Avvalombor savol uchun katta rahmat!
Juda o'rinli savol. Shu savolni o'qiboq o'yga toldim. Nimalar bilaman bular haqida? Bunday o'ylab qarasam hech narsa bilmas ekanman. Bilganlarim shu - bizda to'ylar ikki xil bo'ladi. Sunnat to'y va Nikoh to'y. Ikkala to'yga ham xonanda chaqirish urf bo'lgan. Biz taraflarda karnay sursay chalish modadan qolgan, lekin bu achinarli. Sunnat to'y ikki kun bo'ladi. Biri Alloh uchun, ikkinchisi el uchun. Ikkala to'y avvalida " Sabzi to'g'ror " degan odatimiz. Sabzi to'g'rorda to'y uchun masalliqlar asosan sabzi to'g'raladi (chunki o'zbeklarning sevimli ovqati Palovxonto'ra sabzisiz bo'lmaydi) va qolgan tayyorgarliklar ko'riladi. Sunnat to'ylarda, hozirgi kunda Nikoh to'ylarda ham "To'n kiydirish" marosimi o'tkaziladi. Bu marosimda to'ybolaning bobolari, ya'ni qudag'aylarga farzandlari tomonidan to'n kiygizdiriladi va oilaviy uyinga tushadilar. Yaqin qarindoshlar, tanish bilishlar pul qistirishadi.(Ajojib-a?) Nikoh to'ylariga kelsak, bu haqida uncha ko'p narsa bilmayman. InshaOlloh kelayotgan yangi yilda yaxshi niyatlar bilan uylanmoqchiman. Ollohni o'zi mushkulimizni oson qilsin! O'shanda batafsilroq yozishga va'da beraman. Hozircha esa salomat bo'ling!
Aziz Yurtdoshim.