Toshkentliklarga savollar  ( 91727 marta o'qilgan) Chop etish

1 2 3 4 5 6 7 8 ... 15 B


Afruza  08 Dekabr 2009, 14:18:43

Toshkentda bu masalada aniq bir qoidaga bo'ysunilmaydi.
Onasini hohlasa oyi deydi, hohlasa opa, hozir ona deb ham chaqirishyapti. Bu kattalarni o'rgatishiga qarab.

Qayd etilgan


Abdumuhaymin  08 Dekabr 2009, 14:21:24

Toshkentda bu masalada aniq bir qoidaga bo'ysunilmaydi.
Onasini hohlasa oyi deydi, hohlasa opa, hozir ona deb ham chaqirishyapti. Bu kattalarni o'rgatishiga qarab.
judayam to'ri kottalani o'rgatishiga bog'liq, lekin baribir odam ulg'ayganidan keyin dunyo qarashiyam o'zgaradi balki opa onaga aylanar

Qayd etilgan


Nurilla  08 Dekabr 2009, 23:24:48

Juda to'g'ri haq gapni aytdiz. Shunaqalar ko'payib qolgan MAMASHA PAPASHA PAHAN deydigan ko'cha ko'rgan "madaniyatlilar".

Qayd etilgan


Ansora  21 Yanvar 2010, 21:15:42

Toshkentliklarga bir savolim bor : )

Toshkentlik qizlarni boshqa viloyatlarga turmushga chiqqanini eshitganman-u, lekin Toshkentlik yigitlarni boshqa viloyatlardan qizlarga uylanganlarini hech eshitmaganman-da shu : ) sababi nima ajabooo?

Masalan meni kelinayam ham Toshkentliklar, Eskishahardan.

Oldindan javob uchun rahmat

Qayd etilgan


Ziyovuddin  21 Yanvar 2010, 21:23:01

 :as:
Mani kenayim (amakimning ayollari) Andijonning Sharxon digan joyidan bo'ladila.

Qayd etilgan


Ansora  21 Yanvar 2010, 21:25:26

:as:
Mani kenayim (amakimning ayollari) Andijonning Sharxon digan joyidan bo'ladila.

V.assalom

 : ) ooo juda yaxshi, xursandman buni "birinchi marta" mavzusiga yozsam ham bo'ladi : ) chunki birinchi marta eshitishim..

Demak Anjonliklar bilan Toshkanlilar qiz almashishgan ekan-da  : )


Qayd etilgan


ossiyobinti  22 Yanvar 2010, 18:25:54

Assalomu alaykum! Savoliz uchun rahmat. Yaqinda bir tanishim samarqandlik qizni yahshi ko'rib qoldi. va tez orada to'y bo'ldi. Hozir kunda bu oddiy hol bo'lib qolgan.

Qayd etilgan


lolo  22 Yanvar 2010, 19:11:54

Toshkentliklarga bir savolim bor : )

Toshkentlik qizlarni boshqa viloyatlarga turmushga chiqqanini eshitganman-u, lekin Toshkentlik yigitlarni boshqa viloyatlardan qizlarga uylanganlarini hech eshitmaganman-da shu : ) sababi nima ajabooo?

Masalan meni kelinayam ham Toshkentliklar, Eskishahardan.

Oldindan javob uchun rahmat

 :as:

Yaxshi savol bo'libdi. Umumiy olib qaralganda toshkenliklar uchun o'zlarini toshkenli ekanliklari bir fahrdir. Hamma joyni o'ziga yarasha urf va madaniyati bo'lgani kabi toshkenda ham bu narsa sezilarli darajada bor. Masalan, kiyinish, so'zlashish, muomala, yoki biror narsalarga bo'lgan munosabatlar va hokazo. Tashqaridan kelganlar shu urf-madaniyatga teskari ish qilib qolsa yaqqol hammaning ko'ziga tashlanadi. Natijada toshkenlilarning (ayniqsa yoshlarning) ko'ziga g'alati ko'rinadi, xattoki "harp" va "qishloqi" deyishlari ham hech kimga sir emas. Shundan keyin esa tabiiy ravishda o'zi ham (yoki farzandlari) o'shanday bo'masligini xohlab "Ikki dunyoda ham harpga uylanmiman (yoki turmushga chiqmiman)!" deyishlari juda ham ko'p uchrab turibdi. Bundan tashqari toshkenlilar qiz olish va qiz berishda (sunnatga muvofiq) nasabini surishtirishga juda katta ahamiyat berishadi; ota-bobosi kimlar bo'lgan, nima ishlar qilishgan va hokazo. Ayniqsa tegi toza toshkenli (aniqrog'i eski shaharli) ekanligi birinchi o'rinda turadi. Chunki Eski shahar qadimdan Shahar bo'lgan, hamma dindor, ziyoli va tayinli biror kasbga ega bo'lganlar.

Biroq hozirda borgan sari qo'shtirnoqdagi "toshkenli"lar ko'payib bormoqda. Ular toshkenda ancha yil yashagani yoki ota-onasi ko'chib kelgach shu yerda tug'ilgani bilan o'zlarini Toshkenli deb o'ylaydilar (yoki hisoblaydilar). Aslida o'zi (yoki ota-bobosi) boshqa yerli ekanliklarini etishga uyaladilar. (Lekin negadir sirli sabablarga ko'ra Qashqadaryoliklar unaqa emas! Ular o'zlarini qashqadaryolik ekanliklarini fahr bilan etishadi (hamma havas qilgudek darajada), xatto olamga jar solishga ham tayyorlar. Qoyil! Buning sababi alohida so'rashga arzigulik masala!). Odam o'zini qayerdan ekanligini etishdan uyalishini o'zi uyat! Avvalambor shu uyalishlarining oqibati turli salbiy holatlarga olib kelmoqda; toshkenlilar ularni yanada bemalolroq haqorat qila olishayotgani (chunki ming toshkenda tug'ilgani bilan baribir biror ishida zotiga tortib ketaveradi, natijada aslida toshkenli emasligini bilmasdan bildirib qo'yaveradilar, masalan: o'zaro odamgarchilikda, dasturxon tuzatishda, "yapti-yapti" yoki "o'naakki" kabi so'zlarni etishda va hokazo...!); o'zini toshkenli qilib ko'rsatish maqsadida yarashsa-yarashmasa har nimalar kiyib olishlari; rus tilida gapirishga harakat qilishlari va hokazo. Natijada o'zbekning o'zligi va milliy g'ururi o'zbekning o'z oyog'i bilan toptalib bormoqda. Odam o'zini qayerdan ekanligini etishdan uyalmasa laqab qo'yguchilarga ham ish qolmaydi, xuddi masalan, AQShda boshqa-boshqa shtatdagilar bir-birini masxara qilmagani kabi O'zbekistonda ham bu oddiy holga aylanadi.

Endi esa toshkenli qizlani boshqa viloyatlaga turmushga chiqishlari masalasiga kelsak (buni etish biroz kulgili ham), ro'kach qilinayotgan asosiy sababi (aniqrog'i bahonalari) oddiy - sevgi-muhabbat! Aslida nima - Alloh biladi, lekin ko'p hollarda buning asosiy sababi oshkor bo'lgan, masalan, yigit toshkenli qizga uylanib keyin toshkendan propisk omoqchiligi, o'z qishlog'ida toshkenli qizga uylanish (yohud toshkenli qizni boshini aylantirish) obro' ekanligi va hokazo... Toshkenli qizlar esa ishonuvchan va sodda bo'lishadi, ayniqsa o'qimishlilari.

Endi dindorlar nuqtai nazaridan bu masalaga qarasak, O'zbekistonda asosan Toshken, Andijon va Namanganda dindorlar bo'lib, qiz olish va berishda avvalo diniga qarashlikka kotta e'tibor berishadi. Nasabini surishtirganda ham e'tiborni albatta o'z yurtidan ekanligiga emas, balki ota-bobosi ham dindor, ziyoli va taqvoli kasb egalari bo'lganmi-yo'qmi shunga qaratadilar. Ya'ni Toshken, Andijon va Namangan bir-biri bilan tez-tez quda bo'lib turishadi!

Qayd etilgan


Robiya  22 Yanvar 2010, 19:29:21

Assalamu alaykum!

Lolo, Alloh rozi bo'lsin, juda chiroyli, aniq qilib yozibsiz. Kapalak opa,javob qoniqtiradi a menimcha?

Kapalak opa:

- 100 foiz...

Lolo,yana bir marta tashakkur


Qayd etilgan


Ansora  23 Yanvar 2010, 21:00:44

Lolo adash, katta rahmat, ancha ma'lumotlar beribsiz savol bahona.
Albatta siz ham o'z dunyoqarashingiz, fikrlash doirangizdan kelib chiqqan holda javob bergansiz.
Lekin men butun mavzularda aytib o'tganimdek, bir narsa haqida umumiy hulosa qilishdan, insonlar haqida umumiy fikr bildirishdan qochishga harakat qilaman.
Bu ham mening prensibim.
 
Yana aytib o'tganimdek, yuqoridagi fikrlar sizga oid tushunchalar va men hurmat ko'rsataman.

Robiyaxon, savolni javobdan qoniqish hosil qilish uchun emas, Toshkentliklarni fikrlarni bilish uchun bu savolni bergandim.

Chunki men ham 10 yil Toshkentda yashadim, ozmi ko'pmi Toshkentni suvini ichdik, Poytaht insonlarining psixologiyasini tushunishga harakat qildim, kursdoshlarim bor edi, ular bilan juda yaqin bo'ldik, uylarimizga borb keldik, qolaversa yuqorida aytganimdek Toshkenttan kelin olganmiz.

Yani aytmoqchi bo'lganim Toshkan va insoni begona emas, faqat insonlarning fikrlarini bilish uchungina so'radim bu savolni : )

Bu savolga faqat Toshkanlilar emas, asli boshqa viloyatdan bo'lgan a'zolarimiz ham javob berishlari mumkin  : )

Qayd etilgan