Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 365442 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 17 18 19 20 21 22 23 24 25 26 27 ... 72 B


AbdulAziz  27 Yanvar 2010, 17:11:40

BOLALAR NUTQI. 10-QISM

Ikki qoribolalarning kichkina 2,5 yoshlik ukasi Fayzullohdan so'rayapman.
- Otiz nima?
- Fayzullo.
- Bobojondi otlari nima?
- Hodzaka. (Hoji aka)
- Dadezi otlari nima?
- Hodzaka.
- Kotta akezi-chi?
- Sadullo.
- Kichkina akezi-chi?
- Asadullo.
- Mani otim nima?
- Hodzaka. :)

Shu-shu hojiaka bo'pqoldik :)

* * *

Jiyanim Orifjondan so'rayapman:
- Kimi yaxshi ko'rasiz?
- Sizi
Yonimda turgan ukamga qaratib, yana so'radim:
- Mani yaxshi ko'rasizmi yoki Doninimi?
- Iyiiii, yoooooo', Ollohti yashcho'yamaan. :)

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2010, 14:06:30



Qo'shnimizni 5 yoshli o'g'li Barısh (ma'nosi-Tinchlik) o'zicha qorbobo yasabdi, rosa kuldim, qalay yoqdimi  : )

Qayd etilgan


Ansora  29 Yanvar 2010, 14:19:51





Kecha balkonga chiqqandim, chap tarafdagi domda ikki qizaloq rosa ishlashyabdi. Eskimolarni uychasidan yasashibdi:) Mendan 20 metrcha uzoqda, shunchalik yaqinlashtira oldim. Qizlardan birini onasi chaqirib qoldi, qiz yana ozgina o'ynay, deb yalina boshladi.

Bolaligim esimga tushib ketdi....eh......

Kechqurun qaraganimda esa uy yo'q edi, kimdir buzibdi,  :-[

Xozir Turkiyadagi butun maktablarda tatil, shuning uchun butun bolalar kechgacha ko'chada shovqin solishgani-solishgan....qor ham yog'ib qoldi,,, maza : )

Qayd etilgan


Foniy  02 Fevral 2010, 03:18:21

Yosh bolakaylar ba'zan umuman aqlimizga kelmagan narsalar haqida gapirib qolishadi.
Uch yoshli jiyanchamning qo`liga telefonni tutqazib, gaplash desa, salom-alikdan keyin narigi tomondagi odamga aytayapti: Telefonga qanday kirib olding? Chiq telefondan! Men kiraman endi,..
Telefonni esa o`z tilida "tiishan" deb talaffuz qiladi.

Qayd etilgan


AbdulAziz  02 Fevral 2010, 09:15:34

Jiyanimning qizchasi


Muxlisaxon

Qayd etilgan


AbdulAziz  03 Fevral 2010, 15:33:18

Jiyanim (opamning kichkina o'g'li) Orifjon





Marg'ilon
31.01.2010.

Qayd etilgan


Ansora  04 Fevral 2010, 22:44:18

Orifjon katta bo'lib qolibdilar, mashalloh. Rasmlarini "Bizning fotogallereyada" ko'rgandim avval:)

Bugun ho'jayinim boshlang'ich sinfga borgan paytlaridagi bir voqeani aytib kuldirdilar.

Mavsum qish bo'lganligi uchun qalin kiyinganman, 2chi sinflarda o'qiyman.
Uyga kelib qarasam sumkam yonimda yo'q. Eshikni qo'ng'irog'ini bosib eshikda ayam va dadamni ko'rishim bilan "sumkamni yo'qotib qo'ydiiiim", deb yig'lay boshladim. Ular esa menga qarab jilmayishardi....

Keyin bilsam sumkam orqamda osig'liq ekan....


 :7 :7 :7

Qayd etilgan


AbdulAziz  10 Fevral 2010, 08:33:31

Kechagi qorda



Jiyanim Muhammad Rasul

08.02.2009
Marg'ilon

Qayd etilgan


Robiya  14 Fevral 2010, 10:54:24

 :as:

Jiyanlarimning bir ishini eshitib rossa kuldim... Eshitib ko'ring a...

Tog'amni iki farzandlari bor: O'lmas va Istoda... Biri 3-sinfda o'qiydi ikkinchisi esa hali maktab bormaydi singlisi. Xullas, oyisi shor'danak olib kelib beribdilar. Akasi o'zinikini tez-tez chaqib yeb tugatibdida, keyin singlisiga hujumga o'tishga harakat qilibdi :)

-Uka,uka, kel man kuchuk bo'laman. Sanga qarab vovvulaganimda og'zimga bittadan danak solasan.
- Davay, o'ynaymiz unda, debdi Istodaxon ham...

Kuchuk bo'lib bir ikki vovvulagan ekan, "Kuchukjon, qorniz och qoldimi? Danak beraymi?" debdi Istoda. "Ha", desa, danakni otvorib, huuuu ana, borib ol........ :D :D :D :D

Bolalarni aqli ko'p narsaga yetmaydi deymizu, lekin bunaqa holatlarda aqliga qoyil qolmay iloj yo'q...

Allohimning O'zi hamma bolalarga aql-u tavfiq bersin!

Qayd etilgan


Y_U_R_I_S_T  14 Fevral 2010, 13:15:50

Jiyanim Nurmuhammad.

[вложение удалено Администратором]

Qayd etilgan