Iymonlashish umidi ila...  ( 38308 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 4 5 6 7 8 9 B


Nurdinboy  27 Yanvar 2011, 22:59:59

Nafsimiz bizlarni yomon narsalarga buyuradi. Biz unga quloq soldikmi, tamom, nafsimiz quliga aylandik. Haqning quli emas, nafsimizning quli bo'ldik. Alloh barchamizni shu qullikdan asrasin.
Omin ya Rabbil olamiyn.

Qayd etilgan


Muvahhid  18 Sentyabr 2011, 08:58:00

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh
Bismillahir Rohmanir Rohiym

   Asvad ibn Hilol deydi:
"Biz Muoz ibn Jabal bilan ketayotganimizda, ko'pincha bizga: "Kelinglar, o'tirib, bir soat Iymonlashaylik", deb aytar edi".
  Har bir inson, har bir Haqni tanigan qalb uchun eng qimmatli narsa - Iymondir. ALLOH taolo faqatgina O'zi sevgan bandalarinigina Iymon ne'mati bilan ne'matlantiradi. Zero:"ALLOH taolo hidoyatga boshlagan, Iymon nuridan bahramand qilgan insonni adashtirguvchi yuq. ALLOH taolo O'z hidoyatidan uzoqlashtirgan , Iymon nuridan bebahra qilgan insonni to'g'ri yulga boshlaguvchi yuq".
  Iymonlashish Musulmon kishi qalbini poklovchi, musulmon qalbni tafakkurga boshlovchi, musulmon dillarga orom, sakinat, ofiyat berguvchi ulug' ne'matdir.
  Mana shuning uchun ham ulug' sahobiy Muoz ibn Jabal roziallohhu anhu o'z birodarlariga "Kelinglar, o'tirib, bir soat Iymonlashaylik" deb aytgan bo'lsalar kerak.
 

Qayd etilgan


Muvahhid  18 Sentyabr 2011, 09:04:41

     Bismillahir Rohmani Rohiym
  Iymonlashish - bu ikki yoki bir nechta musulmon qalblarning o'zaro fikr almashuvi, o'zi bilmagan ilmini o'z birodaridan o'rganishi, o'zi bilgan, o'qib o'rgangan ilmi bilan o'rtoqlashuvidir.
  Iymonlashish - bu Ilm va Amal deb nomlanuvchi binolarning poydevoridir. Iymonlashish - bu ilm ahllarining bilim halqalari, ilm majlislaridir.
  Iymonlashish - bu musulmon birodaringni qalbiga Iymon halovatini va Iymon nurini sochishingdir.
  Iymonlashish - bu Qur'oni karimni o'qib, o'rganib uni Tafakkur qilishdir. Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam hayotlarini, sunnatlarini, hadislarini o'rganishdir. Ulug' Payg'ambarlarni, Sahobiylarni, Tobeyinlarni, Mujtahidlarni Islom olim va ulamolarining ibratli hayotlarini o'rganib o'z hayotimizga joriy etishimizdir.
  Iymonlashish - bu Vatanimiz Jannatga qaytish yulimizning bizga ALLOH taolo ko'rsatgan asosiy dasturidir.

Qayd etilgan


Хадича  21 Noyabr 2012, 21:56:53

Rashk haqda.

Rasuli akram ( s.a.v.) marhamat etadilar:
" Isro kechasida  ( Me'rojga chiqarilganimda )  jannatda bir bino ko'rdim. Ko'shk yonida bir ayol tahorat olardi.
- Bu ko'sh kimniki ? -deb so'radim.
- Umarniki ! -deyildi.
O'sha ko'shkni aylanib ko'rmoqchi bo'ldim,lekin  Umarning rashkchi ekanini eslab istagimdan voz kechdim ! "
Rasululloh ( s.a.v. ) ning bu so'zlarini eshitgan hazrat Umar ( r.a. ) yig'lay boshladilar va :
- Yo Rasululloh ! Sizga qarshi ham rashk tuyarmidim ! -dedilar
( Buxoriy, Bad'ul-Xolq, 8 Nikoh, 108; Ibn Moja, Muqaddima, 11 ;  Ibn Hajar, Fathul-Boriy, 10/400-401 ).

Rasuli akram ( s.a.v. ) marhamat etadilar:
" Alloh taolo qizg'onadi. Mo'min qul ham qizg'onadi. Alloh qulini haromdan qizg'onadi. (Qulni haromdan asraydi). Shuning uchun ochiq-yashirin barcha yomon ishlarni ta'qiqlab,xarom qildi".
(Buxoriy,Nikoh,107 ; Muslim, Tavba,36 ; Termiziy, Rido, 14 ; Ahmad, Musnad, 2/342).


Rasululloh aytdilar:
" Albatta, Alloh taolo ba'zi rashkchilarni yaxshi ko'radi, ba'zi rashkchilarni yomon ko'radi (nafratlanadi,la'natlaydi). Huddi shunday ba'zi g'urur va kibrni sevadi,ba'zilarini la'natlaydi. Sevgan rashki-erkakning haqli ravishda xotinini qizg'onishidir. Sevmagan qizg'onishi esa hech qanday dalil-belgisiz,o'rtada shubha,dog' bo'lmagani holda er xotinini qizg'onishidur. Alloh sevgan g'urur va kibr kishi dushman bilan qarshilashganda va bir iztirob-musibat bilan yuzma-yuz kelganda shon-sharaf bilan mardlik va jasorat ko'rsatishidir. Alloh la'natlagan,nafratlangan,yomon ko'rgan g'urur va kibr esa,botil va behuda bir ishda maqtanib,g'ururlanishi va kibrlanishidir"
( Abu Dovud, Nikoh, 104 ; Nasoiy, Zakot, 66 ).

Payg'ambarimiz (s.a.v. ) Alloh qiyomat kuni quyidagi uch toifa odamga rahmat nazari bilan qaramasligidan,ularni jannatga qo'yilmasligidan xabar berganlar:
- Ota -Onasiga oq bo'lganlar ( isyon qilganlar,ularning haqlarini oyoq-osti qilganlar,toptaganlar).
-Ayolini begona erkaklardan qizg'onmaganlar. (Ayollarining harom ish va aloqalaridan zavq olgan erkaklar).
- ( Qiliq,qiyofa-kiyinishi, hol va harakatlari bilan erkakka o'xshash) erkakchalish ayollar.
( "Oila saodati", 55, Toshkent,2012)

Qayd etilgan