Bolajonlar va ularni sevuvchilar uchun!  ( 366046 marta o'qilgan) Chop etish

1 ... 28 29 30 31 32 33 34 35 36 37 38 ... 72 B


Mirоlim  15 Avgust 2010, 16:46:21

 :bsm:

 :as:

Katta jiyanim Biloliddin biznikiga zerikkanidan kelgan ekan.

2 kun biznikida yursa 2 kun o'zini uyida bo'ladi, bola bo'la turib zerikishni biladiya.

Salomni ham bir ajoyib aytadi "Assa Abekim"- deydi endi endi to'g'ri ayta boshlayapti "Assalomu Alekum"- deb.

Juda ham sho'xda "bola bo'lseng sho'x bo'l-..." degan gap rost ekan.

Lekin biz unchalik sho'x emas edikmi deb o'ylab qolaman ;).(Yoki undan ham o'tganmidik  ;D)

Kecha borsam Amakimlarnikida tarvuz yeb turibdi, bundo yaxshi qarasam bir qulog'i qizarib chiroyli holatga kep qopti.

Keyin bilsam onamlar anjir qiyom qilayotgan edi ekan qazon oldiga borganida ari chaqib olibdi.

Qulog'i kattalashib biram chiroylik bo'lib qoptiki  :D.

Rasmga olib qo'yardimu bo'lmadida  ::).

Alloh nasib qilsa qo'yib qolarman  :).

Qayd etilgan


G_u_l_i  16 Avgust 2010, 08:31:39

Tushimda ko`ribman, o`quvchim Sirojiddini,ustoz deb turganmish to`plonchim.





Onalarini aytishicha doira chalishni yaxshi ko`rganidan uxlaganida qorni chalarkan doira o`rniga  :D




Qayd etilgan


Ansora  16 Avgust 2010, 15:31:50

Bolamni yig'latmang


Payg'ambarimiz S.A.V nabiralarining yig'lashlariga hech chiday olmasdilar. Bir kuni Haz. Husayning (r.a) yig'laganlarini eshitib qoldilar. Hafa bo'ldilar. Qizlari Fotima onamizga:
-U yig'laganda qanchalar hafa bo'lganimni bilmaysanmi qizim? U holda nima uchun yig'latyabsan, deb ogohlantirdilar.

365 kun duo kitobidan, 113chi sahifa...

Qayd etilgan


AbdulAziz  18 Avgust 2010, 09:26:14

BIZ HASANNI SEVAMIZ!

Abu Hurayra raziyallohu anhu rivoyat qiladilar: «Bir kuni Janob Rasululloh, qay vaqtdaligi yodimda yo‘q, menga indamay ko‘chaga chiqdilar. Men ham (ehtimol, vahiy kelib qolgan bo‘lsa, indamayotgandirlar, deb) jimgina orqalaridan ketaverdim. Janob Rasululloh Banu Qaynuqo’ bozoriga bordilar, so‘ng ortlariga qaytib, Fotima riziyallohu anho uylari ayvoniga kelib o‘ltirdilar-da: «Toychoq qaerda? Toychoq qaerda?»— deb (nabiralari Hasanni) chaqirdilar. Ammo, Fotima raziyalllohu anho hadeganda Hasanni ul zotning oldilariga chiqaravermadi. Shunda men: «Fotima Hasanni kiyintirayotgan yoki yuvintirayotgan bo‘lsa kerak» — deb o‘yladim. Keyin, Hasan uydan yugurib chiqdi, ul zot uni quchoqlab o‘pdilar-da: «Yo parvardigoro, buni suygaysan va buni suyganlarni men ham suyayin!»— dedilar».

Imom Buxoriy rivoyati

Qayd etilgan


Ansora  18 Avgust 2010, 11:53:43

Farzandlaring ulg'aydilarmi?

Ziyovuddin Gumushhaneviy Hazratlari Allohning izni-inoyati bilan talabalarining qalblaridan o'tkazganlarini sezarlar, ularning fikr va niyyatlarini tuzatib, tarbiya etar ekanlar.
Bir kuni dargohda xizmat etayotganlardan biri qalbidan:
-Agar uylangan bo'lsam edi, qancha farzandim bo'lgan bo'lardi, deb o'tkazdi.

Ziyovuddin Gumushhaneviy Hazratlari esa buni ko'rib, tabassum etdilar.

-Farzandlaring ulg'aydilarmi, deb so'radilar.

Ushbu talaba hijolat bo'lib, avf tiladi. Bundan keyin hatto xayolidan o'tkazgan fikrlarida ham ehtiyot bo'la boshladi.

Qayd etilgan


Ansora  18 Avgust 2010, 12:33:56

БОЛА БОШИДАА

Ибн Сино қишлоқда сшаб, табиблик қилар скан. Кунлардан бир кун шу қишлоқлик бир йигит билан бир қиз турмуш қуришибди. Улар схши ҳаёт кечиришибди. Орадан тсққиз ой-ю тсққиз кун, тсққиз соату тсққиз дақиқа стгач, фарзанд ксришибди. Бир оз вақтдан сснг, улар бир-бирига маслаҳат қилишибди:
— Боламизни қандай тарбис қиламиз? Уни шундай тарбис қилайликки, катта бслганда сл-юртга фойдаси тегадиган чин инсон бслсин,— дебди сри.
— Тсғри айтасиз,— дебди хотини,— мен ҳам шуни сйлаб турган сдим. Яхшиси Ибн Синодан ссраб қсс қолайлик. Бу гап срига маъқул тушибди. А­р-хотин болани кстариб, Абу Али ибн Синоникига келишибди. У бир кичик, тор кулбада сшар, шундай бслса-да, донги оламга кетган олим скан. Абу Али ибн Сино ср-хотинни схши кутиб олибди. Аима иш билан келганликларини ссрабди.
— Боламизнинг тарбисси ҳақида бизга маслаҳат берсангиз. Токи катта бслгач, сл-юртга фойдаси тегадиган киши бслсин,— дебди сри.
— Қачон туғилди?— деб ссрабди Ибн Сиио.
— А­рта билан туғилди,— срининг срнига хотини жавоб берибди.
— А­... азизлар,— дебди Ибн Сино,— бола срта тонгда туғилган скан, ҳозир чошгоҳ бслди, кечикибсизлар. Бола туғилиши билан унинг тарбисси ҳақида қайғуриш керак. «Аиҳолни бошдан, болани ёшдан» деб бекорга айтишмаган, ахир.

"АЛЛОМАЛАА  ИБА АТИ" dan

Qayd etilgan


Ansora  23 Avgust 2010, 12:28:03

Abdulaziz Ensarga buvasi (qaynatam) belanchak qurib berdilar uyni ichiga:)
Yarmi O'zbek, yarmi Turk usuli belanchak bo'ldi:)
Birinchi yotqizganimizda rosa hayron bo'ldi, ko'zlarini pirpiratib uyni hamma tarafini "tekshira" boshladi...keyinroq o'rgandi va uxlab qoldi : )
Baribir o'zimizni beshik va belanchiklarga yetmas ekan...

Qayd etilgan


Zamiraxon  23 Avgust 2010, 21:46:13

 :as:

Xolamning o'g'li Javohir endi tili chiqqan paytlari bizlarnikiga kelganda ukam Farruxni "Kalluf aka" derdi :)
Bodringni judayam yaxshi ko'rardi, uni esa "babling" der edi  :D
Tuxumni "tuxbing" deganini hozirgacha eslab kulamiz :)
Ehh bolakaylar, sizlar borsizlar  - hayotdagi tashvishlar bir zum bo'lsa ham yoddan ko'tariladi, sizlar borsizlar - kulish nimaligini unutgan lablarga kulgu yuguradi.   :)
Dunyodagi barcha shirindan-shakar bolajonlarni Alloh panohida asrasin,  :amn:

Qayd etilgan


Ziyovuddin  24 Avgust 2010, 13:47:07

 :as:
Bir jiyanim bor, endi tili chiqyapti. Meni "dindin" (Ziyovuddin) deb chaqiradi  :D

Qayd etilgan


Ansora  07 Sentyabr 2010, 13:38:37

Eng yaxshi ko'rgan narslarimdan biri ho'jayinim bilan bolaligimizni eslash...
U kishini xotiralaridan biri:

Dadam Turkiyaning Sharqiy qismida o'qituvchi ekanlar. U paytlarda o'qituvchilar maktabni xonalaridan birida qolisharkan. Sababi esa aniqmas. Balki uy yo'qligidan, balki maktabga yaqin bo'lsin, deb. Balkida o'sha paytlar avj olgan terroristlarni yuzidan...
Meni yoshim 3dan endigina oshgan(3 yoshini eslash hammaga ham nasib qilavermaydi, masalan men aniq eslay olmayman:)
Mendan keyingi ukam esa 1.5 yoshlar chamasi.
Bir kuni uyqudan turib qarasam uyda hech kim yo'q. Eshikka tashqaridan kattakon qulf osilgan. Shoshib ukamni yoniga bordim. U uyqusirab yotog'ida yotgandi.
Birdan vahima bosdi va baqirib yig'lay boshladim:) Uydagilar bizni tashlab ketishibdi, dedim:) Ukam meni yig'lagan ovozimni eshitib uyqusidan uyg'ondi va u ham baralla ovozini bilan yig'lay boshladi.
Ovozimizni eshitib, maktab o'quvchilari kelishdi. Yig'lama, xozir dadangni chaqiramiz, deb yupata boshlashdi. Men esa haliyam dod solardim:) shunda o'quvchilardan biri men yig'lamay deb ehsikni orasidan menga 100 tiyin uzatdi. Men esa kerakmas, deb yana ham battar yig'lay boshladim. Ma'lum bo'lishicha, onam qo'shninikiga birrovga chiqqan ekanlar, dadam esa darsda ekanlar.
Onamni chaqirishdi. Bizni yupatdilar. Shunda men menga tanga bergan bolaga, kulimsirab endi ber pul, dedim, ehh bola esa menga qaytib pul bermadi ;D
chunki yupanding, dedi ;D

Qayd etilgan