Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365728 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 10 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 ... 72 B


Muhseena  26 Oktyabr 2009, 18:03:15

Kecha dugonam bilan bir yerda ovqatlanib o'tirgan edik.Yonimizga bir ayol ikki farzandlarini o'tqazib,ularga u-bu nima olishga ketib qoldilar.Kichkina qizalloqqa donar opkelib yana ketdilar.Shu payt akasi singlisiga ovqatingni yemaysanmi?Sovib qoladiku-desa singlisi "Oldin kattalar yeydi,man baribir yemiman,oldin oyim boshlasinla-deb urishib berdi..."
.....4-5 yashar bu shirin qizaloqqa ota-onasi qanday go'zal tarbiya berayotgan ekana-deb havasim keldi....

Qayd etilgan


Muslimа  27 Oktyabr 2009, 05:16:15

<a href="http://www.youtube.com/watch?v=dv8MziqXoX4" target="_blank">http://www.youtube.com/watch?v=dv8MziqXoX4</a>

Qayd etilgan


G_u_l_i  30 Oktyabr 2009, 07:25:14

 :as:
Bu mening eng shirintoy o`quvchim Sirojiddin. : )


Qayd etilgan


G_u_l_i  30 Oktyabr 2009, 08:07:27

Ustoz yozib bo`ldim! ;) ;) ;)


Qayd etilgan


Ansora  31 Oktyabr 2009, 19:33:06

Guli ustoz, Sirojiddinning a'lochi o'quvchi ekanligini yenglarini shimarib olganidan ham bilsak bo'ladi : ) barakalla...

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Noyabr 2009, 13:41:20

BOLALAR NUTQI. 5-QISM

Orifjon degan jiyanim ajoyib chiqdi. Kuni kecha uyimizga kelganida qilgan to'polonlari uchun endi dakki bermoqchi bo'lib tursam, menga qarab, ko'rsatgich barmog'ini yuqori qilib, "Olloh bitta!" desa bo'ladimi!?
Dakki o'rniga peshonasini silab qo'ydim :7


* * *

Yana o'sha jiyanim, men tushirgan bolalar do'koni rasmlarini ko'rayotib, maniken bolakayga ko'zi tushib qolib, Uyat, uyat! deyapti.  :7

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Noyabr 2009, 16:29:24

BOLALAR NUTQI. 6-QISM

Bolalar judayam tadbirkor bo'lishadi...

Sherzodbek degan o'rtog'imning qizi endi tili chiqdi. Endigina dada, buvi, aya deya oladi. Bir kuni o'rtog'im va uning onasi o'tirib, qizaloqqa bir tomondan "dada" deng deb o'rtog'im qaytaribdi, "buvi" deng deb buvisi qaytaribdi. Qizaloq esa ikkalalarini ham hafa qilmay: "dabuvi!" debdi :7


* * *

Bir tanishimning judayam sho'x o'g'li maktabga chiqibdi. O'qituvchi harflab "T-O'-T-I, hammasini qo'shsa nima bo'ladi?" desa, haligi bolakay kitobdagi rasmga qarab, "papugay! bo'ladi" debdi.  :7

Qayd etilgan


Mahdiyah  19 Noyabr 2009, 05:45:44

Kecha sevimli ko'rsatuvlarimdan biri AFV da ko'rdim:

Bir bolakay kalendar ko'rib o'tiribdi, onasi unga "Nima qilayabsan?" disa, "kalendar ko'rayabman, zo'r narsa topdim" didi hayratlanib.
Onasi "Nima ekan?" dib so'ragandi, bolakay "Man o'zimni tug'ilgan kunimda tug'ilganakanman" disa bo'ladimi (kuluvrib ichelarimiz uzilib qolay didi...)

Qayd etilgan


Nоdirbek  19 Noyabr 2009, 06:42:32

Singillarim ovqatlanib o'tirishgandi, men esa dars tayyorlab o'tirgandim.
Ular ovqatni ustida gapiraverishdi, ularga jim ovqatlaninglar dedim lekin foydasi bo'lmadi.
Ular gapiravergach, ular bilan o'tirgan 5 yoshli jiyanim baland ovozda   :bsm: ni aytdi va shundan keyin hamma jim bo'lib qoldi....

Qayd etilgan


Ansora  21 Noyabr 2009, 20:39:50

Turkiyada ilk boshlarda tanish oilaning yonida qolgandim. Ularning 4 yoshlarda o'g'illari bor edi. İsmi Deniz (yani Dengiz) Deniz bilan juda zo'r kunlarimiz o'tgan.
Bazan unga ertak o'qir edim. Ertaklardan birining ismi "Sehirli Fasol'" edi. Balki bilarsizlar, bir bola sehirli fasolga tirmashib yuqoriga, boshqa shaharga chiqib qoladi....Bu ertakni o'qigan kunimizni ertasi Deniz bilan parkka borish uchun uydan chiqdik. Bizni domda 6 chi qavatdan 7 chi qavatga chiqadigan zinalarda tuvakda o'sadigan yirik yaproqli gul yuqorida qarab tirmashib ketgandi.
Deniz gullarga qarab birdan hayajonlandi va : "Zamira opa, qarang bu yerda ham sehirli fasollar o'sib chiqibdi", degandi  : )
Denizning xayol kuchiga rosa hayron qolgandim...

Qayd etilgan