Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366091 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 12 13 14 15 16 17 18 19 20 21 22 ... 72 B


siddiqa  02 Dekabr 2009, 07:20:42


 

Taom  yeyishdan oldin,
Qo’l ochdim Robbim senga.
Aql, sihat, to’g’rilik,
Go’zal axloq ber menga.
Yemasam o’solmayman,
Maktabga borolmayman.
Qani tez tez yeyaylik,
Maktabga tez ketaylik.
Yaratgan Allohimga
Doim duo qilaylik.

Ovqatdan keyingi duo

Alhamdulillah alhamdulillah,
Bu ne’matni bergan Alloh.
Payg’ambarim Rasululloh,
Yerkan deyman bismilloh.
Ko’paysin ozaymasin,
Toshsinu kamaymasin.
Ohiri ko’rinmasin,
Ishtaha kesilmasin.
O’tganlarning ruhi uchun,
Qolganlar sog’ligi uchun,
Dardi borga darmon uchun,
Allohim rizosi uchun
Al-Fotiha.
 

Qayd etilgan


MSJON  02 Dekabr 2009, 14:26:07


Qayd etilgan


MSJON  02 Dekabr 2009, 15:25:54


Bismillah

Allohdir ilk so’zimiz,
Imon to’la ko’zimiz.
Uhlagani yotiboq,
Uyg’onganda har saboh
Darhol deyman BISMILLOH.

Narsa yerkan, icharkan,
Kitobimni ocharkan,
Darsimga o’tiriboq,
O’yinimni boshlar chog’
Doim deyman BISMILLOH.

Tushurmasman tilimdan,
Aytarman jon dilimdan.
Alloh tutar qo’limdan,
Adashtirmaz yo’limdan.

Qayd etilgan


siddiqa  03 Dekabr 2009, 08:13:07


Allohim, qo'lim ochib
Senga duo qilaman.
Ko'zlarimdan yosh sochib
Faqat sendan so'rayman.

Yeru osmonlarni
O'zing yaratding.
Bandam, mendan so'ra,
Beraman, deding.

Robbim senga bo'lsin hamd,
Rasulingga salovat,
Barchamizga insof ber,
Dinu Islomga quvvat.

Avvalo o'zingga bo'lay qul a'lo,
Muhammad alayhissalomga ummat bebaho,
Hayotimda aslo qilmayin hato
Rizoliging topay, ey Haq Taolo.   
yahshiykan faqat bolalrga yodlatish uchunmas o'zizmizgayam  :D

Qayd etilgan


MSJON  03 Dekabr 2009, 12:49:41


Qayd etilgan


AbdulAziz  07 Dekabr 2009, 12:20:09

BOLALAR NUTQI. 7-QISM

Jiyanim Orifjon (3 yosh) kelgan edi. Birga "œchamputey" ko’rib, hayvonot olamiga sayr qildik. U filning katta quloqlariga ishora qilib, shunday deyapti:
"œDavyon acha (aka), anu pildi qayen, boshija chotta (katta) chapalay (kapalak) qo’nvopti"¦"

* * *

Kechqurun ertak aytib berishimni talab qildi. "œQizil shapkacha"ni boshlagandim, uni bilaman dedi. Keyin "œUr, to’qmoq"ni boshladim. Orada biroz charchab, to’xtasam, "œheee, nimaya to’xtappoldiz, aytiiing", dedi. So’ng davom ettirdim. Bir payt jajjigina hurrak ovozi eshitildi. Men "œOrifiy, eshityapsizmi mani" desam, u deyapti:
"œUxlashka qo’yassimi yo’mi?"

* * *

Kechqurun laptopni ko’rib, uni "œshu champuteydi manja qachan beyas?" deb so’ragandi, "œKotta bo’sen beraman, mani bo’yimga yetsen" dedim. Ertalab tahorat qilib kelsam, balandroq bo’lsin deb divan ustida oyog’ining uchi bilan turib, menga deyapti:
"œManja qayen, mana kotta bo’ldim, endi champuteydi manja beyin".

* * *

- Kotta bo’sen nima olasan?
- Mashyutcha (marshrutka)
- Iye, nimaga?
- Mashyutchaga hamma pul beyib chushadi-ta. 

Qayd etilgan


Nurzoda  07 Dekabr 2009, 17:46:48

Bir kuni jiyanimni ko'chaga aylantirgani opchiqudim 1,5 yoshga endi to'lgan payti edi, shunga qaramey tili chiqib 4-5 ta oson gaplani  etaolardi.
Bolalar uchun mahsus maydonchaga borib o'tirdikde keyin yonimizga kabutarla uchib keldi ulani ko'rib jiyanim hayratlanib ko'pligidan o'qooo didide (o'hooo digani) "h" o'rniga etomiy "q" talaffuz qilardide  :) keyin yerga semechka sochudik hali skameykadagi kabutarla birin ketin yerga tusha boshlashdi ula har biri sakraganda jiyanim "ho'ppa-ho'ppa" didi o'sha vohti shu gaplari man uchun kulgili tuyilgandi =)

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Dekabr 2009, 09:23:39

TO’RT BOLAKAY DUOSI

Makkai mukarramada 4 nafar yosh bolakaylar - Hazrat Abu Bakr Siddiqning nevaralari Abdulloh ibn Zubayr, Urva ibn Zubayr, Mus’ab ibn Zubayr hamda ummaviylardan Abdulmalik ibn Marvon Baytullohda o’tirib, "œkelinglar, shu yerda bir duo qilishaylik, zero Ka’batullohdagi duolarni Alloh qabul qilar ekan" deb maqsadlarini bayon qilishibdi.
Mus’ab ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Iroqqa hokim bo’lsam..."
Abdulloh ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga imkoniyat bersa-yu, Makkaga hokim bo’lsam..."
Abdulmalik ibn Marvon aytibdi: "œSizlarning himmatingiz past ekan. Men butun dunyoga xalifa bo’lishni so’rayman".
Urva ibn Zubayr aytibdi: "œAlloh menga shunday ilm bersaki, odamlar kelib Kalomullohni mendan o’rgansinlar".
Alloh taolo ularning duolarini qabul qildi.
Haqiqatan ham Abdulmalik dunyoga xalifa bo’ldi. Abdulloh ibn Zubayr Makkada hokim bo’ldi. Urva ibn Zubayr esa, Madinaning eng katta yetti faqihidan biri bo’ldi.

Urva ibn Zubayrning keyingi ibratli hayoti

Qayd etilgan


AbdulAziz  11 Dekabr 2009, 10:00:26

HOZIRJAVOB BOLAKAY

Domla Hindistoniy hikoya qiladilar:
"œQabristonning yonida boyning bolasi bilan kambag’alning bolasi tuproq o’ynab o’tirishgan ekan. Ikkalasining ham otasi o’lib, shu yerga dafn etilgan ekan. Boyning bolasi debdi:
- Otangning qabrini qara, 1-2 ta toshdan boshqa narsasi yo’q. Mening otamni qabrini qaragin. Ustiga marmarlar qo’yilgan.
Kambag’alning bolasi javob beribdi:
- Sening otang bu mustahkam joylardan turguncha, mening otam jannatga kirib bo’ladi."

Qayd etilgan


Ansora  12 Dekabr 2009, 13:08:42

Yana bir kuni Deniz bilan onasini ishxonasiga bordik. Uyga qaytishda Deniz charchab uxlab qoldi. Minibusda quchog'imda uxlayabdi, yuzi esa ko'rinmasdi. Bizni bekatga kelganda sekin minibusdan tusha boshladim. Bir ayol darrov orqamdan:

"Voy Japonga qarang-a, bolasini qanchalar yaxshi ko'rarkan, mahkam bag'riga bosib olibdi" desa bo'ladimi : )

Qayd etilgan