Namanganliklarga savollar  ( 39803 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 B


Robiya  25 Aprel 2009, 15:03:43

:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda namanganliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, namanganliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Namanganda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.

Qayd etilgan


Nurdinboy  25 Aprel 2009, 19:23:36

Men Uchqo'rg'on tumanidanman.
Avvalo birlamchi.
Yigit va qiz bir birlariga yoqqanlaridan so'ng sovchilar non sindiradilar.
    To'ydan bir kun avval kuyovnikida kechqurun Sabzi qirdi va guruch tozalash (To'y oshi uchun) bo'ladi. sabzi qirdi uchun mahallaning barcha erkaklari chiqadilar.
    Ayni o'sha pallalarda kelinning uyida "Qiz bazmi" bo'lib o'tadi. Unda kelin o'zining sifdoshlari, qarindoshlari bilan bayram qiladi.
    Ertasiga esa soat 9 larda zaksdan o'tish, shriy nikohla bo'lib o'tadi. Orasida kuyov jo'ralari olib kelgan mashinalarida kelinning qiz qarindosh va dugonalarini aylantiradilar.
   Kechqurun esa nikoh bazmi tantanali nishonlanadi...

Qayd etilgan


Robiya  27 Aprel 2009, 09:59:31

 :as:

Alloh rozi bo'lsin, birodar, javobingiz uchun tashakkur!

Qayd etilgan


Abdurauf  27 Aprel 2009, 18:45:21

Assalamu aleykum
Men Namangan shaxrida turaman. Namangandan to'y uzoq davom. To'ydan bir hafta oldin kuyov taraf qiz tarafga paxta, mol(kuyov taraf hoxlasa yarmini kelin taraf beradi) va shunga o'xshash ba'zi mayda chuydalar beriladi.
To'ydan bir kun kuyov taraf savatlar jo'natadi, hattoki g'o'za poyagacha, kelin taraf savatlardan yana qo'shib, kuyov tarafga borib, kelinni uyini bezatishadi. Asr vaqtida kuyov tarafdagi yoshi katta odamlar kelin tarafga mehmon bo'lib kelishida, bizda buni "muborakbod" deb ataladi.
To'y kuni ertalab barcha atrofdagi mahallalardan 3 yoshdan boshlab yoshi katta odamlargacha chiqishdi(albatta turgan bo'lsa). Soat 10larda kuyovning jo'ralari yig'ila boshlaydilar. Kelin tarafga mashinalarda domla bilan karnay surnay bilan kirib kelishadi. Birinchi nikoh o'qitiladi, so'ng zagsga borishadi.
Kech shomlarda kuyov navkarlari bilan kelinnikiga borishadi, kelinnikida ko'p o'tirishmaydi, yarim soatcha. Buni bizning tilda kuyoni kari deyishadi.
Kuyov navkarlari kuyovning uyiga qaytib o'yin kulgi kechki soat 11largacha davom etadi.
Ertasi kuni kelin tarafdagi xotinlar kuyov tarafga mehmon bo'lib kelishadi. Bizni tilda Rukshon deyiladi, adashmasam. Shu kuni kelin salom bo'ladi.
Ertasiga kuyov tarafdagi xotinlar kelin tarafga mehmon bo'lib borishadi. Buni chilagizuron deyiladi, adashmasam. Xotinlar qaytib kelishgach, kuyov o'z do'stlari qarindoshlari bilan kelinnikiga mehmonga borishadi.
Bir hafta o'tkach kelin taraf hoxishiga qarab kuyovni yana bir marta do'stlari bilan chaqiradi. Buni kuyov chaqirdi deyishadi.
Qisqasini aytgan juda ko'p isrofgarchiliklarga yo'l qo'yiladi.
 

Qayd etilgan


Abdulhafiz  29 Aprel 2009, 06:16:17

Assalamu alaykum.
Haqiqatan ham isrofgarchilik juda ko'p bo'lyapti. Bu haqda juda ko'p gapirilyapti, lekin ba'zilarga ta'sir qilyapti, ba'zilarga yo'q.

Qayd etilgan


Shokir63  29 Aprel 2009, 17:20:45

Qaniydi, isrof haqidagi gaplar - gapirganlarning barchasiga tasir qilsaydi.
Yo'lning yarmi ortda qolgan bo'lardi.

Qayd etilgan


Vаrzikiy  09 May 2009, 23:08:01

Haqiqattan ham ba`zilarda isrof ko`p ammo hammaning ham cho`ntagi bunday bazmu jamshidlarni ko`taravermaydi va ozginayu sozgina qilib o`tkazadiganlar ham bor!!!

Qayd etilgan


Ansora  11 Fevral 2010, 22:04:13

Tolibxon, Toshkentda erkaklarni isimlarini ohiriga nima uchun "xon" qo'shilishini javobini oldim.
Namanganda nima uchun "xon" qo'shiladi?

Oldindan rahmat.

Qayd etilgan


Chustiy  14 Fevral 2010, 16:59:11

Tolibxon, Toshkentda erkaklarni isimlarini ohiriga nima uchun "xon" qo'shilishini javobini oldim.
Namanganda nima uchun "xon" qo'shiladi?

Oldindan rahmat.

Hon iborasini hammagayam qo'yishmasa kerak, faqat eshon, (oq suyak, ho'jalarga) hon iborasini qo'shishadi, ammo halq orasida ismga hon qo'shilmagan bo'lsayam, hon qo'shimchasini qo'shib chaqirishlik pochti urf bo'p qogan...

Mani ojizona pikrimga ko'ra, bu borada realniyroq va sahihroq infolar bo'p qosa mani so'zlarimi devorga otilar...  :)

Qayd etilgan


Муҳаммад Соҳиб  14 Fevral 2010, 23:48:58

Бунинг сабаби жуда оддий. Хусусан Ааманган шахрида факатгина хурматлаш учун "хон" кушимчаси ишлатилади. Хох сркакларга булсин, хох аёлларга булсин фарки йук. Туманларда кандай билмадим. Шахарда худди "жон", "бой", "бек" кушимчалари каби "хон" кушимчаси хам хурматни ифода стиш максадида ишлатилади. Хусусан мени хам айримлар Бобурбек, айримлар Бобурхон, айримлар Бобуржон, Уйдагилар сса Бобирий дейишади. Курсдошларим ва форумдошлар булса хужжатларда кайд стилган исмим Мухаммад Сохиб дейдилар. Шунака Келебек аблажим. :)

Qayd etilgan