MEHR
"œQahrni daraht yaproqlariga yozmoq istardim, kuz kelib qurisin deya.Nafratni qorlarga yozmoq istardim, yomg'ir yog'sin yo'q bo'lsin deya. Janjalni bulutlarga yozmoq istardim, quyosh chiqib oydinlatsin deya. Va sevgi-do'stlikni bolalarning ko'zlariga yozmoq istardim, ular o'sib, butun dunyoni burkasin deya". Mehrni his etmoq insondagi zaruriy ehtiyojdir. Bolalarga bu o'rinda ayricha e'tibor berilmog'i kerak. Ota-onaning farzandiga o'z muhabbatlarini ko'rsatishlari lozim. Uni ichdan sevmoq etarli emas. Bolaning moddiy o'sishi uchun sut qanday muhim bo'lsa, maanaviy o'sishi uchun sevgi huddi shunday muhimdir. Afsuski, hozirda ko'p farzandlarimizning me'dasi to'q, ammo ruhi ochdir.
Zhunayd Suaviyning "œSevgi" nomli bu maqolasi mavzumizga go'zal bir o'rnakdir:
Kichik qiz onasi bilan yurib borar ekan, birdan to'htadi. Yomg'ir tomchilaridan ho'l bo'lgan ko'zoynagini yechib qaragan narsa otasi bilan velosipedda ketayotgan boshqa bir qizcha edi. Velosipedning orqasida o'tirgan qiz, yiqilib tushmaslik uchun otasini quchoqlab olgan va sovuqdan muzlagan yonoqlarini uning orqasiga tayagandi. Otasi ora sira yoniga qarab qizga bir narsalar so'zlar, kichik qiz esa qiqir-qiqir kulardi.
Yo'lakdagi qiz ularning ortidan boqar ekan, onasi uning turib qolganini ko'rib:
- Huddiki, uyda velosiped yo'qdek, ko'zingni uzmaysan, - deya tanbeh berdi, - agar shunaqasi senga yoqqan bo'lsa, adang bunisidan ham olib beradi.
Kichik qiz yumshoq ovoz bilan:
- Vilosepedga emas, qizga qaragandim, - dedi, - otasi u bilan gaplashib ketayapti-da...
Buning zamirida nima yotganini anglamagan ona, qizining muynali shapkasini tug'irlab:
- Do'stlaring bu havoda piyoda maktabga keladilar. Lekin adang sen uchun bir necha daqiqa vaqtini ayirib mersedesida maktabga olib keladi.
Ammo qiz ko'zini velosipeddan uzmasdi.
- Istasang, adang ham seni velosipedda olib keladilar. Shunaka qilsak bo'ladimi?
Kichik qiz inju donalari kabi sizib chiqayatgan ko'z yoshlarini onasidan yashirishga harakat qilarkan:
-Juda istardim, - deya javob berdi, - balki, shunda otamni quchoqlarman.
Madina.