BIRNI KO'RIB FIKR QIL, BIRNI KO'RIB SHUKUR!  ( 94108 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 B


Shoxjahon12  14 Yanvar 2013, 12:22:49

Sevgan insoningga muxabbatingni namoyish etish uchun olamshumul ishlarni qilishing shart emas,deb o'ylayman... Shunday vaqtlar bo'ladiki bir og'iz shirin so'z ham muxabbatni yuksaltiradi. Har kuni tong maxali ishga ketarkanman bir xil manzara takrorlanaveradi. Ishxonamiz oldidagi katta keraksiz narsalar (axlatlar desam sal qo'polroq chiqar) tashlanadigan konteyner bor. Har kuni tong qorong'usida bir kichikkina yuk mashinasi keladi va yoshlari 40dan o'tgan er va yoshi 60larga yaqinlagan xotini (!!!) o'sha konteynerdagi qog'ozli narsalarni makulaturaga topshirish uchun titkilashadi. Juda mashaqqatli ish. Ikki soatga yaqin qiyinchilik evaziga mashinasini qog'ozga to'ldirishadi. Men doim shu er-xotinga xavas qilaman. Biron marta bir-biriga qattiq gapirganligini ko'rmaganman. Ba'zida gaplashib ham qolaman. Unga bir necha marta ismimni aytganman. Qiyinlik qiladi ismimni aytish. Meni oddiygina qilib "O'zbek",deb ataydi. "Farzandlardan nechta?", so'rayman qiziqsinib. "Afsuski, farzandimiz yo'q. Ayolimga tug'ish mumkin emas. Lekin shunday bo'lsa ham u men uchun qadrli",deydi eri og'zidan bug' chiqarkan. "Nimasi qadrli?" deyman yanada qiziqishim ortib. "Chunki u men bilan yasharkan, biror marta ham NOLIMAGAN". Xotini eridan 14 yosh katta ekan. Kambag'al va befarzand bo'lishsa-da, bir-birlariga hurmati va muxabbatini ko'rib, hayratda qoldim. O'zi bilmagan holda menga ajoyib so'z aytib yuborgandi bu amaki... Darxaqiqat, qiyinchilikdan nolimoqlik muxabbatga darz keltirar ekan,degan xulosaga keldim.............

Qayd etilgan


Donishmand  14 Yanvar 2013, 13:38:33

Bu postga nega "rahmat" bermay-ki, shundoq ham undan rahmat yog'ilib turgan bo'lsa....

Qayd etilgan


sadida  04 Fevral 2013, 13:36:43

Ismimni aytisha olmadi deganizga qaraganda u er-xotinlar Uzbekmas. Qaysi millat odamlari edi ular agar sir bo'masa?

Qayd etilgan


BilmasOY  04 Fevral 2013, 19:38:00

Bu voqea ishga ketarkanman, yo'lda yuz berdi. Mashinam bilan yonma-yon ketayotgan avtomobil yaqinlashib keldi va mashinam eshiklarini "tirnab" o'tib ketdi. O'sha zahoti mashinamni to'xtatdim. "Raqib" mashina egasi - yoshgina juvon ham tushib keldi. U yuzlari xavotirdanmi yoki qo'rquvdanmi qip-qizarib ketgandi. "Kechirasiz. Men mustaqil holda ilk marta rulga o'tirishim edi. Hammasini to'lab beraman",dedi xijolat bo'lib. U o'z qilmishini tan oldi, ammo o'z mashinasining ham "jaroxat" olganligini ko'rib ko'zyoshlarini tiya olmadi. "Erim ko'rsa qattiq xafa bo'ladi",derdi u tinmasdan. U noiloj mashinasi eshigini ochdiyu  xaydovchilik guvohnomasi, sug'urta qog'ozlari va bir qancha xujjatlar solingan katta konvertni oldi. "Erim har extimolga qarshi tayyor qilib qo'ygandi",dedi u. U xujjatlarni olarkan, mashinaning ichki oynasi yoniga yopishtirilgan qog'ozchaga ko'zim tushdi. To'q qora rangli qalamda shunday so'zlar yozilgandi:"Azizam, xudo ko'rsatmasin, agar mashina bilan biror xodisa yuz bersa, unutma: mashina uchun emas, sevib-ardoqlaganim - sen uchun xavotir olaman va achinaman". Buni uning eri yozgandi. Men juvonga boshdan-oyoq tikildim... Uning ko'zlari xamon yoshga to'la edi... (koreys tilidagi "YAXSHI O'Y-FIKRLAR" saxifasidan Otabek Yo'ldoshev tarjimasi)


Shunga judayam o'xshab ketadigan hikoyatni o'qishda arab guruhi arab tilida sahna ko'rinishida ijro etib berishgandi. Arabchani deyarli bilmasam ham, bemalol tushunish mumkin edi mohiyatiga... :-[

Qayd etilgan