Abdurashid Zohid. Siddiqnoma  ( 46178 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 B


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:30:54

Abu Bakr Siddiq r.a. nihoyatda kamgap, ko’p sukutli inson edilar. Shuning uchun ham u zotndan atiga 42 ta hadis rivoyat qilingan. Holbuki, Abu Bakr Islomning ilk kunlaridan to Rasululloh s.a.v. vafotlarigacha u kishining doimiy yonlarida bo’lgan ishonchli mulozimlaridan edilar.

Ha, Abu Bakr Siddiq r.a. ashobni so’zamollikdan qaytarar edilar va tiliga ishora qilib: "Bu narsa tufayli menga ko’p balolar yuzlandi", der edilar. Hatto oz gapirish uchun og’zilariga tosh solib yurganlari rivoyat qilingan. Aziz zamondosh! Tilga O’ta ehtiyotkor bo’lgan Abu Bakr Siddiqday zot shunday deb tursa, sukutdan gapni, amaldan so’zni afzal biladigan bizdek kaslarni ahvoli nima kechar ekan?!

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:31:07

Ali ibn Abu Tolibni ta’ziya so’zlari

Ali r.a. Abu Bakr r.a. vafotlarini eshitib, yig’lab, istirjo’ aytib keldilar.Eshik oldiga yetgach to’htadilar va shunday dedilar: "Alloh sizni rahmat qilsin ey, Abu Bakr. Qasamki siz Islomga ilk kirganlardan edingiz.Odamlar ichida hulqi chiroyli iymoni baquvvat, qvmning badavlati ahm o’zingiz edingiz. Rasululloh s.a.v.ni hamisha qattiq himoya qildingiz, doimo Islomga moyil bo’ldingiz. Ummatga jonkuyar edingiz. Fazl, hidoyat hatto sukut jihatidan Allohning rasuliga eng muvofiq zot ham o’zingiz bo’ldingiz. Islomga, Allohning rasuliga va musulmonlarga mehrli edingiz. Alloh sizni yaxshilik ila mukofatlasin. Odamlar Rasululloh s.a.v.ni odamlar yolg’onchi deganlarida siz u zotni rostgo’y deb tasdiqladingiz. Hamma u zotga bahillik qilganida siz sahovat ko’rsatdingiz. Hamma o’tirgan paytda siz Rasululloh s.a.v. bilan birga tik turdingiz. Alloh sizni O’z Kitobida "œsiddiq" deb nomladi.

"Rost Qur’onni keltirgan zot va uni tasdiq etgan (mo’minlar)- ana o’shalar taqvoli zotlardir". ( Zumar, 33- oyat) Alloh taolo bu oyatda Rasuli ila sizni nazarda tutgandir. Kofirlarga ofat, musulmonlarga qo’rg’on edingiz. Hujjatingiz hech qachon noto’g’ri bo’lmadi. Idrokingiz hech qachon zaiflashmadi. Tog’dek barqaror turdingiz,sizni na bo’ronlar o’rningizdan va na chaqmoqlar ruhingizni yiqoldi. Rasululloh s.a.v. aytganlariden sizni badaningiz kamquvvat, elk diningiz quvvatli edi. Nafingizni horu haqir tutardingiz, lekin Allohning huzurida aziz, yer yuzida ulug’, musulmonlar nazdida yuksak edingiz. Oldingizda hech kim kibr va tama’ qilolmas edi. Huzuringizda zaiflar kuchli kuchlilar zaif edi, zaifning haqqini kuchlidan so’zsiz olib berar edingiz. Alloh bizni ajringizdan benasib qilmasin. Sizdan keyin bizni adashtirmasin. Amiyn".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:31:27

Oisha onamizning ta’ziya sozlari

"Alloh yuzingizni yorug’ qilsin otajon. Solih amallaringizdan O’zi rozi bo’lsin. Dunyodan yuz o’girib, uni hor tutdingiz, ohiratga yuzlanib aziz bo’ldingiz. Rasululloh s.a.v. vafotidan keyingi eng katta musibat sizning vafotingizdir. U zordan keyingi eng katta yo’qotish sizni yo’qotishimizdir. Albatta, ulug’ va qudratli Zot Allohning Kitobi bizni chiroyli sabr qilishga undaydi. O’limingizga sabr etish bilan Allohning amriga bo’ysinamiz. Siz uchun ko’p istig’for aytib, Allohdan yordam so’rayman. Sizga Allohning salomlari bo’lsin..."

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:31:38

Abu Bakr r.a. e’tiroflari

Abu Bakr r.a. deydilar: "Dunyo uchun qayg’urmayman, ammo uch ish bundan mustasno. Ha, uch ish qildim koshki shuni qilmaganimda edi. Uch ishni tark qildim koshki shuni qilganimda edi va koshki uch savolni javobini Rasululloh s.a.v. dan so’ragan bo’lsam edi... Koshki bay’atni kechiktirgan Fotimani oilasini o’z holiga qo’ygan bo’lsam edi, garchi ular menga o’z eshiklarini yopib olgan bo’lsalarda. Fujoa’ ibn Sulamani koshki o’tda yoqmagan bo’lsam edi, koshki uni boshqa jazo bilan qatl etgan yo qo’yib yuborgan bo’lsam edi. Koshki bani Soidaning shiyponida halifalik tayin bo’lgan kunda bu ishni ikki kishiga Umar yo Abu Ubaydaning biriga yuklagan bo’lsam edi. Ularni birini amir-u o’zim vazir bo’lganimda edi. Ash’as ibn Qays asir holda huzurimga keltirilganida koshki uni o’ldirganimda. O’shanda u o’zini yomonlik qilmaydigan, musulmonlarga yordam beradigan qilib ko’rsatgan edi-ya?! Xolid ibn Validni murtadlarga qarshi jo’natganimda koshki o’zim Zulqissada bo’lganimda, agar musulmonlar g’alaba qozonsalar ham, mag’lub bo’lsalar ham yonlarida turgan va yordam bergan bo’lardim. Xolid ibn Validni Shomga jo’natganimda koshki Umar ibn Hattobni yo’llagan bo’lsam shunda Alloh yo’lida ikki qo’limni cho’zgan bo’lardim. Koshki Allohning rasulidan kim halifa bo’lishini so’rab olganimda edi, bu hususda hech kim tortishmasdi. Koshki Rasululloh s.a.v.dan halifalikda ansorlarni ham ulushi bor yo’qligini so’rab qolganimda edi... Koshki Rasululloh s.a.v.dan qiz jiyan va ammalrning merosi hususida so’ragan bo’lsam, chunki bu masalaning yechimidan qalbim qanoat topmadi".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:31:57

O’ylatadigan savollar. So’nggi so’z o’rnida

"Siddiqnoma". Bu mo’jaz risolani o’qib qanday taassurot oldingiz? Nimani angladingiz? Siddiqni tanidingizmi? Bu sifatga musharraf zotning muborak hayoti bilan oshno bo’lish sizga nima berdi? Abu Bakr Siddiq r.a.ning hayoti Rasululloh s.a.v.ning tegrasida emas, balki quchog’ida, ilhiy vahiylar asosida kechgan hayot. Alloh rasuliga eng muvofiq, eng sodiq, suyukli do’stning hayoti. Bu hayot Rasululloh s.a.v.ning halifasi, sahobalarning ulug’i, dini Islomning qo’rg’oni, ummat ichida yaxshilarning yaxshisi bo’lgan buyuk siymoning hayoti. Bu hayot din yo’lida ne-ne aziyatlar chekkan molini va jonini tikkan asri saodat tongini, Islom quyoshi charaqlagan kunlarni Rasululloh s.a.v. bilan birga qarshilagan siddiqlik maqomi sohibining hayoti. Chiroyli hulq, go’zal hislatlar Rasulullohdan o’tib, sidqu-vafo timsoli bo’lmish bu zotning qon-qoniga singgan desak yanglishmaymiz. Alloh u zotni O’z Kitobida "siddiq" deb nomladi, husni hulq ila ziynatladi. Hosh, Siddiqni tanidingizmi? Tanigan bo’lsangiz, bilngki, bu hidoyat yo’lining boshi. Muhimi - bu yo’lda sobitqadamlik, qanday yashash kerakligini o’rganish va siddiqlardek yashash. O’zimga o’zim savol beraman: Senda zarracha siddiqlik bormi? Siddiqqa o’hsharmisan? ALLOH yo’lida iymon e’tiqodda saboting qanchalik? Abu Bakr Siddiqning Muhammad s.a.v.ga mehr muhabbatlarini ko’z oldingga keltir. Do’stni birodarni Siddiqdek seva olasanmi? Еahlikali vaziyat yuz bergan paytlarda do’sting uchun qattiq turishga toqating yetadimi? Nomardlik qilib tashlab ketmaysanmi? O’z jonini hovuchlab birodaridan yuz o’girgan yuzlarga qarolar bo’lsin.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:32:08

Eslang! Allohga oshkor da’vat qilganida, Abu Bakr r.a.ni mushriklar shafqatsiz kaltaklab, yuzlariga temir poshnali kavushlari bilan urdilar, og’zi burnini yaralab, qonga beladilar. Qabiladoshlari uyiga eltganlarida ahvoli og’ir, so’zlashga ham majoli yo’q edi. Tilga kitgach birinchi so’zi "Muhammad" bo’ldi, do’stining holini surishtirdi. O’zi chekayotgan og’riqlarni unutdi, joni ko’ziga ko’rinmadi, chunki Alloh rasulini jonidan ham ortiq ko’rardi. Ahvoli shinchlaik og’ir bo’lishiga qaramay onasiga suyanib bo’lsa ham Rasululloh s.a.v.ning oldilariga bormaguncha Sarvari olamni ko’rmaguncha ko’ngli tinchimadi. Siddiqlik shunday bo’ladi. Allohdan emas bandadan qo’rqib qora sharpalardan cho’chiydigan hurkaklar, qon-qarindposhdan mol-jonini qizg’anadigan dunyoparastlar, ahdu paymonida turmaydigan og’machilar, ikkiyuzlamachilar kishiga do’st bo’la oladimi?! Siddiq bo’lsang ularga yondoshma, bundaylardan hazar qil. Ammo nuqsonini vaj qilib do’stdan kechm, qusurdan qutulishda unga holis yordam. Mana Abu Bakr r.a.ning bu hususdagi so’zlari: "Yaxshi amallarda menga yordam beringlar, agar adashsam to’g’ri yo’lga boshlab qo’yinglar". Bu so’zlar o’zini bequsur his qiladigan, hatosini tan olishni istamay boshi berk ko’chaga kirib ketadigan va unda adashib yurib, o’zini va boshqalarni qiynaydigan kimsalarga ogohlantirish, to’g’ri yo’lga da’vat emasmi? Qani edi, jumla hatolarimizning boshi kibardan halos bo’lolsak. Kuch-quvvat omili - adolatda, hatolar iqrorida, nuqsonni tuzatishda ekanini zo’rlik, tahdidu ta’qib halokatga eltishini anglab yetsak, ana shunda haqiqat qaror topadi, kuchlida zaifning haqi qolmaydi. Odamlarga qarab: "Kim orangizda zaif bo’ls meni huzurimda kuchlidir haqqini olib beraman", deya hitob qilgan Abu Bakr Siddiq r.a. hamisha adl turdilar, soz va ishlari bir bo’ldi.

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:32:19

Gap haq-huquqlar himoyasida borar ekan, bu masala bugun ham o’zining dolzarbligini yo’qotgani yo’q. Atrofimizga boqaylik: firibgar aldab, porahor tovlamachilik qilib, mansabdor mansabini pesh qilib, sudho’r muhtojlarga foizli qarz berib, zo’ravon kuch-yarog’i bilan qo’rqitib, odamlarning molu joniga tajovuz qilishlari qachongacha davom etadi?! Dunyo deb dindan kechishl;ar, tarozudan urishlar, yolg’on qasamlar tokaygacha?! Bu savollar bugun hammamizga dahldor. Rost so’zlasak, rost so’zga amal qilsak, inshaAlloh salbiy holatlar barham topadi. "Sidq omonatdir, kizb hiyonatdir", degan edilar Abu Bakr r.a.Rost so’zlash- ilohiy amr. Amr Allohdan kelgani uchun ham omonat.Uni buzish esa omonatga hiyonatdir. Demak, rostlik ustidsa qoyim turmaslik kizb yolg’onchilikiymondan emas. Siddiqlik tozalanish va poklanishning shartidir. Bu jarayon insonning o’z vujudiga ham, jamiyatga ham hos bo’lib, mardonalikni, kamolot yo’lida sabot-matonatni, po’latdek irodani talab etadi. Shunday matonat va iroda Abu Bakr r.a.da mavjud edi. Bunga dalil qilib, u zotning ta’ziyasida Ali r.a. aytgan gaplarni keltirish mumkin: "Hujjatingiz hech qachon noto’g’ri bo’lmadi va idrokingiz hech qachon zaiflashmadi. Tog’dek barqaror turdingiz. Sizni na bo’ronlar o’rningizdan siljitoldi, na chaqmoqlar ruhingizni yiqoldi".

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:32:30

Tog’dek salobatli, bukilmas irodali, sherdek haybatidan zolimlar ham titraydigan ana shu ulug’ inson nafsni horu faqir tutar, g’arib-miskinlar oldida kamtarin ipakdek muloyim, ojizu bechoralarga munis- mehribon edi. Madinaning chekkasida yashovchi ko’zi ojiz bir kampirnikiga tunlari borib uy yumushlariga qarashgani, hatto taom tayorlab yedirgani, g’arib-faqirlarga g’amxo’rlik va muruvvat ifodasi, hayru savob topishga zo’r ishtiyoq namunasi emasmi? O’zimga savol beraman: Nafsing oromoni buzib qaysi muhtojga yordam berding? Alloh omonatga bergan bisotingdagi narsalardan infoq-ehson qildingmi? Qiyinchilikni o’zingga olib kimning mushkulini oson qilding?Boshiga ish tushgan birodaring uchun qayishdingmi? "Kimyoyi saodat" kitobining muallifi deydi: "Haromdan saqlanish- vara’, shubhali narsalardan saqlanish- taqvo, ohirat ozig’i bo’lmaydigan narsadan saqlanish- sidqdir, bu amalning sohibi siddiqdir". Qani endi ayting: ohirat ozug’i bo’lmaydigan narsadan saqlandingiz? So’zda, niyatu amalda, iymoni e’tiqodga sadoqatda siddiq bo’la olarmikinmiz?!

Qayd etilgan


mubashshir  11 Iyul 2006, 11:32:47

Vassalamu alaykum! Bu mo’jazgina, lekin juda go’zal va biz uchun foydali asarni sizlarga ilindim. Agar buni joylashtishda katta va kichik hatoliklarga yo’l qo’ygan bo’lsam Allohdan mag’firat, sizlardan uzr so’rayman. Bu asar sizga ham yoqadi degan umiddaman. Alloh barchamizni ikki dunyoda siddiqlar ila birga qilsin. Har birimizni siddiqlardek umr o’tkazishimizni nasib qilsin. Amiyn Ya Robbil A’lamiyn. Bu kitob muallifiga va men ojizu haqir birodaringiz haqqiga sizlardan duo kutib qolaman. Alloh sizlardan rozi bo’lsin.

Qayd etilgan


mubashshir  15 Iyul 2006, 09:08:13

Abu Bakr Siddiqning r.a. hikmatli so'zlari.
Avsat ibn Ismoil aytadi:"Rasululloh s.a.v. vafotlaridan 20 kun o'tib Abu Bakr r.a. minbarga hutba qilish uchun ko'tarildilar.
"O'tgan yili mana shu o'rinda,-dedilar u zoti sharif,- Rasululloh s.a.v. turgan edilar". Shu gapni aytib yig'lab yubordilar. So'mg so'zlarida davom etib:"Ey, insonlar, sidq rostgo'ylikni mahkam tutinglar.Chunki sidq yahshilik bilan birga va u ikkalasi jannatdadir. Yolg'ondan saqlaninglar, chunki yolg'on fujur bilan birga va uikkisi jahannamdadir. Alloh azza va jalladan ofiyat-omonlik tianglar. Chunki iymondan keyin bandaga ofiyatdan ko'ra yahshiroq narsa berilmagan.O'zaro aloqalaringni uzmanglar,adovatlashmanglar,bir-birlaringga hasad, g'azab qilmanglar va Allohning og'a ini bandalari bo'linglar",dedilar".

Qayd etilgan