Kundalik..  ( 82634 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 9 10 11 12 ... 15 B


Hadija  07 Oktyabr 2009, 16:17:13

Omin.
Ovozinichi? Alloh bizlarga ham Hofizi Qur'on, qurratuna'yun, Jannatul firdavsda ota-onasiga toj kiydiradigan farzandlardan nasib qilsin


 :amn:  :amn:, InshaAlloh nasib qilsin...

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Oktyabr 2009, 07:39:28

 :as:

Oliy maqomlar kitobidan  meni juda hayratlantirgan oddiygina va sodda o'hshatmalarni sizlar bilan baham ko'rmoqchiman.
 1 Nimaki qimmat va qadrli bo'lsa ko'z qorachig'idek asrab avaylanadi.Nimaki arzon qadrsiz bo'lsa oyoq ostida qoladi.Marvarid qimmatbaho Dengizni tubida bo'ladi,Dengiz ko'pigi esa suv betida qalqiydi.Gulning hidi uning sathida shuning uchun unga ozgina tegilsa kifoya hidi dimoqqa urilib undan bahramand bo'linadi ,hatto pul to'lanmay hidlanadi.Ammo asal unchalik ham arzon emas uni gul bag'ridan ajratib olish ham oson emas.Odamzotning qadri Yaratuvchi qoshida baland ekanidan durni dengiz qarida,asalni gul bag'rida asragandek uni libos ichida saqlashni iroda qildi.Yer yuzida insondan boshqa hech qanday jonzotga kiyimni ravo ko'rmadi.Ayol zotiga alohida e'tibor qaratdi.Ulkan quyoshni insonlarning hizmatiga bo'yinsundurgandek,baquvvat erkaklarni ahli latofat hizmatiga bo'yinsundurdi.Bu esa ayol qadri Yaratuvchi huzurida juda baland ekanidan dalolatdir.Alloh hohlagan libosdan voz kechib libossiz mahluqlarga taqlid qilishlari o'z qadrlarini past baholab,oilaviy hayotdagi muhabbatni oliy rishtalarini uzish demakdir.

Qayd etilgan


mutaallimah  13 Oktyabr 2009, 07:49:53

O'tgan asrning 20 -yillarida yurtimizga o'rislar bostirib kelayotganda erkaklar orasida vahimali gaplar oralabdi "Yaqinda aroqlar do'konlarda sotilarkan  :'( Bu qanday bedodlik " Yana oz vaqt o'tib yana bir gap tarqalibdi "Ayollar dokonlarda sotuvchilik qilarkanlar erkaklar bilan birga .Bu qanday holat bizlar bunga qanday sabr qilarmiz" deb erkaklar darg'azab bo'libdilar. O'radan 60 yil o'tib iqtisod sababmi ishqilib nimadir sabab bo'lib dokonlarda aroq topilishi qiyinlashib boribdi va yana erkaklar orasida vahimali gap kuchayibdi "magazinlarda aroq sotilmas emish endi aroqni tallonga olarkanmiz" .Bunday holatga omonlik bilan yetib kelgan erkaklarni ayollari bugun hurlik va ozodlik nashidasidan bahramand bo'lib chet elda ishlab pul yuboryaptilar.Erlari vatanda uy quryaptilar.Yana ayollarini nima ish bilan shug'ullanishini ko'plari bilar ekanlar.  :-[  :'(

Qayd etilgan


Munira xonim  13 Oktyabr 2009, 11:19:43

Oddiy narsalar.

Ba'zi kishilar ilmining chuqurligi bilan dong taratgan donishmnaddan bir necha savol so'rab, quyidagicha javob oldilar:
-Eng aqlli kishi kim?
-Har doim kishilardan o'rganadigan biron narsa topa olgan kishi.
-Eng kuchli kishi kim?
-Jahliga hokim bo'lgan kishi.
-Eng boy kishi kim?
-Qo'kidagi xazinaning, ya'ni o'tayotgan kini va soatining qadriga yetgan kishi.
-Hurmatga sazovar kishi kim?
-O'ziga va do'stlariga hurmat ko'rsatgan kishi.

Bu javoblarni eshitib, kelganlardan biri dedi:"TAqsir, bergan javoblaringiz juda oddiyva jo'n narsalarku!"
"Xuddi shunday, bular oddiy bo'lib ko'ringani uchun ham odamlar ularni tez unutib yuborishadi", javob berdi donishmand.

Qayd etilgan


Mahdiyah  13 Oktyabr 2009, 11:25:08

Boya komp.imdan bir hikmatli gapni qidiraturib shunga ko'zim tushib qoldi. Taqvo haqida ekan, sizga ham ilindim.

Ubay ibn Ka’b Umar roziyallohu anhudan:
- Taqvo nima? — deb so’radi.
- Tikanli yo’lda hech yurganmisan? — dedi Umar.
- Ha, yurganman.
- Qanday qilib yurgansan?
- Diqqat qilib, ehtiyot bo’lib, jiddu jahd bilan yurganman.
- Xuddi ana o’sha taqvodir.


Musulmonlar taqvim kitobi 1999 (1420) III chorak

Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2009, 13:21:16

 :as:

 Foyda kelsa hammaning og'zida o'zim-o'zim , menga-menga. Ziyon-zahmat kelganda bizga emas barisi senga.G'iybat suhbat bezagi,aroq dasturhon ko'rki.Sahifalar boru maza mztra yo'q.Hayo uyat degandan bir qatra yo'q.Zaifni talash oddiy hol,chin dildan muruvvat judayam mahol.Borni ko'rolmaydilar.Yo'qqa berolmaydilar.Bor maqatnsa topilur,yo'q maqtansa chopilur.Behayo yo'lida doim chiroqlar yashil.Afifa yo'lichi hamisha qizil.Sotqinlik kasb kor.Chaqimchilik hurmat e'tibor.Qurt ipak o'raydi ,ari esa bol yig'ar."Hazrati inson " esa ilondek zahar sochib qirg'in qiladi.
  Burungilar derkan "Yigit so'zidan arslon izidan qaytmas"Hozirgilar esa avvaldek emas.Yigit so'zida qattiylik kam,mujmal tutumi ayoldek g'alati muhmal.Juftini chetga sotib toparlar mol.Ori yo'q uyatsiz har ishi dudmol.

Qayd etilgan


Mahdiyah  14 Oktyabr 2009, 13:43:12

ACHCHIQ HAQIQATLAR...

:as:

 Foyda kelsa hammaning og'zida o'zim-o'zim , menga-menga. Ziyon-zahmat kelganda bizga emas barisi senga.G'iybat suhbat bezagi,aroq dasturhon ko'rki.Sahifalar boru maza mztra yo'q.Hayo uyat degandan bir qatra yo'q.Zaifni talash oddiy hol,chin dildan muruvvat judayam mahol.Borni ko'rolmaydilar.Yo'qqa berolmaydilar.Bor maqatnsa topilur,yo'q maqtansa chopilur.Behayo yo'lida doim chiroqlar yashil.Afifa yo'lichi hamisha qizil.Sotqinlik kasb kor.Chaqimchilik hurmat e'tibor.Qurt ipak o'raydi ,ari esa bol yig'ar."Hazrati inson " esa ilondek zahar sochib qirg'in qiladi.
  Burungilar derkan "Yigit so'zidan arslon izidan qaytmas"Hozirgilar esa avvaldek emas.Yigit so'zida qattiylik kam,mujmal tutumi ayoldek g'alati muhmal.Juftini chetga sotib toparlar mol.Ori yo'q uyatsiz har ishi dudmol.



Qayd etilgan


mutaallimah  14 Oktyabr 2009, 13:50:49

Inson vafot etsa undan birinchi ayriladigan narsa bu uning ismidir.Mansabdor vafot etsa g'assol kelib falonchi falonchiyev qaerda yotibdilar demaydi.Jasad,jussa yoki murda qaysi honada deb so'raydi.Shuningdek ziyoli vafot etsa "olim ",puldor o'lsa "boy ota" harbiy halok bo'lsa "kapitan"yoki "mayor" demaydi hammalarini jussa yoki murda deydilar.Bunga hech kim qarshilik bildirmaydi.Jasad yuvilib ,iyagi bog'lanib kafanga o'ralgach boshqa "ism" oladi.Mahalla ahli kelib odamlar yig'ildi janozani olib chiqinglar tezroq janozani o'qib dafn qilish kerak deyishadi.Falonchi akahonni olib chiqinglar deyilmaydi shunday gap kimningdir og'zidan chiqib ketsa eshitgan quloqqa juda hunuk tuyuladi.Inson murda va janozaga aylanmasdan avval yugurib yelib kimlar bilan talashib ,kimlar bilan raqobatlashib,kimlarnidir kuydirib.yana kimni kuldirib qurgan uyiga sig'may qoladi.Tezlik bilan hayotini bag'ishlagan uyi makonidan  olib chiqib ketishlik kerak taomil shunday.Hech kim oylab hatto kunlab ham marhumni yuziga termulib o'tirmaydi.Murdani tezroq chiqib ketgani o'ziga ham o'zgalarga ham foyda.Erkagu ayolga bir hil "ism" murda yoinki jasad.O'lim uyidan tashqarida yoki kasalhonada bo'lsachi ? Jasadga huddi buyumdek muomala qilinib "o'likni egalari keldi" deyiladi.Bunday muomaladan hech kim hayratlanmaydi ,hafa bo'lmaydi .Hazrati insonning nihoyasidan bir ko'rinish bu oddiy holdek ko'rinadi hayotda .Aslidachi.....

Qayd etilgan


ZUBAIR  16 Oktyabr 2009, 10:59:14

forum.arbuz.com da shunaqa mavzu ochgan edim. Keyin boshqa forumdagi muslimalarni ham bu musobaqaga taklif qilish fikrini aytib qolishdi, kam vaqt qolgan bo'lsa ham shu forumdagi opajonlardan yuqoridagi musobaqada qatnashishlarini iltimos qilaman :)

Assalamu Alaykum!
Musobaqa g'olib(lar)i aniqlandimi?  :)
Keyin arbuzda Ramazonda bo'lgan Quron musobaqani g'oliblarini aniqlash uchun ochilgan mavzu topolmadim, agar ochilgan bo'lsa.

Qayd etilgan


Mahdiyah  16 Oktyabr 2009, 11:37:02

ZUBAYRBEEE A o'zizni "Yoz komkursi"z nima bo'ldi? Yo yanagi yozga qoldimi?  ;D

Qayd etilgan