Forumga kirmaganimga ham biroz vaqt bo'libdi.
Forumda baribir eng beg'ubor va men sevgan mavzu shu.
Hamma bolajonlar sog' bo'lishsin.
Meni egizaklarim yura boshlashdi.Qizim allaqachondan u uyga,bu uyga kirib pildirab yuribdi.Unim chaqqongina chiqdi.
O'g'lim 6-7 qadam tashlayapti.O'ziga qolsaku hali-veri yurmasdi ,shu sherigiga havas qilib yurishga harakat qilyapti.
Qizim yugurib ketadi,bechora o'g'lim anchagina og'irligiga,undan qolib ketadi.
Aytgancha,aksariyat bolalar "xodinok" da yurishni o'rgansa,menikilar "Pampers"ni koootta korobkasida o'rgandi
Xodinokka nisbatan u yengilligigami,xodinok qolib,o'shani itarib ketaveradi.Oraliqlarga tiqilib qolsa,bir yonboshiga bitta uradida,"roli"ni to'g'irlab,vizillab ketadi
Ana sizga ekonom.Bolayizga xodinok olib o'tirmang-da,katta korobka berib qo'ying.Ham tekin,ham ishga yaraydi.
Qizim dadasi kelsa dadadada!!! Iyyuv! deb baqirib,quchoqlariga yuguradi.O'glim esa qizg'anib,yig'lashga tushadi.(o'zi yetib borolmay orqada qoladi-da)
O'g'limchi,arazlashni o'rganvogan.Qattiqroq gapirsam,labini shunaqayam buradiki....Lab burilgandan keyin qaramasangiz,1-2 minut keyin yig'lashga tushadi.Yig'laguncha qarashga ulgurib qolsangiz,burilgan lablar kulguga ayalanadi
Shuyam,shumlikni biladi deb qo'yaman.
Stulchaga o'xshagan o'yinchog'i bor,o'shanisi muzika chalsa,ushlab turvolib,ikkovi qilpillab raqsgayam tushib qo'yadi.Hayronman,qaydan o'rganishgan (hech buni o'rgatmaganman)
Ikkalasini kirmagan teshigi qolmadi hisob.
Haaaa,qiliqlarini aytaversam hech tugamaydi.Huddi har kuni yangi-yangi asar o'qiyotgandek bo'laman o'ziyam.
Allohni bergan ne'matlari ichida eng shirini shu jajjichalar bo'lsa kerak.
Alhamdulillah.