Samarqandliklarga savollar  ( 7709 marta o'qilgan) Chop etish

1 B


Robiya  25 Aprel 2009, 15:08:34

:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda samarqandliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, samarqandliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Samarqandda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.

Qayd etilgan


Zamiraxon  05 Iyun 2009, 08:45:49

:bs1:

 :as:

Aziz yurtdoshlar,forumdoshlar!

Ushbu mavzuda samarqandliklar va ularning urf-odatlari bilan va boshqa o'zingizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishingiz mumkin. O'ylaymizki, samarqandliklar javob berishadi.

Birinchi savolni o'zim bersam. Hozir ayni to'y mavsumlari boshlanish arafasida... Samarqandda to'y bilan bog'liq qanday urf-odatlar bor? Shular haqida o'rtoqlashsangiz.
:as:
Bergan savolingizga o'zim bilganlarimni javob tariqasida yozsam (bilganlarim kamgina).
Yaqindagina qo'shnimiznikida sunnat to'y bo'ldi. Tush paytida uylarida har xil urf odatlarni qilishgan (shaxsan ishtirok etmadim). Boshqa viloylatlardayam balki bordir bilmadim, bizda tush paytida "Supra ochdi" degan bir narsa bo'ladi.
Nikoh to'ylarida esa shunga o'xshash odatlar juda ko'p. Katta ayollar yigit bilan qiz turgan chimildiq pardasida necha martadir shamni yoki chiroqni aylantirishadi, yigit qizning oyog'ini bosadi, nimanidir ikkalasigayam tishlatishadi, oynaga qaratishadi... sal kulguliroqda shu urf deganlari.  ;D

Qayd etilgan


ferry_samarqand  25 Iyun 2009, 17:00:15

Haamma yeni uziga yarasha urf-odatlari bor ularni tanqid qilib bo'lmaydi.Mana shu to'ylardagi urf odatlar ota bobolarimizdan qolgan.Shular bilan to'ylarimiz ajoyib o'tmoqda.

Qayd etilgan


As-Samarqandiy  26 Dekabr 2009, 03:24:05

 Avvalombor savol uchun katta rahmat!
Juda o'rinli savol. Shu savolni o'qiboq o'yga toldim. Nimalar bilaman bular haqida? Bunday o'ylab qarasam hech narsa bilmas ekanman. Bilganlarim shu - bizda to'ylar ikki xil bo'ladi. Sunnat to'y va Nikoh to'y. Ikkala to'yga ham xonanda chaqirish urf bo'lgan. Biz taraflarda karnay sursay chalish modadan qolgan, lekin bu achinarli. Sunnat to'y ikki kun bo'ladi. Biri Alloh uchun, ikkinchisi el uchun. Ikkala to'y avvalida " Sabzi to'g'ror " degan odatimiz. Sabzi to'g'rorda to'y uchun masalliqlar asosan sabzi to'g'raladi (chunki o'zbeklarning sevimli ovqati Palovxonto'ra sabzisiz bo'lmaydi) va qolgan tayyorgarliklar ko'riladi. Sunnat to'ylarda, hozirgi kunda Nikoh to'ylarda ham "To'n kiydirish" marosimi o'tkaziladi. Bu marosimda to'ybolaning bobolari, ya'ni qudag'aylarga farzandlari tomonidan to'n kiygizdiriladi va oilaviy uyinga tushadilar. Yaqin qarindoshlar, tanish bilishlar pul qistirishadi.(Ajojib-a?) Nikoh to'ylariga kelsak, bu haqida uncha ko'p narsa bilmayman. InshaOlloh kelayotgan yangi yilda yaxshi niyatlar bilan uylanmoqchiman. Ollohni o'zi mushkulimizni oson qilsin! O'shanda batafsilroq yozishga va'da beraman. Hozircha esa salomat bo'ling!
Aziz Yurtdoshim.

Qayd etilgan