Kundalik..  ( 82655 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 6 7 8 9 10 11 12 13 14 15 B


Munira xonim  17 Noyabr 2009, 20:45:36

Masturaning yangi tarjimalari. Sizlar ham bahramand bo'linglar.
Uzunroq bo'lgani uchun bo'lib - bo'lib qo'yishga qaror qildim. Lekin o'zim o'qib ko'rdim, InshaAlloh hech kim zerikmaydigan hikoya ekan. Barchaga o'qib ko'rishni maslahat berardim.
Alloh bu singlimizdan rozi bo'lsin.


Arab  tilidagi int sahifalaridan biriga kirar ekanman men uchun qiziq bo'lgan bo'limlardan birida bir mavzuni nomi e'tiborimni tortdi. Mavzu "Alloh haqi menga yordam beringlar.. Ertayu kech yig'layapman..." deb nomlangan ekan.. Qiziqib tez kirdim, mavzuni o'qib............ O'sha mavzuni  sohibasi bo'lgan opani tunu kun yig'lashlariga sabab bo'lgan, haqiqiy mo'min insonning sevgisi qanday bo'lishini  ko'rsatgan o'sha hayot qissasini qanday o'qigan bo'lsam shundayligicha tarjima qilishga harakat qilayapman.. Kimlargadir bu ham ibrat bo'lsa ajab emas..

Bu hikoya kitobda yozilgan bir tekisdagi gaplar emas balki qaysidir oddiy  bir yordamga muhtoj insonning yordam so'rab yozilgan  alamlari bo'lgani uchun hamda urf-odatlar xar hilligi bois ba'zi joylari tushunarsizroq bo'lishi mumkin, lekin tarjima qilishdan asosiy maqsad oxirida aytilgan gaplargina  bo'lgani sabab juz'iy kamchiliklariga e'tibor bermasliklaringizni    iltimos qilaman.

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokaatuh.

Ajablanmanglar, men rostdan ham hozirgi holimni yengillashtirishga yordam beradigan bir so'zga juda-juda muhtojman!!

Hozir sizlarga bu hikoyani boshidan boshlab aytib beraman.. Oxirigacha o'qishga harakat qiling..

Mening judayam aziiz bo'lgan Maryam ismli dugonam bor. Al-Azhar* instutlaridan birida o'qiydi, Qur'oni Karimni to'liq yod olgan hamda judayam oliy xulq egasi MashaAlloh..
Otasi hijoblar, niqoblar, atirlar sotadigan do'kon ochganidan uni qissasi boshlandi. Bir kuni bir yigit undan atir sotib olishga keladi, u yigit do'konga kelishidan oldin Maryamni tushida ko'rgan ekan.. SubhanAlloh!!
Uni hayotda ko'rmasidan oldin tushida ko'radi!!
Hullas undan bir necha kun o'tgach o'sha yigit akasi bilan shu do'konni oldidan o'tib ketayotganida akasi unga "ustoz Ashrofni qizi otasini mana bu do'konida ishlaydi, men uni senga xotin qilib tanladim?!!" deydi.
Ahmad: "Men u qizni hayotda ko'rmasimdan oldin tushimda ko'rganman, sovchi yuborishni istayman, shakli qanday bo'lsa ham u meni ayolim bo'lishini umid qilaman!!" deydi.
24, 25 yoshlar atrofida bo'lgan, Maryam kabi Qur'onni to'liq yodlagan, institutni bitirgan, diniy dunyoviy bilimga ega bo'lgan bu yigit rostdan ham Maryamni otasini oldiga borib  qizini qo'lini so'raydi.
Birinchi marta u bilan ichrashganida Maryam niqobda edi, kelajakdagi turmush o'trog'i sifatida unga "InshaAlloh Alohni izni bilan oila qursak men har hafta safarga chiqaman, senga bir kunda yodlashing uchun topshiriq beraman, uni ko'paytirsang mendan senga qimmatli sovg'a bor, va.... va...... deb uni ko'rmasidan oldin, unga  rahbardek gapiradi..
Maryam esa " Siz meni hali ko'rmagansiz, balki judayam yoqmasman, kuting." deydi..
Hullas shar'iy ko'rishish (uchrashuv) kuni keladi. O'zi kutmagan darajadagi husnini ko'rganda "MashaAlloh hecham seni bunday deb o'ylamagandim" deydi.
Lekin to'y masalasi tahminan bir yarim oycha kechikadi, chunki Ahmadni otasi uni tibbiyot instutida o'qiydigan  qiz ammasini qiziga uylanishini istagani uchun bunga rozi bo'lmaydi.
Otasini rozi qilganidan keyin, Ahmad qizni otasini oldiga kelib "mana otam rozi bo'ldilar, yana biror talab bormi? deb so'raydi, otasi "Yo'q faqat imtihonlar tugashini kutaylik, keyin unashitirib balki zagsni ham hal qilarmiz" deydi.
2008/6/13 da  aqdi nikoh qilishga ittifoq qilishadi.. kutilmaganda kuchli zarba bo'lib Ahmad daxshatli avariyaga uchraydi....

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2009, 20:46:40

U mashinasini minib ketayotganida, yo'lidan chiqqan mast yuk mashina haydovchisi yo'lni siqadi, undan qochmoqchi bo'lgan Ahmadning  qaltisroq harakati natijasida   mashinasi bir necha marta aylanib ketgan ustiga yuk mashina bosib qoladi..
Ahmadni jismi 1000 bo'lak bo'linib ketganidan badanida bir barmoqchalik ham sog' joy qolmaydi..
Qohiradagi "aynush shams" kasalxonasiga yotqiziladi, doktor uni hamma joyini boylab muolaja qilishni boshlaydi, bu vaqt ichida Ahmadni tinmasdan ko'p marotaba "Allohim menga shifo ber, Maryam bilan birga qil.. Allohim menga shifo ber, Maryam bilan birga qil" takrorlaydi.
Doktor:"Kim u Maryam?" deb so'arsa javob bermaydi.
Onasidan so'raganida "unashtirilgan qizi" degan javobni eshitib "Hoziroq olib kelinlar o'sha qizni deydi"
Otasi bilan gaplashishganida "hozir boramiz" deydi. Maryam kasalxonaga boradi, uni ko'radi, u qizga faqatgina "meni unutma" derdi..
Maryam: "Sizni tashlab qo'ymayman, InshaAlloh Qohiradagi hamma imtihonlardan keyin tez-tez kelib turaman" deydi

Maryam Qohiradan bo'lgan tog'asi bilan birga uni ko'rgani borib turardi va xonada ko'p vaqtdan beri yerda o'tirib iltijo bilan, Ahmadga ovqat yeyishligini iltimos qilib ko'p yalingan bechora onasi bilan birga o'tirardi..
Maryam unga ovqat berishga harakat qilganida Ahmadni onasi: "o'g'lim Ahmad hech qachon birovni seni yaxshi ko'rganchalik yaxshi ko'rmagan uni tashlab ketma iltimos" deb yalindi..
Maryam bir haftacha tog'asi bilanmi yoki otasi bilanmi uni ziyorat qilgani borib turdi, keyin bu ishi dinga to'g'ri kelmasligini sezganida ziyorat qilishdan to'htadi...
Lekin otasi har kun borib ko'rib turdi.. Ammo Ahmadni  otasi ,bir kuni Maryamni otasi bilan uchrashib qolishganida" agar, mavzuni hal etishni istasangiz, hal qilaylik, adashmasam qiznigizni  biror foydasi tegmaydigan bir bechoraga berishni hohlamasangiz kerak" debdi.
Maryamni otasi: "Uni haqqida Allohdan qo'rqadigan bo'lsa va Allohni amrlariga multazim bo'lsa hech qanday mo'nelik bo'lishi mumkin emas" deydi.
Ahmadni otasi: Havotir olmang, biz uni chetga tashlab qo'ymaymiz, bu yoqda tibbiyot instutidagi qiz ham uni hohlab turibdi!!" deydi.
Ahmad otasiga qarab: "Dada, men Maryamdan boshqasiga uylanmayman, agar unga uylanishlik yozilmagan bo'lsa uylanmay o'taman!" deb javob beradi.
Maryam ziyorat qilishdan to'htaganidan keyin otasi doimo borib turadi Ahmad imtihonlar qanday o'tayotgani haqida otasidan so'rab bilib turadi, otasi uni tinchlantirib turardi keyin o'tgan Payshanba kuni...
Maryamni otasi odatdagidek Ahmadni ko'rgani borganida Ahmad unga:
"Maryamga yaxshilab qarang, uni ehtiyot qiling, u judayam qimmatli qiz" deydi.
-Ha, faqat menga tashlamaginda sen ham unga qaraysan, ehtiyot qilasan. deydi Maryamni otasi.
Ahmad: " yo'q, men sizga buni vasiyat qilayapman, uni ehtiyot qiling va unga Maryam, havo-i nafsni halokatlari tagiga tushib qolma, qanday bo'lsang shundayligingcha Allohga itoat etishga intilgin." deng deydi. U yerdan qaytib otasi Maryamga Ahmadga telefon qilishini aytadi.
U telefon qiladi.. - Ahmadni badanlar jimirlatadigan, ko'zdan yoshlar oqizadigan, qalblarni yondiradigan gaplariga quloq tuting:

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2009, 20:49:15

- Assalamu alaykum va rohmatulloh.
- va alaykum assalom va rohmatulloh.
- Maryam qalaysiz?
- Allohga shukr yaxshi.
- Maryam.. Allohga itoatiga rioya qilgin, Allohning hudularini doimo saqlagin, Maryam.. Alloh senga solih juft bersin!!
- Nima??!!
- Ajablanmang, bu hol kelsa hech kim unga "yo'q" deya olmaydi.. To'g'ri kelgan odamni tanlamang, faqat va faqat solih insonni tanlang. Maryam, onamni tashlab qo'ymang, doim ularga telefon qilib hollaridan habar olib turing, ularni xayrli ishlarga chaqiring, siz gaplashsangiz judayam xursand bo'ladilar..
Maryam, meni eslab turing, unutib yubormang, meni yaxshi tomonlarimni eslang yomon sifatlarimni emas..
Nega meni ko'rgani kelmay qo'yganingizni juda yaxshi bilaman.. Shu ishingiz to'g'ri!! Alloh haqqi meni kechiring.. Bu hozir men eng muhtoj bo'lgan narsa..
Ey Maryam, ibodatlarni tashlamang, men doimo bamdod namozini o'qiyman va ibodatlardan falon falonlarni qilaman.
Allohga ibodat qilishdan hech ham charchamang va bamdod namozini o'qing, bu eng muhimi bamdodni vaqtida o'qisangiz Alloh sizga kuningizni hammasida baraka beradi..
Kechasi dars qilishni yig'ishtiring, ertalab dars qiling.
Yana bunday bizni ham ko'rgani kelib turing... Yo'q, yaxshisi kelmay qo'yavering.
- Yo'q, yo'q Yakshanba kuni imtihonlarimni tugatib olay, boraman..
- Yo'q, bo'ldi kelamang, kerak emas..
Bo'ldi endi borib ovqatingizni yeb
oing.
- Yo'q, ovqatlanib bo'ldim, boshqa yemayman.
- Onamni, esingizdan chiqazmang, Allohga itoatkor bo'ling, bamdod namozini doimo vaqtida o'qing va meni kechiring.. Assalamu alaykum
- Va alaykum assalom...
Bamdod azoni vaqtida Maryamni otasini telefoniga xabar keldi..
Ahmad o'ldi...
 SubhanAlloh!! O'limi yaqinligini sezgan ekan.. Maryamni qanchalar sevgan bo'lsa ham uni solih juft tanlashga vasiyat qildi.. O'limidan ozgina vaqt oldin unga oxirgi vasiyatini qildi.. Hamma uni tanigan odamlarga telefon qilib hayrlashdi va o'zini kechirishlarini so'radi.. Ular orasida otasi ham bor edi, otasiga telefon qilib:
"Dada, Alloh sizga bittani ustiga ikki uch va to'rttagacha ayol olishingizga ruxsat bergan faqat ular orasida adolat qilishligingiz sharti bilan!! Siz hozirda qo'l o'stingizda bo'lgan ikki ayolingiz orasida adolat qilmayapsiz.. Adolatli bo'ling!!" dedi..

Qayd etilgan


Munira xonim  17 Noyabr 2009, 20:50:42

O'limidan oldin hamma eng yaqin do'stlariga telefon qilib rozilik so'radi..
Haligacha ishona olmayapman.. Ishona olmayapman..
Alloh sizlarga va unga rahm qilsin uni ba'zi sifatlarini eshitinglar..:
Ahmad   Allohning kitobini to'liq yod olgan yigit..
U faqatgina bir haftadan keyin Maryamga uylanar edi...
Besh mahal farz namozlarini masjidda jamoat bilan o'qirdi..
Har kuni Qur'ondan ma'lum miqdorda o'qishni odat qilgan edi..
Kunlik nafl namozlarini doimo o'qir edi...
Onasiga judayam mehribon edi..
Arab oyidan uch kunlik ro'zani tutardi.
Hayoti davomida doimo Dushanba va Payshanba ro'zalarini tutardi..
O'limidan oldin esa, namozlarini ko'zi bilan ishora qilib o'qir edi...
Judayam qattiq og'rirdi, og'rig'i kundan-kunga oshib borardi..
Kasalxonadan uni yorishga yuborilmasligi uchun "xushidan ketdi" deb olib ketishdi.. Boylangan joylarini yechishar ekan, umuman sog' joyi qolmasdan boylab qo'yilgan yuzini ham yechishdi SubhanAlloh uni yuzida hech qanday timdalangan joy yo'q edi.. Huddi unga hech narsa bo'lmagan.. faqat uhlab qolgandek...
U Jum'a kuni bamdodda vafot etdi, uni mashinaga solib, ko'mish uchun qishlog'iga olib ketishdi..
Jum'ada odamlarga to'lib toshgan masjidda unga janoza o'qildi.. Odamlar unga janoza o'qib ko'o'o'pchilik bo'lib dafn etishga borishdi.. MashaAlloh!!
Alloh Ahmadni rahm qilsin va Payg'ambarlar, siddiyqlar va shahidlar bilan birga qilsin..
Hozirgacha men o'zimni tush ko'rayotgandek his qilayapman.. Bamdodga turar ekanman "hozir u qabrida yotibdi, dunyoni va undagi barcha o'yin-kulgularni tashlab ketdi, tashlab ketar ekan o'zi bilan faqatgina oxirat yo'li uchun yiqqanlarinigina olib keta oldi xalos".. mana bu bamdod namozi uni eng oxirgi vasiyati edi deb bamdod azonini eshitishim bilan sapchib o'rnimdan turaman...


PS:Bu hayotiy hikoya menga juda ta'sir qildi.Alloh bunday muslim va muslimalarni ko'paytirsin. Amiyn.

Qayd etilgan


Hadija  20 Noyabr 2009, 20:17:43

Alloh davomli qilsin... SubhanAlloh, juda ta'sirlandim... :'(

Qayd etilgan


siddiqa  22 Noyabr 2009, 03:58:44



PS:Bu hayotiy hikoya menga juda ta'sir qildi.Alloh bunday muslim va muslimalarni ko'paytirsin. Amiyn.

:ms: judayam tasirli ekan ,Alloh bardavom qilsin.

Qayd etilgan


imlaah  26 Noyabr 2009, 03:05:54

Robi'atul Aslamiy roziyallohu anhuning uylanishlariga sabab bo'lgan hadis sharhiga atalgan mo'jaz kitobcha tasodifan qo'limga tushib qoldi.Bu kitobdagi ayni hadisni sharhidagi meni juda ajablantirgan bir iqtibosni qaerga yozishni bilmadim va mana shu blogni bunga ma'qul ko'rdim.
....Rosululloh sallollohu alayhi vasallam ham menga yer berdilar,Abu Bakr roziyallohu anhu ham yer berdilar .Shu ondan dunyo keldi.....
Dunyo kelgach nima bo'ldi ? Robi'a  ga quloq osing:

Dunyo kelgach bir hurmo darahtida talashib qoldik...

Bu hadisni sharhi o'laroq qissani shu yergacha mazza qilib o'qiyotgan edik.Sagobalar sabri,ularning sahovatlari,qanoatlari haqidagi ajoyib misollardan ibrat va namuna olib rohatlanayotgan edi qalblarimiz.Lekin ikki sahobaning bir hurmo darahtida talashib qolishlari bekor yozilibdida.Iloji bo'lsa olib tashlash kerak shu joyini deguvchilar ham topilar.Buning sira iloji yoq.Robi'a ning o'zlari buni sahobalarga va tobeinlarga hikoya qilib berganlar.Hadis ilmining oltin davri hisoblanmish 750 yilda Imom Ahmad ushbu qissani 40 ming hadis ichidan saralab o'z Musnad   lariga kiritganlar.
Aslida o'z hayotidagi hato va aybni tan olishlik hammani ham qo'lidan kelavermaydi.O'z aybini tan olib ochiq aytish ham mardlikni bir ko'rinishi.Sahobalardan o'zga biror shahsni ko'rganmisiz o'z aybu nuqsonini ochiq tan olib aytgan ? Bor bunday insonlar ammo juda kam.

P.S.Yuqoridagi hadis sharhiga atalgan mo'jaz kitobchani mutoalasi davomida juda ibrat va dars bo'larlik lahzalarni his qildim.Har qanday qashshoqlik tasir ko'rsata olmaydigan (to'g'rirog'i buza olmaydigan) birodarlikni molu dunyo qandaydir soniyada payhon qila olishi hozirgi kunimida ham eng og'riqli holatlardan biri ekanligi afsuslik holat.
Allah barcha mu'minlarni oralarini bizdan avvalgilarni isloh qilgandek isloh qilsin ameen.

Qayd etilgan


imlaah  26 Noyabr 2009, 14:39:06

Ayni yuqoridagi kitobdan men uchun juda taajubli va tasirli bo'lgan o'rinlarni iqtibos qilishda davom etsam.Maqsadim o'zimga juda tasir qilgan go'zal eslatmalarni ilm istovchi birodarlar bilan baham ko'rishlik.
Makkalik olim Said Misfir hikoya qiladi:
Hurmatli shayh.Men falonchining rafiqasiman.Umr yo'ldoshim ikkinchi ayolga uylanadigan bo'ldi.Bu habarni eshitib es-hushimdan ayrilayozdim.Erimni qattiq hurmat qilar va unga muhabbatim cheksiz edi.Nafratlanib ketdim.Lekin bir og'iz kalima aytishga jura't qila olmadim.Chunki u men uchun ulug' inson edi.Ichimga yutdim.Qalbda bir insonga nisbatan muhabbat va nafratni jamlab yashash qiyin ekan.
 Erim uylandi.
Alam ortgandan ortib,nafratim kuchayib ketdi.Sabr kosam to'ldi.O'z jonimga suiqasd qilmoqchi bo'ldim.
Qo'rqdim...
Kunda salom berib tabassum bilan kirib keladigan turmush o'rtog'im kun ora keladigan bo'ldi.Bir kun "unikida",bir kun menikida.
"Unikiga " ketgan kunida Qur'onni ochib yig'lab-yig'lab o'qiyman.Allohdan hayotimni yahshilanishini so'rayman.Erimning u ayol bilan ajralishi hayotimni yahshilab o'z o'rniga qaytadi deb o'ylayman.
Erim menikiga keldi.Muomalasi avvalgidek."Mug'ombir ayyor",deb qo'ydim ichimda.Rosti eshikdan kirib kelganida juda quvonib ketgandim,lekin quvonchimni sezdirmay jo'rttaga qovog'imni solib oldim.Tilim bilan hech nima deya olmasamda,zarda,dag'allik bilan alamimdan chiqardim.
Ertasi yana yolg'iz qoldim.Joynamozni olib Allohga iltijo qilib namoz boshladim:"Allohim,bu dunyoda ham yahshilik bergin,ohiratda ham yahshilik bergin.Jahannam azobidan o'zing asra."
Alhamdulillah,yahshilik keldi.
Men yolg'iz qolgan kunlarim Quron o'qirdim,nafl namozlarni ko'paytirib ,ro'za tutardim.
Ilgari apil tapil namoz o'qir ekanman.Kundosh bahona shoshmasdan astoydil,hushu' bilan namoz o'qiydigan bo'ldim.Asta sekin ibodatning lazzatini tatiy boshladim.Turmush o'rtog'im menikiga keladigan kunlarida bezanib,kutib olaman.Qovog'imni solib yurish jonimga tegdi.Avvalgidek ochiq yuz bilan qarshilaydigan bo'ldim.Bir kun uning hizmatida bo'laman.Ertasi ketgach ibodat bilan vaqt o'tkazadigan bo'ldim.Quron va hadislar yodlayman,kitoblar mutoala qilaman.

Qayd etilgan


imlaah  26 Noyabr 2009, 14:51:08

Ertasi erim kelishiga bezanib olaman.Totli taomlar pishiraman.Tong otgach falonchihonnikiga ketadi.O'sha kunni men Parvardigorimga bag'ishlayman.Ibodat va ilmiy ishla bilan mashg'ulman.Bir ikki oy ichida bu hol menga odatga aylandi.Ancha ilm oldim.Bugungi namozim bilan avvalgi namozlarimni taqqoslab,qo'rqib ketaman.Go'yo avval hech namoz o'qimagandek tuyuladi o'zimga.Hullas,kundoshlik bo'lib hayotim yomon tomonga o'zgarmadi,aksincha,bo'sh vaqtim ko'paydi,o'z ustimda ishladim.Hatto erim avvalroq uylansa bo'lar ekan deb qoldim.Uzundan uzoq bu qissamni aytishimdan maqsad siz olimsiz,odamlar orasida yurasiz insonlarga bu qissamni nasihat qiling.Modomiki ,Alloh va Rosuli shu ishga rozi bo'lgan ekanlar bunda albatta hayriyat bordur.Men buni o'z tajribamdan o'tkazdim."
Shayh bu hikoyani yakunlab bu ayolga bergan javoblarini ham aytganlar:
"Alhamdulillah ,bu haqiqatni o'zingiz anglab yetibsiz.Lekin men insonlarga aynan ayollarga buni yetkaza olmayman...Ular ham bu haqiqatga o'zlari erishganlari ma'qul"
Shariatning ko'p ayollikka ruhsati bu buyruq emas.Bu ruhsat bilan hamma erkaklar uylanib ketmaydilar.Bunga tarih va hozirgi kunimiz yorqin dalildir.

Qayd etilgan


imlaah  26 Noyabr 2009, 15:14:50

Oila va ayollar bilan munosabatni marhum adim Qodiriy o'zining "Otgan kunlar" romanida to'rt hil tarzda go'zal  tasvirlaganlar.
Birinchi fikr:(Bu fikrni adib Rahmat tilidan bayon qilganlar)
 "Manimcha uylanishdek nozik ish bu dunyoda yo'qdir,-dedi Rahmat va Otabekka yuzlanib-Uylangach,hotining ta'bingga muvofiq kelsa,bu juda yahshi,yo'qsa munchalik og'ir gap dunyoda bo'lmas"
Ikkinchi fikr.(Buni Otabek nomidan bayon qilinadi)
"Otabek Rahmatning bu fikrlarini samimiyat bilan qarshiladi.
-So'zingiz to'g'riligida shubha yo'qdir,-dedi,-ammo shuni ham qo'shmoq kerakki,oladirg'on hotiningiz sizga barobar bo'lishi barobarida er ham hotinga muvofiqttab" bo'lsin"
Bu fikr avvalgisini quvvatlaydi va yangi ikkinchi fikrni ziyoda qiladi.
Uchinchi fikr.(Bu Homid tilidan chiqadi).
"Hoting'a muvofiq bo'lish bo'lmaslikni uncha keragi yoq,-dedi Homid e'tirozlanib,-hotinlarg'a "er" degan ismni o'zi kifoya..ammo jiyan aytganidek hotin degani erga muvofiq kelmas ekan,muvofiqini olib,hotinni ikki qil.Bunisi ham kelishmsa uchinchisini ol..."
To'rtinchi fikr.
"Rahmat Otabekka kulimsirab qaradida,tog'asiga javob berdi.
-Hotin ko'paytirib ,ular orasida azoblanishni nima hikmati bo'lsin?-dedi.-Bir hotin bilan muhabbatlik umr kechirmaklik menimcha eng ma'qul ish..."
 Fikrlar hulosasi:
Birinchi va ikkinchi fikrlar bir biriga muvofiq.Uylanishdek ishni yengil sanamaydi.Turmush qurmoqchi bo'lgan yoshlar bir-birlarini ko'rib-bilib,muhabbat istab turmush qurmoq tarafdorlari.
Uchinchi fikr ikki tomonning muhabbatini shart bilmaydilar,Hotinga bir buyumdek nazar bilan qaraydilar.Umr savdosini Marg'ilinlik bo'ylardan Ziyo shohchi aytganidek "Bu ot savdosi emas,umr savdosi birodar"so'zlarini inobatga olsak.Umr savdosini ot savdosichalik ham ko'rmaydi....

Qayd etilgan