Lekin badaniga xozirgina yuborilgan "igna" kuchi uni yengdi.. Xushsiz yerga yiqildi...
Davomi..
To'rt kundan so'ng amakisini o'g'li uni topdi, qiyinchiliklar bilan kasalxonaga olib bordi, yordam choralarining bir qismi o'tdi.. Majid " Iltimos menga "igna" beringlar deb baqirardi..
Viza muddati tugadi.. Amakisini o'gli uni vatanga qaytishga ko'ndirishga harakat qila boshladi.. U Yo'q mening otam yo'q, mening oilam yoq', mening vatanim yo'q!! Meni vatanim, meni otam, meni oilam chorak kilo "oq poroshok" deb baqirardi..
Politsiyachilar yordamida uni majburlab samolyotga chiqishdi..
Vatanda esa..
Otasi juda ham xursand, aeroportda yuragi sog'inchlarga to'lib o'g'lini kutib turardi..
Uzoqdan jiyanini ko'rdi, yonida g'alati kiyim kiygan sochlarini g'alati ranglarga bo'yab olgan jiyaniga suyanib turgan kimdir bor ekan..
"Bu kim bo'ldi ekan" deb o'ylab turganda Majid uni oldiga kelib bor kuch quvvati bilan yuziga shapaloq tushirdi...
Daxshatdan qo'rqib ketgan ota baqirdi " Kim bu?? Shu meni o'g'limmi?? Yo'q, yo'q bo'lishi mumkin emas(!) mening o'g'lim oppoq chiroyli edi.. Unga nima qildi nega qorayib ketgan??
Aeroportda jiyanini ura boshladi.. Bolamga nima qilding?? Qani meni o'g'lim?? Uni nima ahvolga solding??.....
Jiyani esa:" Yo'q, amakijon bu yo'lni uni o'zi tanladi.. Uni o'zi giyohvandlikni hohladi" derdi..
Majid otasini ko'p urdi.. onasini tillalaridan ko'p martalab o'g'irladi.. otasi uni davolashga harakat qildi.. Shaxsiy kasalxonalarda davolattirdi.. Lekin foydasi yo'q edi.. Tijorati sekin asta sindi..
Ota endi o'glining baqirishlaridan, pul berishi uchun pichoq ishlatib po'psa qilishlaridan qattiq qo'rqa boshladi.. Qo'rqqani uchun o'g'liga yashirincha giyohvand moddalar sotib olib berib turdi..
Kunlardan bir kun.. Jum'a namozidan so'ng.. Bechora ota masjid imomi oldiga bordi.. Unga:" Meni kechiring, men sizga yomon muomala qildim, odabsizlik bilan gaplashdim, yuzingizga tupurdim, iltimos meni kechiring, lekin hozir o'g'lim giyohvandlik asiriga aylandi.. Sizlardan iltimos uni menga qaytarib beringlar, toza qalbli oppoq yuzli o'g'limni qaytaringlar iltimos.. Uni avvalgiday namoz o'qiydigan qilib beringlar.." deb yalindi..
Shayx unga qarab jilmaygan holda:" Ey Majidning otasi Allohga ishonch bilan duo qiling.. Hidoyat faqat uning qo'lida.. dedi.
Bu uchrashuvdan ikki hafta o'tib.. Zulmatli tunlarning birida.. Majidning ota-onasini janozalari edi.. Ularga o'sha masjidda namoz o'qildi.. Majid giyohvand moddalar olib berishga pullari bo'lmagani uchun ularni bo'g'ib o'ldirgandi....
Majid zindon o'rtida qo'llari bilan yuzini to'sib olgan holda: " Nega dadajon? Nega bunda bo'ldi dadajon?? Nega menga bunday qildingiz? Axir islom sizni farzandlaringizga mehribon bo'lishga o'rgatmaganmidi? derdi....
Hikoya shu yerda tugaydi, undan qanday hulosa chiqazishlik xar bir odamni o'ziga havola...
Shayx Muhammad as-Soviy ning "Nega dadajon? degan darsliklaridan olindi..