Kecha hali 3 yoshga to’lmagan jiyanim bo'gchadan qo’lida qog'oz bilan keldi. Bog'cha opasi zapiska yozib beribdi.
Rus tilida:
"Hurmatli ota-onalar, bolalarning estetik tarbiyasini rivojlantirish, sanatga bo'lgan qiziqishlarini oshirish va madaniyatlarini baland ko'tarish uchun ertaga falon teatrga, falon ko'rsatuvni ko'rish uchun olib boramiz. Sizlardan iltimos, ertaga farzandingizga:
- issiqroq kiyim kiydiring,
- teatr bileti uchun falon so'm,
- va bitta... podguznik bervoring 
o'ziyam naq yarim soat kuldim o'qib.

Endi bu madaniy odamning madaniy dam olishi uchun qulayroq bo’lsin deb, magazinga podguznik olgani bormochqi bo’lganimda, onam "Avval bog'cha opasiga telefon qil, balki bormasa bo’lar, shamollab qolmasin yana. Teatrni ne bilsin bu" — dedilar. Bog’cha opaga telefon qildim. Bolalar bilan birga opayam boladek bo’lib qolibdi. Gaplarimga jiddiy javob berdi: "œHa biz atigi yarim soatga boramiz teatrga. Uni umumiy qilib yozganmiz, bu odatda podguznik qo’yib yurdiganlari uchun, siziki o’zi eplaydi shratmas, podguzniksiz ham borsa bo'ladi" dedi