Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366018 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 11 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 ... 72 B


Ansora  21 Noyabr 2009, 20:42:17

Yana Deniz bilan multfilm ko'rayotgandik. Amerikan multfilmlaridan biri : "Yaramaz Dennis" edi.
Multfilmda Dennis, Dennis deyavergach, bizni Deniz: "Meni ismim Deniz, unikimas", deb jahli chiqqandi va televizorni o'chirib qo'ygandi  : )

Qayd etilgan


Ansora  21 Noyabr 2009, 20:44:09

Deniz bir kuni onasini yostig'ini ustidan bir soch tolasi topib olibdi.

"Ayam qariyabdi, endi men nima qilaman",  deb rosa yig'lagandi bechoragina....

Qayd etilgan


Abdulhafiz  25 Noyabr 2009, 07:19:02

Bayramda eng xursand bo'ladiganlar tilidan:
BIZ - MUSULMON BOLALAR!
Biz - musulmon bolalar,
Ko'nglimizda yo'q g'ubor,
Qurbon hayiti kelsa,
Qish ham tuyular bahor.
Mazza qilib o'ynaymiz,
Qurbonliklarga to'yib,
Bizni xurram aylaydi
Otamiz qo'chqor so'yib.
Qo'ni-qo'shni birodar
Eng aziz aqrabolar
Ayyom bahonasida,
Bir-birdan xabar olar.
Biz ham yugurib yelib,
Dadamizga hamrohmiz,
Amma, tog'a, xolajon,
Chehrangizga mushtohmiz.
O'ndan ortiq qarindosh
Tor uyga ham siqqaymiz,
Qo'y go'shtiga tamoman
To'yib uydan chiqqaymiz.
Uyga borib yanada
Shodligimiz kuchayar,
Ortib qolgan go'shtlarni
Ko'rib dil mehr tuyar.
Sekin borib so'raymiz:
Suykalib qadam bosib
"Dada, dada, bu go'shtlar
Kimlarga bo'lar nasib?"
Otamiz ham javobin
Berar qarabon yerga:
"Bu go'shtlar yo'l olgusi
Mazlum oilalarga!
Koshki tarqasa edi
Shu bilan bir alami,
Qurbon hayiti bolam,
Ularning ham bayrami!
Bayram o'z yo'ligadir,
Tinmay o'ynasang, kulsang
Sen ularni biron on
Unutma bolam bo'lsang!"
Mana shu nasihatni
Unutmaymiz, birodar
Din deb qon to'kkanlarni
Yod etarmiz har safar!
So'zimiz oxiri shu:
Mo'minlar ulug' bo'lsin,
Musulmonlarning Qurbon
Ayyomi qutlug' bo'lsin!"

Xayrulloh Hamidov

Qayd etilgan


G_u_l_i  25 Noyabr 2009, 08:58:35

Ajoyib o`quvchim bor-da, Sirojiddin ismli! Hamkasabamniyam ajoyib o`quvchisi bor, ismi Sergey, erkalatib Seryoja deb chaqiradi,Qo`shni xonalardan birida hamkasabam dars o`tayotgan edi,  har doimgidek o`quvchilar shovqin qilishni boshlashdi, "Seyoja sit down!"desa, bizning Sirojiddin kulyapti, nega kulyapsiz, Sirojiddin desam mani ismimni o`rischalab Seryoja deyaptimi, anu o`qituvchi deydi :D :D :D




Qayd etilgan


siddiqa  26 Noyabr 2009, 01:40:06

Jiyanim Munisa:
Lor kerakmi muommosiz  :D lekin qulog'ingiz qaytib eshitadimi ?? eshitmaydimi kafolatlanmagan :D :D

Qayd etilgan


Ansora  26 Noyabr 2009, 12:39:47

Jiyanim Shahodatxon (akamni qizi) 4 yoshlarda edi. Ayamlar bilan bir hovlida turishardi. Ayam bir kuni ertalabdan Shahodatxonni tashqariga chiqib ketganini ko'ribdilar. Chiqib qarasalar, kichkina ariqchani yonida quyoshga qarab she'r o'qiyotganini eshitib qolibdilar. Jiyanimni ilk she'ri shunday boshlanardi: "Mening quyosh bobom bor"  : )
Keyinchalik ham ayam jiyanimni o'zi bilan o'zi gaplashib, she'r o'qib o'tirganini ko'p eshitibdilar. Koshki bir yerga yozib qo'yganingizda, deyman ayamga...

Xozir 5 sinfda balki kelajakda shoira bo'lar.... : )

Qayd etilgan


Ansora  26 Noyabr 2009, 13:09:08

Yana jiyanim Shahodatxon men Toshkentda o'qib yurgan paytlarim uyga orada borganimni ko'rib mendan so'ragandi:
-Zamira opa
-Ha
-Sizni Toshkentda kuyovingiz bormi?
-Yo'q
-Bollaringiz bormi?
-Yo'q
-Ha nimaga bo'lmasa hadeb Toshkentga ketaverasiz?


Bu savolni berganida 5 yoshlarida edi  : )

Qayd etilgan


AbdulAziz  30 Noyabr 2009, 09:52:55

Hayit namoziga ketayotgan bolakay



27.11.2009. Marg'ilon

Qayd etilgan


Ansora  01 Dekabr 2009, 13:39:18

Ramazon Hayitida yozgandim, bolajonlar qand (sheker) so'rab kelishadi xonadonlarga:)
Bu hayitda odatda qand so'rashmasdi, lekin bolaga buni tushitirish qiyin, eshigimiz Xudo biladi necha marta jiringladi:)
Bayramni ilk kuni ertalabdan kechgacha tashqarida edik, qarindohslarni hovlisida Qurbon so'yilgani uchun, demakki bolajonlar eshikni qoqishdi, hech kim chiqmadi. Ertasi kuni uyda edim, eshik qo'ng'irog'iga bosishadi, men ham eshikka kelmasdan oldin yugirib 3 chi qavatga qarab chopishadi. 3 chi kuni yana uyda edik, yana qo'ng'iroqqa bosildi. Ho'jayinim eshikni ochdilar, qaradik 2 bolakay. Kichkinasi bizga tanish, mahallani boshida o'tiradi. Bir kuni ho'jayinim bilan "Kamazini" huddi kattakon shofyorlarday haydayotganini ko'rib rosa kulgandik:)
Uni eshikda ko'rib hursandlikdan "xohlaganingcha qand olishing mumkin", deb qand uzatdik:)
İsmi Anil, yonidagisi esa akasi ekan, ismi O'mer:)



Qayd etilgan


siddiqa  02 Dekabr 2009, 07:08:34

 



Shukr
bolajonlarga yodlash uchun ekan   :D

Ushlash uchun qo’l berding,
So’zlash uchun til berding,
Hidlash uchun gul berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Yurishga oyoq berding,
Tinglashga quloq berding,
Og’iz, tish, tomoq berding,
Robbim senga ko’p shukr.

Shu go’zal chechak uchun,
Uchgan kapalak uchun,
Osmonu falak uchun,
Robbim senga ko’p shukr.

Otam va onam uchun,
Ajoyib olam uchun,
Barcha ne’mating uchun,
Robbim senga ko’p shukr.
 
  

Qayd etilgan