Abdurashid Zohid. Siddiqnoma  ( 46051 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:28:40

Hazrati Abu Bakrning kasblari va halifalik davridagi manzillari

Musulmonlar ishi bilan mashg’ul bo’lishidan ilgari Abu Bakr tijorat bilan shug’ullanar edilar. Manzillari Madina yaqinidagi Sunh qishlog’ida edi. Bay’atdan olti oy keyin Madinaga ko’chib o’tdilar. Sunhda yashagan paytlarida shaharga yayov, ba’zan esa ulovda kelar, ustlarida dag’al matodan tikilgan kiyim bo’lardi. Madinaga kelib odamlarga namoz o’qib berar hufton namozidan keyin yana Sunhga qaytar edilar. Abu Bakr Siddiq savdogar bo’lganliklari uchun har kuni bozorga chiqib, oldi - sotdi bilan shug’ullanardilar. Mahallaning qo’ylarini sog’ib berardilar. Halifa bo’lganlaridan keyin bir cho’ri ayol: "Endi bizning qo’ylarimizni sog’mang!", dedi.Shsunda Abu Bakr: "Umarimga qasamki bu ishni davom ettiraman. Umid qilamanki egallagan mavqeim meni o’zgartirolmaydi", dedilar.Alloh rozi bo’lsin,keyinchalik Abu Bakr qilayotgan ishlarini mulohgaza bilan o’ylab shunday hulosaga kelganlar: "Yo’q, Allohga qasamki, qavmning ishi tijorat bilan o’nglanmaydi. Balki, odamlarning ahvolidan xabardor bo’lib turish, ularning islohiga sabab bo’ladigan ishlarni izlab topish uchun barcha yumushlardan forig’lik lozimdir..."

Vafotlari arafasida Abu Bakr Siddiq shunday degan edilar: "Biz musulmonlar ishiga boshliq qilinganimizdan buyon ularning na dinor va na dirhamiga hiyonat qildik. Bizga ular yegan taomning qoldig’igina tegdi.Ustimizga dag’al kiyimlar kiydik. Bisotimizda musulmonlar o’ljasidan faqat mana bu habash qul, suv tashiydigan mana bu tuya va qimmati besh dirhamlik mana bu duhoba bor. Ulani Umarga jo’nating!" Bir rivoyatda Abu Bakr jo’natgan narsalar Umarga olib kelingach uning shunday degani naql qilingan: "Alloh Abu Bakrni rahmatiga olsin. U o’zidan keyingi kishilarni qiynab qo’ydi".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:28:56

Yazid ibn Abu Sufyonga qilingan vasiyat

"Seni amirlikka tayinladim, sinalasan, tajribadan o’tasan. Agar vazifangni chiroyli ado etsang, ziyoda bo’lasan, aks holda vazifangdan ozod etilasan. Allohdan qo’rq! Chunki Alloh botiningni zohiringni ko’rgandek ko’rib turadi. Alloh bilan do’st bo’lishga eng munosib odam Allohga eng muhabbatli kishdir. Seni Xolid ibn Validning o’rniga amir qildim. Johiliyat odatlaridan saqlan, chunki Alloh bu odatlardan va unga amal qilguvchilardan nafratlanadi. Qo’shiningdagilarga chiroyli muomalada bo’l, ularni hayrga yo’lla yaxshilik sari boshla. Nasihating qisqa bo’lsin, so’z ko’paysa ularni eslab qolish qiyinlashadi, natijada bir so’z ikkinchisini unutilishiga sabab bo’ladi. O’zing yaxshi bo’l, shunda odamlar ham senga yaxshi bo’lishadi. Namozaringni vaqtida ruku’ va sujudini mukammal qilgan holda hushu’ bilan ado qil. Agar huzuringga dushman elchilari tashrif buyursa ularga izzat-ikrom ko’rsat. Ularning huzuringda turish muddatini kamaytir, toki qo’shining haqida hech narsa bilmasdan chiqsinlar. Mayli, ular otlaringni ko’rsin, tug’ingni tanib olsin, qo’shiningni haybatini his qilsin. Lekin ular sendan oldin gapirmasin, sen ularning so’zlariga hokim bo’l. Siringni tashqariga chiqarma, ishlaring chalkashadi. Maslahat so’rasang so’zlaring rost bo’lsin, mashvaratingni to’g’rilik asosiga qur. maslahat bergan kishining so’zi seni mahzun qilmasin, nimaiki bo’lsa o’zing tufaylidir. Senga habar keltirgan ashobing bilan tunlarni bedor o’tkaz. O’zingdan pardani ko’tar, ochiq bo’l.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:29:11

Qo’riqchilarni ko’paytir va ularni qo’shinning har tarafiga sochib tashla. Qo’riqchilar kutmaganda hozir bo’l va ularning ustidan doimo nazorat o’rnat. Qaysi qo’riqchini g’ofil holda topsang, unga chiroyli adab, balki oshirib yubormasdan jazo ber. Qo’riqchilik navbat ila bo’lsin. Avvalgi qo’riqchining navbatchilik muddatidan keyingisiniki qisqaroq bo’lsin. Chunki kechaning avvalidagi navbatchilik kunduzga yaqinroq bo’lgani uchun yengil bo’ladi. Jazoga loyiq kishini jazolashdan hayiqma. Qo’l osingdagilarga ortiqcha bog’lanib qolma.Ular tomon shoshaverma, e’tiborsiz ham qodirma. Askarlaring ahvolidan habardor bo’l, g’aflatda qolma, chunki g’ofilliging fasodga sabab bo’ladi. Odamlar orasiga josus qo’yma. Odamlarning sirlarini ochishga qiziqma, ularning zohiri bilan kifoyalan. Bekorchilar ila o’tirma, sidq va vafo ahli ila hamsuhbat bo’l. Yuzma-yuz bo’lishga intil. Toki qo’rqoq emas ekansan, odamlar sendan hayiqadi.O’lja taqsimotida hiyonatdan saqlan. Chunki adolatsizlik qashshoqlikni yaqinlashtiradi, nusrat - g’alabani uzoqlashtiradi. Hali chekkalarga chiqib uzlat qilgan qavmlarga duch kelasizlar, ularni tek qo’yinglar, ularning uzlatiga sabab bo’lgan narsaga ham dahl qilmanglar".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:29:21

Abu Bakr r.a. davrida baytul mol

Abu Bakr r.a. davrilarida baytul mol Sunh qishlog’ida edi. Baytul molning qo’riqchisi ham bo’lmagan. Abu Bakr Siddiqqa:
- Ey Rasulullohning halifasi, baytul molga qo’riqchi tayinlamaysimi? - deyishganida, Abu Bakr:
- Xavf yo’q, - deb javob berdilar.
- Nega? - deb so’rashdi.
- Qulflangan-ku! - dedi Abu Bakr.
Abu Bakr hazratlari to baytul mol tugamaguncha tarqatardilar. Madinaga ko’chganlaridan keyin baytul molni o’zlari turadigan hovliga o’tkazdilar. Abu Bakr Siddiq mollarni taqsimlashda odil edilar. Odamlarni hur va qul, erkak va ayol, katta va kichik deb ajratmasdilar. Abu Bakr r.a. dafn qilingach Umar ibn Hattob ummatning amin kishilari Abdurahmon ibn Avf , Usmon va boshqalarni olib, ular bilan birgalikda baytul molga kelishdi. Baytul mol eshigini ochib, uyerdan na bir dinor va na bir dirham topishdi. Ko’zlaridan oqayotgan yoshlarini to’htatolmasdan: "Abu Bakrni Alloh rahmatiga olsin", deya olishdi, holos. Madinada o’sha paytda Rasululloh zamonlaridan buyon kelayotgan bir hisobchi tarozibon bor edi. U Abu Bakr r.a. huzuridagi mollarni hisoblab borardi. Undan:
- Abu Bakr huzuruga kelgan mollar qanchaga yetgan edi? - deb so’rashdi.
- Ikki yuz mingga! - dedi tarozibon.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:29:30

Qur’onning jamlanishi
 
Abu Bakr Siddiq sahobalar ichida Qur’onning eng bilmdoni edilar. Shuning uchun ham Rasululloh s.a.v. u kishini namozda sahobalarga imomlikka o’tkazgan edilar va: "imomlikka o’ting, ularga Allohning Kitobini o’qib bering... Oralarida Abu Bakr turgan qavmga u kishidan o’zgasi imomlikka o’tishi durust emas!" degan edilar. Yamoma jangida ulug’ sahobalarning aksari shahid bo’lgani tufayli Hazrati Abu Bakr odamlardan eshitilgan, hurmo po’stlariga va terilarga yozilgan Qur’onni to’plab, bir muqova ostiga jamlashni buyurdilar.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:29:40

So’nggi onlaridagi vasiyat va nasihatlari

Abu Bakr Siddiq r.a. o’zidan keyingi halifalik aqdini Umar ibn Hattobga topshirishga qaror qildilar. Abdurahmon ibn Avfni chaqirib, undan:
- Umar haqida nima deysan?- deb so’radilar.
- Ey Rasulullohning halifasi, u siz ko’zda tutgan kishilarning ichida eng afzalidir. Lekin Umarda bir dag’allik bor.
- Ko’nglim bo’shligini bilgani uchun u o’zini shuday tutadi.Agar ish Umarning o’ziga topshirilsa u butkul o’zgaradi, - dedilar Abu Bakr.
Keyin Usmon ibn Affonni chaqirib:
- Ey Abu Abdulloh, Umar haqida nima deysan? - deb so’radilar.
- O’zingiz uni yaxshiroq bilguvchisiz, - deb javob berdilar Usmon.
- Sen ham uni mendan kam bilmaysan, - dedilar ochiqroq javobni kutib Abu Bakr r.a. Shunda Usmon ibn Affon:
- Menga shu narsa ayonki, Umarning botini zohiridan ko’ra yaxshiroqdir, oramizda unga o’hshashi yo’qdir,- dedilar. So’ng Abu Bakrning oldilari Talha ibn Ubaydulloh kirib dedi:
- Odamlarga Umarni halifa qilmoqchimisiz? Yoningizda turib odamlarga qanday muomala qilayotganini ko’ryapsiz. Agar qavm bilan uning o’zi yolg’iz qolsa odamlarning ahvoli nima kechadi? Ertaga Rabingiz raiyatingiz haqida savolga tutsa nima deb javob berasiz!? Abu Bakr r.a. to’shakda yotgan edilar, "meni o’tqizib qo’yinglar", dedilar. O’tqizib qo’yishgach, Talhaga qarab dedilar:
- Meni Alloh bilan qo’rqitmoqchimisan? Bilib qo’y ertaga Rabbimga yo’liqsam va U Zot meni savolga tutsa: "Ahlingga ahlingni eng yaxshisini halifa qilib qoldirdim", deyman.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:29:58

So’ng Usmonni chaqirib:"yoz!" deb buyurdilar: "Bismillahir rohmanir rohiym" Bu Abu Bakr ibn Abu Kuhofaning dunyodagi hayotining so’ngida undan chiqayotib, ohirat hayotining avvalida- unga kirayotib bergan ahdi! Kofir ishonadiga, fojir amin bo’ladigan va yolg’onchi rost so’zlaydigan vaqt ohiratdir. Men sizlarga Umar ibn Hattobni halifa qilib qoldiryapman, unga quloq solingiz, itoat etingiz! Agar adolat qilsa bu mening u haqidagi fikrim va bilimimdir. Agar u almashtirib yuborsa har kimga qilmishiga yarasha bo’ladi. Men yaxshilikni hohladim, g’aybni bilmasman: "Zolim kimsalar esa yaqinda qanday oqibatga qarab ketayotganlarini bilib qolurlar" (Shuaro,227- oyat)". Oisha r.a. otalari Abu Bakr Siddiq r.a. jon berayotgan paytlarida huzurlariga kirib, quyidagi baytni o’qidilar:
Qasamki, umringizga aziz padar,
Qachonki, kelsa yetib,qazo qadar.
Jon halqumga borsa,siqilib ko’krak,
Naf bo’lurmi mardga boyligu tirak.


Shunda Abu Bakr ko’zini ochib: - Unday emas mana bunday,- deb quyidagi oyatni o’qidilar: "Mana o’lim mastligi haqqi rostyetib keldi. ( Ey inson) bu o’lim sen qochguvchi bo’lgan narsadir".(Qof,19-oyat). Keyin dedilar: "Mana bu ikkita ko’ylagimni yuvib,meni ular bilan kafanlanglar.yangi narsaga o’likdan ko’ra tirikalr muhtojdirlar". Salmon Forsiy r.a. Abu Bakr r.a.dan hol so’rab huzurlariga kirdi va: "Ey Abu Bakr, bizga nasihat qiling,- dedi. Hazrati Abu Bakr Siddiq r.a: "Albatta, Alloh oldingizga dunyolar ochadi.Undan o’zingizga ytarlisini ol! Bilgilki, kim bomdod namozini ado qilsa, bas, u Allohning himoyasidadir. Allohning himoyasida bo’lgan holda Allohga bergan ahdingni buzma. Agar buzsang,yuzing bilan jahannamga uloqtirilajaksan!"- dedilar.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:30:12

Umar r.a.ga qilgan vasiyatlari

So’ngra Abu Bakr r.a. Umarga shunday vasiyat qildilar: "Bilgilki, kunduzi Allohning haqqi bor uni kechasi qabul qilmaydi. Allohning kechsidagi haqqi bor uni kunduzi qabul qilmaydi. To farz ibodatlaringni ado etmaguningcha, nafl ibodatlaring maqbul emas. Qiyomat kunida kishining tarozusi og’ir bo’lishi bu dunyoda haqqa ergashgani va haqqa ergashish og’ir bo’lgani uchundir. Qiyomat kunida kishining tarozusi yengil bo’lishi bu dunyoda botilga ergashgani va botilga ergashish oson bo’lgani uchundir. Alloh jannat ahlini yaxshi amallari tufayli zikr etadi, yomonliklarini kechiradi. Shunda biri deydi: "Men bulardan pastman men bularning martabasiga yetolmayman". Alloh do’zah ahlini yomon amallari tufayli zikr etadi, solih amallarini rad etadi. Shunda biri aytadi: "Men bulardan afzalman". Alloh taolo mo’minlarda rag’bat hosil bo’lishi uchun rahmat oyatini, qo’rquv hosil bo’lishi uchun azob oyatini zikr etdi. Toki ular o’zlarini halokatga tashlamasinlar, Allohdan haqdan o’zgasini kutmasinlar. Agar ushbu vasiyatimni hotirangga mahkam joylasang, g’oyib narsalar ichida sen uchun o’limdan suyuklirog’i bo’lmaydi.Holbuki, o’lim haqdir. Agar ushbu vasiyatimni unutsang, g’oyib narsalar ichida senga o’limdan manfurroq narsa yo’q! Holbuki, o’lim muqarrar, undan qochib qutulolmaysan!".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:30:31

Sahobalarga qilgan vasiyatlari

Said ibn Musayyab deydi: "Abu Bakr r.a.ning o’lim onlari yaqinlashgach, sahobalardan bir guruhi huzurlariga kirdi va: "Ey Rasulullohning halifasi, bizni nasihatingiz ila oziqlantiring,- dedi. Abu Bakr r.a. dedilar: "Kim Quyidagi kalimalarni aytib jon bersa, Alloh uni " ufuqul mubin" ga ko’taradi: "Allohim! Albatta Sen halqingga ehtiyoj bo’lmagan holda ularni yaratding. So’ngra ularni ikki guruhga- jannat va jahannam ahliga ajratding. Meni jannat ahlidan qil, jahannam ahlidan qilma.Allohim! halqingni tafovutli qilib yaratding. Yaratishingdan oldin ularni tanlading. Kimnidir badbaht etding, kimnidir saodatmand! Kimnidir adshgan qilding, kimnidir to’g’ri yo’lda! Gunoglarim tufayli meni badbahtlar toifasidan qilma. Allohim! Har bir jonni yaratishdan oldin uning amallarini bilguvchi Zotsan. Hech bandangga Sen bilgan narsadan qochib qutulish imkoni yo’q. Meni O’zingga qiladiganlar jumlasidan ayla. Allohim! Bandalaring harakatini O’zing taqdir qilgansan. Biron narsa Sening izmingsiz harakatlana olmas! Harakatlarimga taqvoni asos qil. Allohim, yaxshilik va yomonlikni yaratding. Yaxshilik va yomonlikni qilguvchini ham yaratguvchi O’zing! Va, meni jannat ahlidan qil, Allohim! Qaysi qvmga zalolatni yor etding, ko’kragini tangu-tor etding. Bas, meni ko’ksimni iymon uchun och, qalbimni iymon ila ziynatla. Allohim! Ishlarni tadbir etuvchi O’zingsan. Natijani ham belgilovchi ham O’zing .O’limdan so’ng meni go’zal hayot bilan tiriltir va o’zinnga yaqin qil. Allohim! Kimki kunduzi va kechasini Sendan o’zgaga ishonch va umid bog’lab o’tkazsa ziyondadir. Allohim! O’zing mening ishonchim va umidimsan. Mutlaq kuch va qudrat O’zingagina hos!" Bu aytganlarimning barchasi ulug’ Allohning Kitobida bordir. Shunda sahobalar "Ufuqul mubin" nima?- deb so’rashdi. Abu Bakr r.a: "Arsh oldidagi maydondir.U yerda Allohning bog’lari daryolari va darhtlar bor. Har kuni bu manzilga yuzta rahmat yog’ladi. Kim ushbu so’zlarni aytsa Alloh uning ruhini o’sha manzilda hozir qiladi, InshaAlloh".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:30:43

Vafotlari

Abu Bakr Siddiq r.a. hijriy o’n uchuinchi yil, jumadul ohir oyining yigirmaikkinchisida, dushanba kuni (melodiy 634 y 25 avgust) shom bilan hufton orasida 63 yoshlarida vafot etdilar. Foniy dunyodagi so’nggi so’zlari: "Meni musulmon holimda vafot ettirgin va solihlarga qo’shgin", deyish bo’ldi. Aytishlaricha, salqin kunda hammom qilganlar,o’n besh kun istimalab yotdilar, jamoat namoziga chiqolmadilar. Imomlikni Umarga buyurdilar. (Abdurahmon ibn Abu Bakr rivoyati).

Abu Bakr r.a. ikki yilu uch oyu o’n kun halifalik qildilar. Jasadlarini yuvishni ayoli Asmo binti Umays va o’g’li Abdurahmonga buyurdilar. Janozalarini Umar ibn Hattob o’qidilar. Jasadlarini o’g’li Abdurahmon, Umar, Usmon va Talha qabrga olib kirishdi. Lahad Rasululloh s.a.v.ning lahadlariga yopishtirib qilindi, boshlarini esa U zotni yelkalariga baravar etib qo’yishdi. Qabrlarining ustini Rasululloh s.a.v.nikidek tekis qilindi. O’shanda Oisha r.a. va boshqa ayollar yig’lagani eshitildi. "Yig’ini bas qilishsin", dedilar Umar r.a. Lekin ayollarning yig’i tovuchi tinmadi. shunda Umar r.a. Hishom ibn Validni chaqirib: "Bor bu yerga Abu Kuhofani qizini olib chiq" , - dedilar. Hishom Abu Bakrni singlisi Ummu Farvani olib chiqdi. Umar r.a. uni qamchi bilan boplab ta’zirini berdilar. Shundan so’ng ayollarni yig’isi to’htadi.

Qayd etilgan