Ho'jayinimni bolalik xotiralaridan:
"8-9 yoshlardaman, bir kuni esdalik daftar yozishga qaror berdim.
Daftar ham oldim. Birinchi sahifasiga esa sarlavha qo'ydim:
"Mening hayotim"
Xozir eslab kulaman, endigina 8 yoshdasan, huddi qarib qolganday "mening hayotim" deyishga balo bormidi"

Yana bir kuni men 5 yoshlardaman ukam Tamer esa 3.5 yosharda. Hovlida begona mushukni ushlab oldik. Men o'ylab-o'ylab mushukni operatsiya qilishga ahd qildim

Ukamga mushukni so'yish uchun bir narsa olib kel, deb buyruq berdim. Ukam esa choy qoshig'i olib kelibdi

Birdan jahlim chiqdi, qoshiq bilan qanday qilib mushukni so'yamiz, dedim, ukam boshini sarak-sarak qildi. "Eeee", dedim va mushukni ozod etdim