Kundalik..  ( 82598 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 ... 15 B


Mahdiyah  31 Avgust 2009, 10:16:03

Bu voqeani Musulmonlar taqvim kitobchasida o'qib "Astag'firulloh" dan boshqa so'z topa olmaganman!
Forumni boshqa mavzusida ham shu voqeani joylagandim.
lekin bu yerga ham joylashni ma'qul ko'rdim.

Xudo poshsho

Bir marosimda uch-to’rt kishi u yoqdan bu yoqdan gurunglashib o’tirardik. Ichimizda kimdir yonidagiga choy uzatarkan: "œO’rtoq, qizingni uzatibsan, endi o’g’lingni ham uylantirarsan", dedi.
Piyolani olarkan, u: "œYo’q, o’g’lim hali uch yil o’qishi kerak. Bu yoqda joy muammosi ham bor. Bilasan onamiz, to’qsondan oshdilar. U kishi bandalikni bajo keltirsalar, kelinni kampirning uyiga tushuraman", dedi.
Esim og’ib qoldi. "œOnasi o’lganidan keyin to’y qiladigan" kishi yoshlari elliklardan oshgan, oily ma’lumotli, yurt ko’rgan boobro’ kishi bo’lganidan salobati bosdimi, hech birimiz churq etolmay qoldik.
Buni qarangki, shu honadonda aytilganidek uch yildan keyin to’y bo’ldi. Yangi kelin kampirning uyiga emas, qaynotasining uyiga tushdi. Chunki bir yil muqaddam yurak xurujidan vafot etgan o’g’lining o’rniga kampir nevarasini uylantirgan edi.

Omonulloh Mutal

Qayd etilgan


Mahdiyah  31 Avgust 2009, 10:21:24

Musibatga sabr.

Er-xotin yolg’iz o’glimizni soliha bir qizga uylantirdik. O’g’limiz juda e’tiqodli, odob ahliqli edi. Bir o’g’limga, bir kelinimga qarb quvonar, bunday ne’matlarni ato etgan Yaratganga shukronalar qilardim. Lekin xursandchiligimiz uzoqqa cho’zilmadi. Oradan bir yil o’tar o’tmas, og’limiz og’ir kasallikka chalindi. Bu orada ular farzand ko’rishdi. O’g’lim ayoliga bolani "œTaborak" surasini o’qib emizishni buyurdi.
Jigarbandining kasali kundan-kunga zo’rayib, yorug’ dunyo ko’zimizga qorong’u bo’lib ketar, kecha-kunduz Allohga yolvorib iltijolar qilardik. Bolam ikki yil davomida qattiq azob chekishga qaramasdan, biror marta ham namozini qazo qilmadi. Gohida tahorat, gohida tayammum bilan ibodatda bardavom bo’ldi. Og’riq kuchaygan pauytlarda "œAlloh, Alloh, o’zing shifo ber" deya nola qilar, buni eshitib battar ezilar, go’yoki hayot men uchun tugagan edi. Bu musibatdan hech qachon nolimas, ayni vaqtda menga: "œBu dardni nega berding, deb Allohga nolimang. Aks holda ibodatlar bekor ketib qolishi mumkin", derdi.
Kasallik brogan sari kuchayib, oshqozonga borib yetdi, natijada u ovqat yeyolmay qoldi. Madori yoqligidan unga tayammum qildirib qo’yar edim, o’g’lim qo’lini ko’tarib, namozga imo qilardi. Faqat ibodatini ko’ngildagidek ado qila olmayotganligidangina nolirdi, xolos.
Jigarbandim, ko’zimning oqu qorasi so’nggi kunlarini boshidan kechirar, gapirgani holi ham yoq edi. Ovozi chiqmasa-da, og’zi qimirlab, tili bilan "œLa ilaha illalloh" deganini eshitganimda uni bag’rimga bosib: "œBergan sutimga roziman, bolam!" deya yurak-yuragimdan unsiz yig’ladim.
Alloh, yolg’izgina bolamni- yodgorimni qaytarib oldi. Tilimga faqat bir duo kelardi: "œAllohim, menga sabr ato et!" O’ksik qalbimga birgina narsa malham  bo’la olardi.: "œO’g’lim iymon bilan, ibodat bilan ketdi! Bolaginam sendan roziman. "œSabr qiling", der eding. Sabr ila seni jannatda ko’rmoqni tunu kun so’rayman. Menga sabr va jannat ber, Allohim!"

Ona maktubini oqqa ko’chiruvchi Habibahon, Quva shahri.
Musulmonlar taqvim kitobi 2006 yil II chorak

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Sentyabr 2009, 07:33:26



 
:as:
Bu mavzu ochilganiga ancha bo'pti-yu biz devonai-g'arib boshqa joylarda o'tlaaaaaaaaaaaaab yurganakanmiz  :D
Lekin blog JUDA YOQDI... NOMI HAM... USTI HAM... ICHI HAM...   :)

Bu mavzudagi voqealarni o'qib rosti ichim zirillab ketdi.
Ayniqsa Majid ismli bola bilan bo'lib o'tgan voqea.
Bu voqealarni insonlarga yoritib bergan va bizlargacha yetkazganlarga ham katta rahmat.
ALLOH ROZI BO'LSIN.
InshaAlloh bu mavzuga oid nimalarni topsam o'shani baham ko'raman.
Assalamu alaykum.
Xush kelibsiz :)
Kamroq xayol surish kerak edida oposi  :D
Shu blogga xar kirganizda egasiga eng xatarli kasallik (dangasalik) dan shifo so'rab chiqing :)

Qayd etilgan


mutaallimah  04 Sentyabr 2009, 07:35:58

Juda yaxshi taklif.
InshaAlloh man ham qatnashaman

Kutamiz..
Mana shu forumdagi hammadan bu musobaqada faol qatnashishlarini kutib qolaman.
Arbuz forumidagilar bilan bir musobaqalashaylik :)

Qayd etilgan


Hadija  19 Sentyabr 2009, 16:28:24

So’nggi sajda (bo’lgan voqea)

Do’stim kasalxonada yotgan edi, ko’rgani bordim. Undan — bundan suhbatlashib o’tirdik. Lekin uning kayfiyati yo’q edi. Bir oz o’tirib ichidagini yordi:
"œShu xonada men bilan birga Yura ismli o’ris yigit edi. Bir kuni u:
- Abdullo, sendan bir narsani so’rasam maylimi? — deb qoldi.
- Mayli, so’rayqol, - deya men ham uning savoliga qiziqdim.
- Mana, necha kundan beri bir xonada yotibmiz. E’tibor qilsam, sening oldingga juda ko’p odam kelarkan. Menga esa, ota — onamdan boshqa  hech kim kelmaydi.
Men Yuraga musulmonchilikdan urf — odatlar xususida gapirib berdim. Shundan keyin biz u bilan tez — tez Islom haqida gaplashib turdik. Bir kuni Yura to’saddan:
- Men ham musulmon bo’lsam bo’ladimi? — deb so’rab qoldi.
Allohga hamdu sanolar aytib yubordim.
Xullas, Yura iymon keltirdi. So’ng namoz o’qishni o’rgana boshladi. Ammo sog’lig’i yomon edi. Oradan bir necha kun o’tib, namoz o’qiyotganimizda Yura sajdadan bosh ko’tarmay qoldi, o’shanda joni uzilgan ekan""¦
                                       
Yoqub Umar,
"œMusulmonlar taqvim kitobi", 1999 yil III — chorak.


P.S: Alhamdulillah, shunday voqealarni eshitsa, o'qisa, insonning bahri dili ochiladi, quvonadi. Ohirgi paytlar rus qizlarning muslima (hijob) kiyimida ko'rib dilim yayrab, allanechuk hisni tuyadi inson. Alhamdulillah...

Qayd etilgan


mutaallimah  05 Oktyabr 2009, 11:25:20

 :as:

Alloh yo'lida birodar bo'lishlik juda ham qiyin bir amalda..
Uni yo'lida do'stlashgan u uchun yaxshi ko'rib u uchun yomon ko'radigan insonlar bir-birlarini xatolarini ko'rsatib turishlari, ayblaridan ko'z yummasliklari talab etiladi... Ba'zida kimnidir yaxshi ko'rgingiz unga xatolarini aytib chiroyli nasihat qilgingiz keladi lekin buni uddasidan chiqa olmaysiz.... Qanchayam og'iir....
Alloh hammamizni faqat U ni yo'lida birodar bo'ladigan solih insonlar bilan suhbatdosh qilsin!!

Mana bu nashid Alloh yo'lida bir-birini yaxshi ko'rish qo'lidan kelayotgan hamma insonlarga :)

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=A_mHBxBpY54" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=A_mHBxBpY54</a>

Qayd etilgan


Mahdiyah  05 Oktyabr 2009, 11:28:22

:as:

Alloh yo'lida birodar bo'lishlik juda ham qiyin bir amalda..
Uni yo'lida do'stlashgan u uchun yaxshi ko'rib u uchun yomon ko'radigan insonlar bir-birlarini xatolarini ko'rsatib turishlari, ayblaridan ko'z yummasliklari talab etiladi... Ba'zida kimnidir yaxshi ko'rgingiz unga xatolarini aytib chiroyli nasihat qilgingiz keladi lekin buni uddasidan chiqa olmaysiz.... Qanchayam og'iir....
Alloh hammamizni faqat U ni yo'lida birodar bo'ladigan solih insonlar bilan suhbatdosh qilsin!!

Mana bu nashid Alloh yo'lida bir-birini yaxshi ko'rish qo'lidan kelayotgan hamma insonlarga :)


Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: "œOllohni deb yaxshi ko’rish va Ollohni deb yomon ko’rish iymondandur"

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytganlar: "œO’zingiz yaxshi ko’rgan narsani birodaringizga ravo ko’rmaguningizcha hech biringiz chinakkam mo’’min bo’la ololmaysiz".

Qayd etilgan


Hadija  06 Oktyabr 2009, 17:05:20

:as:

Alloh yo'lida birodar bo'lishlik juda ham qiyin bir amalda..
Uni yo'lida do'stlashgan u uchun yaxshi ko'rib u uchun yomon ko'radigan insonlar bir-birlarini xatolarini ko'rsatib turishlari, ayblaridan ko'z yummasliklari talab etiladi... Ba'zida kimnidir yaxshi ko'rgingiz unga xatolarini aytib chiroyli nasihat qilgingiz keladi lekin buni uddasidan chiqa olmaysiz.... Qanchayam og'iir....
Alloh hammamizni faqat U ni yo'lida birodar bo'ladigan solih insonlar bilan suhbatdosh qilsin!!


 :amn: :)

:as:

Mana bu nashid Alloh yo'lida bir-birini yaxshi ko'rish qo'lidan kelayotgan hamma insonlarga :)

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=A_mHBxBpY54" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=A_mHBxBpY54</a>

So'zlariga tushunmagan bo'lsamda aytilishi juda chiroyli, Alloh rozi bo'lsin. Buni skachat qilib olishni ilojisi bormi?

Qayd etilgan


Hadija  07 Oktyabr 2009, 16:03:44

Shiringina aqillik singlimga sovg'a....

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=rI54UauUtSk" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=rI54UauUtSk</a>

Ochig'i juda havasim keldi, ko'zdan bo'lmasada qalbdan qattiq ta'sirlanib yig'ladim... InshaAlloh, bizga ham nasiib qilsin...

Qayd etilgan


Mahdiyah  07 Oktyabr 2009, 16:15:24

Omin.
Ovozinichi? Alloh bizlarga ham Hofizi Qur'on, qurratuna'yun, Jannatul firdavsda ota-onasiga toj kiydiradigan farzandlardan nasib qilsin

Qayd etilgan