tomosha qildiyu, hatto ayrimla o'zi rasm qo'yib yana o'zi norozi, bu nima digan gap? agar norozilik bo'lganda boshida qarshi turish kerak edi, ochilmasdi bu mavzu, mana bu g'avg'olar ham bo'lmasdi.
mavzulada post qilishga qo'rqib qoladi kishi

Qayd etilgan


Abdullоh  26 Aprel 2009, 14:40:44

:as:
man bir narsaga hayronman, nega bir kishi tanqid qilsa hamma tanqidga, maqtasa maqtashga kirishib ketadi? shuncha rasm qo'yildi, e'tiroz bildirilgani o'chirildi, nega endi boshida qarshilik bo'lmadiyu endi bunaqa norozilikla chiqvotti? hamma shu paytgacha indami tomosha qildiyu, hatto ayrimla o'zi rasm qo'yib yana o'zi norozi, bu nima digan gap? agar norozilik bo'lganda boshida qarshi turish kerak edi, ochilmasdi bu mavzu, mana bu g'avg'olar ham bo'lmasdi.
mavzulada post qilishga qo'rqib qoladi kishi

 :as: Birodari aziz. Hamma ham adashadi. Mavzu ayni cho'qqisiga chiqqan paytda hech kim uning boshqa tomonlarini o'ylamagan. Hatto men o'zim ham buni oddiy bir narsa deb qabul qilgan edim va internetdan tezda bolakaylarning rasmini topib, uni forumga joylagan edim. U paytda bunchalik chuqur o'ylashga vaqt yo'q edi. Begunoh parvardigori Olam! Agar kimningdir qalbiga ozor bergan bo'lsam, ming bora uzr so'rayman.

Qayd etilgan


Muhseena  26 Aprel 2009, 14:52:17

Chustiy:Hammasi yaxshi Forumdoshlar.Bu mavzu kayfiyatni ko'tarish uchun ochilgandi....

iltimos,bir-birimizdan hafa bo'lmaylik :)

Qayd etilgan