Qoraqalpog'istonliklarga savollar  ( 15082 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Robiya  25 Aprel 2009, 15:07:27

:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda qoraqalpog'istonliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, qoraqalpog'istonliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Qoraqalpog'istonda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.

Qayd etilgan


Rakhmat26  11 Fevral 2010, 23:44:35

To`y... Qoraqalpog`istonda 30 foi`z o`zbeklar, 30 foi`z qozoqlar, 33  foi`z qoraqlpoqlar yana turkman va boshqa millat vakillari bor. Qoraqalpoq va qozoqlarda asosan qiz bola o`girlab ketiladi (albatta roziligi bilan, ba`zida norozi ham bo`ladi, uchraydi) va undan keyin to`y boshlanadi. Amudaryo tarafdagi o`zbeklarda qiz tarafga kuyov taraf qalin to`laydi. Qalin o`rtacha 1000 $ tashkil qiladi.

Qayd etilgan


Mars  04 May 2010, 09:57:49

Savol:Qoraqalpoq tili Qozoqchami yo Qirg'ischami?Yoki o'zi alaohida tilmi?
Agar alohida til bo'lsa Qozoqcha va Qirg'ischadan qande farqlari bor?
Javobni o'zbekcha yozilar iltimios ,oldindan rahmat

Qayd etilgan


Rakhmat26  10 May 2010, 21:55:11

Qoraqalpoq tili o`zi alohida til. Xuddi qozoqcha qirg`izchaga, turkmancha ozarbayjonchaga o`xshash bo`lganidek qoraqalpoq tili qozoqchagayam, qirg`izchagayam o`xshaydi. Lekin o`zi alohida til. Davlat tili hisoblanadi. Qoraqalpog`istonda rasmiy til o`zbek va qoraqalpoq tillari hisoblanadi.

Qayd etilgan


Fayzbek  12 Iyun 2010, 17:00:46

Qoraqalpog`istonda 30 foi`z o`zbeklar, 30 foi`z qozoqlar, 33  foi`z qoraqlpoqlar yana turkman va boshqa millat vakillari bor.
Siz birmuncha adashdingiz menimcha, QR da 33 foiz o'zbeklar, 31 foiz Qoraqqolpoqlar va qolgani boshqa millat vakillari ahil inoq yashaydi.
Kelin toyda kelin salom beradi uni qoraqolpoqchasiga "betashar" deyishadi.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


Fayzbek  12 Iyun 2010, 17:10:54

Otahonlarimiz to'yga ketyapti. QR Taxiatosh shaxar Dawkaraev ko'chasi.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan


JAMILAXONIM  29 Avgust 2015, 19:44:35

Assalomu aleykum forumdoshlar. Men yangi a'zoman,xatoliklar uchun uzr so'rayman.
Qoraqalpoqlarda to'y haqiqattan ham qiz olib qochiladi uning roziligi bilan. Kelinning ota uyiga kelish to'yi "elqa'de" deb atalib qiziq odatlar jamlangan. Kuyov o'rtoqlari bilan qaynotasining uyiga yaqinlashmasdan oldin qöshni ayollar chiqishadi. Ikki yanga kuyovning cho'ntaklarini tekshirib pul oladi. Keyin "kampir o'ldi" dasturi: ro'mol ikki tarafga ipdek tortilib turadi kampir yotadi kuyov unga ham öz "qa'de" sin beradi (yaniy pul) uyga kirgiziladi......

Qayd etilgan