Kundalik..  ( 82645 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 ... 15 B


mutaallimah  23 Aprel 2009, 23:59:46


Bu blogni "Kundalik.." deb nomladim.. Bir olim xar doim kundalik tutib yurar ekan.. Ertangi ishlarini oldindan re yozib yurar ekan.. Lekin ERTA Allohniki bo'lgani uchun rejadagidan ancha farqli bo'lishi juda ko'p kuzatilar ekan.. Bu Allohning taqdiri.. Niyat qilish kerak, duo qilish kerak, lekin biror narsani aytgan vaqtimda aniq bajaraman deb qat'iy ishonmaslik kerak.. Kelajakni egasi Alloh..
 Payg'ambarimiz sollalohu alayhi va sallam hayotlarini o'qiganimizda, eshitganimizda u zotning ashoblariga ulardan avvalgi yashab o'tgan qavmlar haqida qissalar aytib berganlarini, sahobalaridan kimningdir iymoni zaiflashganini sezganlarida biror go'zal qissa gapirib berganlarini ko'ramiz..
 Alloh Ta'alo o'z payg'ambariga go'zal qissalar vahiy qildi va:
120. (Ey Muhammad), sizga payg‘ambarlarning xabarlaridan dilingizni mustahkam qiladigan qissalarni so‘ylab berurmiz va bu qissalarda sizga haqiqat va pand-nasihat hamda barcha mo‘minlar uchun eslatmalar keldi.
3. (Ey Muhammad), Biz sizga ushbu Qur’on (surasi)ni vahiy qilish bilan qissalarning eng go‘zalini so‘ylab berurmiz. Holbuki (Qur’on nozil bo‘lishi)dan ilgari, siz (bu qissadan) bexabar kishilardan (biri) edingiz!
(Yusuf surasi) dedi..
 Bu mavzuda o'zimiz guvoh bo'lgan, yoki kimdandir eshitgan eng go'zal qissalarni birodarlarimiz bilan bo'lishamiz InshaAlloh zora shu qissalar kimningdir iymoni kuchayishiga dinini, payg'ambarini, robbisini tanishga intilishi kuchayishiga sabab bo'lsa...
 Bundan tashqari birodarimiz ibrat olishi mumkin bo'lgan xar qanday gaplarni ham keltirishimiz mumkin..

Bu mavzuning ba'zi shartlari.:
1. Intenet saytlarida u yerdan bu yerga "ko'chaverib" deyarli hammaga yod bo'lib ketgan hikoyalar qo'yilmasin.
2. Bu yerdan boshqa forum yoki saytlarga ko'chirilishi taqiqlanmaydi.. Faqat manbaani keltirish unutilmasin..


Hamma o'zi bilgan tilida yozishi mumkin :)
Foydali off toplarga qarshilik yo'q..
Bo'o'o'ldi.. :)

P.S.: O'zingiz yozgan ibratli maqolalarni ham qo'yishingiz mumkin.. :  )

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Aprel 2009, 02:36:38


Joynamoz bilan suhbat..

Qishning sovuq kechalaridan birida dunyo ishlaridan charchab xorigan Abdulloh yotog'ida qattiq uyquga ketdi..
Bamdoddan ozgina oldin kuchli chanqoqdan uyg'onib ketdi. Endigina turib suv ichib kelmoqchi edi ham-ki yerdan chiqayotgan inqillash ovozidan hayron bo'lib turib qoldi. U yoq bu yoqqa qaradi, birdan ovoz tinib qoldi.. Turib suv ichidida yana yotog'iga qaytdi. Inqillash ovozi yana chiqa boshladi bu safar juda qattiq edi huddi yig'i ovoziga o'xshardi.. Yerni silab-silab "joynamoziga" bordi ovoz tindi.. Bundan xayratlanib :
- Joynamozim sen inqillayotganmiding? deb so'radi..
- Ha..
- Nega?!
- Chanqoqdan uyg'onib ketding, suv ichib nafsingni qondirding.. Men ham chanqadim lekin chanqog'imni bosadigan odam topa olmadim!!
- Bir piyola suv olib kelib berishimni istaysanmi?
- Yo'q.. Mening chnqog'im bu suv bilan qonmaydi.. Meni chnqog'imni tavba qilguvchi obid insonlarning ko'z yoshlari qondiradi..
- Men senga bunday turli suvni qayerdan topib berishim mumkin?
- Mana shu meni yig'lashimning sababi.. Tur ey Abdulloh Alloh uchun tun zulmatida ikki ra'katgina namoz o'qigin, qabr zulmati va jazosidan qutilishinga sabab bo'lsin.. Ozgina vaqt qoldi undan keyin bamdodga azon aytiladi..
- O'z holimga qo'ygin  "joynamozim"..
- Ey Abdulloh bamdod namoziga turgin toki u qalb va ruh uchun hayot demakdir.. Ana azon vaqti bo'ldi "namoz uyqudan afzal" deb qaytarishlik uchun.. Sen har kun kecha-yu kunduz dunyo nidolariga javob berasan-u Aziz Qahhor zotning nidosiga javob bermaysanmi?!
 - Jahli chiqib dedi: Joynamozim uxlashga qo'ygin.. O'zing ko'rasan-ku xar kuni charchab xorigan xoldagina uyga qaytaman. Keyin yopinchig'ini olib ko'ksiga yopdi issiqlikni his qilib rohatlanib uyqu sultoniga o'zini topshirdi..
- Abdulloh dunyo uchun dining uchun berganingdan ko'proq berishga rozi bo'lasanmi?
Hukm qilgan tarzda: - Jim bo'l ey joymanozim.. Iltimos boshqa gapirma.. Men juda ham charchaganman uyqum kelayapti..
Abdullohning gaplaridan ta'sirlangan joynamoz jim bo'lib qoldi.. Keyin hafa bo'lgan tarzda: Ooohh bamdod erkaklari.. oooh bamdod erkaklari deb qo'ydi..
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallamning : "Do'zah olovi quyosh chiqishi va botishidan oldin namoz o'qigan odamga tegmaydi" (bamdod va asr namozlari) degan gaplarini eshitmaganmisan?! (Muslim rivoyati)
Payg'ambarimiz sollallohu alayhi va sallam aytdilar: "Kim ikki salqin (bomdod va asr namozi)ni o'qisa. Jannatga kiradi" ( Buxotiy va Muslim rivoyatlari).
Yana boshqa hadisda aytdilarki: "Munofiqlarga og`ir bo`lgan namoz hufton va bomdoddir. Odamlar u ikkisida bo`lgan narsa (yaxshilik) larni bilsalar e`di, e`maklab bo`lsada kelar e`dilar" (Muttafaqun alayh).
Abdulloh g'aflatidan ozgina chalg'ib: - Rostdan ham bomdod namozi juda muhim..
- Tur ey Abdulloh.. Tur..
- InshaAlloh ertagadan boshlayman.. Faqat bugun meni tinch qo'y, uhlay qolay juda charchaganman..
Joynamoz hafa bo'lib "Savobli amallarga cho'kmagan odamga har qanday holda og'ir" deb qo'ydi..
- Turaqol Abdulloh ertaga qabringda ko'o'p uhlaysan.. Gaplarim va nasihatlarimni esla.. Dedi va uni o'z xoliga qo'ydi..
Abdulloh uxladi.. Bu uning xayotidagi eng uzun uyqusi edi.. Ruhi o'sha soatdayoq jasadidan chiqan edi..


Manba'a

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Aprel 2009, 10:06:53

Tobeinlardan Hasanul Basriy, Zayn al Abidiyn va boshqalarning hayotlarida biz uchun juda ham ibrat olishga loyiq ajoyib voqealarni ko'ramiz..
Shulardan :
Zayn al-Abidiin rohimahulloh xar doim onalari o'tirgan dasturxonda laganga eng oxiri qo'l uzatar ekanlar.. Buning sababini so'rashganda "Onam yemoqchi bo'lgan luqmaga qo'l uzatib qo'yishdan qo'rqaman, chunki bunday bo'lsa onam o'zlari yemoqchi bo'lgan taomni menga beradilar" degan ekanlar...

Ota-onani xurmat qilish haqida juda ko'p narsalar o'qiymiz, eshitamiz, vaqti kelsa gapiramiz.. E'tibor berilsa juda oddiy narsalarga ham bee'tibor ekanmiz...

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Aprel 2009, 11:25:08

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=cAzXdkgwpfo" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=cAzXdkgwpfo</a>

Arabcha harflar nashidasini yodlash..
Bog'cha bolalari uchun  :)

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Aprel 2009, 11:38:31


Arabcha harflar nashidasini yodlash..
Bog'cha bolalari uchun  :)

Rosa bizdaka o'rganuvchi bog'cha bollar uchun ekan bu video  :D
Off bo'lmasin. Sizdan savol, so'rab ketiy: Kundaligingizga 2 tushganmi?


ha, 5-sinfligimda.. :3

Qayd etilgan


mutaallimah  24 Aprel 2009, 12:19:58

Bundan to'qqiz yil avval.. Taniqli arab mamlakatlaridan birining poytaxtida.. Majid hali  o'n yettiga ham kirmagan bir bola edi.. Otasi shahardagi mashhur tijoratchilardan biri..
Bir kuni Majid uylari oldidagi masjidning imomi bilan tanishdi.. Undan Allohni, Rosululloh (sollallohu alayhi va sallam) ni sevishni o'rgandi, qalbidagi iymon nurlari go'zal tabassum bo'lib yuzida ko'rina boshladi. Lablari doim tabassum qilib turardi, u otasiga muhabbat bilan halimlik bilan go'zal muomala qilardi.. Otasi kelayotganini ko'rsa o'rnidan turar hurmat bilan o'pib qo'yardi.. Otasi undagi bu o'zgarishlarni sezdi, u endi Majidning xonasidan chiqadigan baland ovozda qo'yilgan musiqalar ovozini eshitmas edi. O'g'li avvalgidek kiyinmas ovozini baland ko'tarmas, juda ham sokin ko'p vaqtini qur'on tilovat qilish, onasini xursand qilish va Alloh zikri bilan o'tkazar edi..
Bu xolni kuzatib otaning g'azabi qaynardi. U "Mening o'g'lim intizomli bolalar safiga qo'shilishi aqlga to'g'ri keladimi? Yo'q, yo'q mening qur'on yodlaydigan qattiq tartibli bolam bo'lishini istmayman menga "klassik" bola kerak deb o'ylardi...
 Bu o'ylar uni aqlini ketkazdi. O'g'liga yomon muomala qilshni boshladi xar hil yomon gaplar bilan Majidni siqardi. Bu nima qilganing? Hozir namoz vaqtimi? kim senga zikr qil dedi? nega qur'on o'qiyapsan? nima kimdir o'lib qolibdimi? Kabi gaplar bilan o'g'lini bu yo'ldan qaytarishga kirishdi..
Majid esa bamdod namoziga turishni boshladi. ertalab turib otasini eshigini taqillatar "Dadajon turing namoz vaqti bo'ldi" derdi.
 Bunday xollardan otasini aqli ketib qolay derdi. Nega unday bo'lmasin! Axir uylanganidan buyon bir ra'kat ham namoz o'qimagan-ku!! endi mana bu tirrancha o'g'il kelib yarim kechada namoz o'qish uchun uyg'otsa-ya! O'g'lini qattiq urishni qur'on kassetalarini sindirib tashlashni u eshitadigan ma'ruzalarni yondirib yuborishni boshladi..
Bir kuni Majid otasini namozga uyg'otish uchun xonasi eshigini taqillatdi. ota eshikni ochib yuziga shapaloq tushirganda unga qarab jilmaydi va namoz o'qishlik uchun ketdi. Shunda ota bildiki agar o'g'lini hozirgi tanishlaridan uzoqlashtirsa o'g'li yana avvalgidek musiqa eshitadi yana xar hil qizlar bilan tanishadi yana avvalgidek odobsizliklariga qaytadi..
U masjid imomining oldiga borib qattiq ovoz bilan "nega o'g'limni buzdingiz" deb so'radi.. Imom jilmayib: "Biz sizning bolangizni buzmadik, balki unga xaq yo'lini ko'rsatdik, yaxshiliklarni o'rgatdik va u xaqni topdi hozir o'g'lingiz qur'ondan olti pora yodlagan namozlariga haris" dedi. Bundan battar g'azablangan ota: Hoy ahmoq odam agar yana biror marta o'g'limni yana bir marta senlar bilan yurganini yoki birorta darslaringga qatnashganini bilguday bo'lsam hollaringga maymunlar yig'laydi. deb baqirdi. Va shayxni yuziga tupurdi..
Shayx kulib sizdan Alloh rozi bo'lsin. Robbim o'zi hidoyat bersin dedi va soqolini artib masjidga kirib ketdi.. Oradan kunlar o'tdi Majid otasiga yaxshi muomalasini orttirdi unga go'zal xulqini ko'rsatishga hizmatiga har doim tayyor ekanligini bildirishga harakat qildi.. Lekin ota bu harakatlardan battar tutaqib ketardi..
Majidni fisqu fasodda mashhur bo'lgan bir amakivachchasi bor edi.. Otasi shu amakivachchasi bilan gaplashib uni hozir yashayotgan bu hayotdan uzoqlashtirish uchun birga safar qilishga ko'ndirdi.. Amakivachchasi Majidni oldiga kelib "ajoyib yangilik sen va men ikkalamiz Ispaniyaga boramiz,, Ispaniya avvalgi Andalus, islom poytaxti ikkalamiz ziyorat qilib kelamiz" deb uni ishontirdi.. Endigini islomni o'rganishni boshlagan bechora bu gaplarga shundoqqina ishonib hursand bo'ldi va safar tayyorgarliklarini ko'ra boshladi.. Majidni otasi bilet, viza, u yoqda yashash harajatlarini hammasini o'z bo'yniga olgandi.. Majid va uning amakivachchasi qayg'ular samoliyotida Madrid tomon uchib ketishdi..

Davomi bor..

Qayd etilgan


ZUBAIR  24 Aprel 2009, 14:54:49



Mashaaloh. Juda chiroyli blog bo'libdi. Men ham oz bo'lsada narsa ko'tarib kelgandim:

OXIRAT HAVO YO’LLARI .


Parvoz joyi: Dunyo
Qo’nish joyi: Oxirat
Uchish soati: Doimiy
Yo’lovchining ismi: Inson
Jinsi: Tuproq
Manzili: Dunyo
Chiptalar faqat borishi uchun.

Birga olib ketishi mumkin bo’lgan narsalar:
-5 metr oq mato;
-Solih amal;
-Foydali ilm.

Yo’lovchilar bundan boshqa narsa olib keta olmaydilar. Yoqimli safar qilishni istaganlarga Qur’oni karim va hadisi sharifdagi ko’rsatmalarga amal qilish tavsiya qilinadi.
Safar davomida kun tartibiga qo’yiladigan masalalar: umringni nimaga sarflading, yoshligingni qanday o’tkazding, mol-dunyoni qaysi yo’l bilan topib, qayerga xarjlading va ALLOH UCHUN NIMA QILDING???
Eslatma: taqvo kamari bilan belini mahkam bog’laganlar uchun safar bexatar bo’lishi kafolatlanadi!

Hali vaqtimiz bor, ohirat uchun ozuqamizni harakatini qilaylik. Zero Allah ayatdiki:
Iymon keltirgan, hijrat qilgan va Alloh yo‘lida molu jonlari bilan kurashgan zotlarning Alloh nazdidagi darajalari juda ulug‘dir va o‘shalar (baxt-saodatga) erishuvchidirlar. Parvardigorlari ularga O’z tarafidan rahmat va rizolik hamda ular uchun bo‘ladigan jannatlar xushxabarini berurki, u jannatlarda doimiy ne’matlar bordir. Tavba surasi, 20-21 oyatlar.

PS: Uzr, manbasini eslolmadim.


Qayd etilgan


Abdullоh  24 Aprel 2009, 17:53:47

Kundalik muborak bo'lsin. Uzr hozircha bu kundalikka hech narsa hadya qila olmayman. Lekin yaxshi so'z ham ehson deydilarku, "Kundalik boshidagi kirish rasmi va undagi so'zlar ajoyib chiqibdi". Ishlaringizga omad.

Qayd etilgan


ZUBAIR  24 Aprel 2009, 19:32:08

Off bo'lmasin. Sizdan savol, so'rab ketiy: Kundaligingizga 2 tushganmi?
ha, 5-sinfligimda.. :3

Qaysi fandan?

Qayd etilgan


Shokir63  24 Aprel 2009, 19:57:12



Birga olib ketishi mumkin bo’lgan narsalar:
-5 metr oq mato;
-Solih amal;
-Foydali ilm.


juda chiroyli chiqibdi.
Lekin
olib ketish mumkin bo'lganlardan yana biri
gunoh

Alloh bizni bu narsani olib ketishdan asrasin

Hamda

"Zolimlar uchun yashasin jahannam" (Dostoyevskiy, "Jinoyat va jazo")

Qayd etilgan